Reja: To’lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi


Erkin konvertirlanadigan valuta


Download 10.46 Kb.
bet2/2
Sana24.06.2023
Hajmi10.46 Kb.
#1653907
1   2
Bog'liq
12-mavzu To’lov balansi. Valyuta kursi

Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha har qanday boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir. Bunga misol qilib AQSH, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valutalarini kiritish mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valuta – bu, faqat ba’zi xorijiy valutalarga almashtiriladigan va xalqaro to‘lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valutadir.
Konvertirlanmaydigan valuta – bu, faqatgina ichki to‘lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valutaga ayirboshlanmaydigan milliy valutadir.
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi.
Tashqi konvertirlashda xorijda to‘lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valutalarni konvertirlash ko‘pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
2017–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2017- yil I yarim yilligi davomida amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilgan keng qamrovli islohotlarga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Mazkur islohotlar tamoyillarini ishlab chiqishda, asosiy e’tibor, valyuta bozorini yanada liberallashtirish, shu jumladan, milliy valyuta kursini belgilashning bozor mexanizmlarini joriy qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta mablag‘larini erkin tasarruf qilish huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratildi.
Xususan, valyuta siyosatini liberallashtirish borasidagi dastlabki qadam sifatida respublika eksport salohiyatini oshirish va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 30- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi 449-sonli qarori qabul qilinib, unga ko‘ra birjadan tashqari valyuta bozoridagi valyuta oldi-sotdi operatsiyalari tijorat banklari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor kursi bo‘yicha amalga oshirilishi tartibi joriy qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 28- iyuldagi «Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3157-sonli Qaroriga binoan 2017- yil 1- avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini majburiy sotish talabi bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 2- sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177- sonli Farmonining qabul qilinishi bilan esa mamlakatimizda valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha islohotlarning faol bosqichiga o‘tildi.
Mazkur Farmonga muvofiq, 2017- yilning sentabr oyidan boshlab milliy valyutaning almashuv kursini faqatgina bozor mexanizmlari asosida, ya’ni valyuta bozorida chet el valyutalariga bo‘lgan talab va taklifga asosan belgilash tartibi joriy qilindi.
So‘nggi yillarda valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
Bunda asosiy e’tibor inflyasion jarayonlarni jilovlashga, milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayapti. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rilayapti (2.2-jadval).
2018- yilda ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyalari hajmi hamda valyuta bozori ishtirokchilari soni oshganligi kuzatildi.
Download 10.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling