Reja: To‘p olib yurish ko‘pincha turli XIL zarurat darajasidan foydalanish


Download 24.93 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi24.93 Kb.
#1435505
Bog'liq
21 maktab


To’p uzatishdagi mashqlar
Reja:

  1. To‘p olib yurish ko‘pincha turli xil zarurat darajasidan foydalanish.

  2. To‘p uzatishdagi mashqlar.

  3. To‘pni olib yurish tezligi yuqoriga ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘lishi.

To‘p olib yurish ko‘pincha turli xil zarurat darajasida foydalaniladigan quroldir. O‘yinchilar ko‘p hollarda to‘p olib yurishdan haddan ortiq foydaladilar, o‘zlarini «super» dribler qilib ko‘rsatishni yoqtiradilar, garchi ular faqat to‘p olib yuradilar xolos. Bu bobda to‘p olib yurish asoslari, shuningdek, to‘p olib yurishni rivojlantirish bo‘yicha ayrim tavsiyalar ko‘rib chiqiladi. Asosiy vazifa o‘yinchini o‘zining to‘p olib yurish qilish mahoratini qanday namoyon qilishga o‘rgatishdir. Asosiy tamoili - malakali driblerchilarga hamda samarali «usta»ga aylantirishdir.


To‘p olib yurish qo‘llanilayotgan paytda o‘yinchi bir nechta muhim tamoillarga e’tibor qaratishi lozim: tizzalar bukilgan boiishi va to‘p qo‘l barmoqlari uchi nazorati ostida bo‘lishi kerak. Odatda, to‘p o‘yinchining belidan yuqorida turmasligi kerak. To‘pni olib yurish tezligi yuqoriga ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘yinchi to‘p olib yurishni shunday tezlikda bajarishi kerakki, bu tezlikda u harakatlanishi, to‘xtatishi, harakat yo‘nalishi va suratini o‘zgartirishi va bunga to‘p ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘ymasligi zarur. Juda yaxshi dribler bu barcha elementlami yuqori tezlikda bajarishga qodir bo‘ladi. Butun maydonda to‘p olib yurish texnikasi Mashqning maqsadi: Har xil harakatlarini bajarishida to‘p olib yurish tezligi ustida ishlash. Mashqning bayoni: O‘yinchilar ikkita teng jamoalarga bo‘linadi. O‘yinchilar bitta yoki ikkita to‘pni butun maydon o‘zunasi bo‘ylab olib yurishni boshlaydilar. Bir vaqtda yoki navbatma-navbat to‘p olib yurish qo‘llashni aniqlab oling. Jamoaning barcha o‘yinlari to‘p olib yurishni u tomonga va orqaga bajara olsalar, shu jamoa g‘olib bo‘ladi. Murabbiyning ко ‘rsatmalari: O‘yinchilar estafetada turli xil o‘tkazishlarini (masalan; to‘pni o‘tkazish, oyoqlari ostidan o‘tkazish va h.) qo‘llashlari lozim. Bu hamma o‘tkazishlar ikkita to‘p bilan bajarilishi mumkin. G‘olib bo‘lgan jamoa qandaydir taqdirlanishi zarur (masalan; ular birinchi bo‘lib suv ichishlari). O‘yinchilar to‘pni oldinga otib yuborib, keyin unga etib olmayotganini hosil qiling. Ikki qo‘lda ko‘krakdan to‘p uzatish Raqibning to‘liq ta’qib qilish yo‘q bo‘lgan vaziyatlarda yaqin yoki o‘rta masofadan turib sherigiga tez va aniq n to‘p yo‘naltirishga imkon beruvchi asosiy usuldir. Tayyorlov darajasi to‘p qo‘l panjalarining yuqoridan oldinga va pastga keyin tana bo‘ylab yuqoriga ilmoqsimon harakat bilan ko‘krakka olib kelinadi, qo‘l panjalari o‘zi tomonga (maksimal yozi ladi): «olinadi» tana og‘irligi tizzadan bukilgan va oldinda turgan oyoqqa ko‘chiriladi; orqada turgan oyoq kaftning oldingi qismida tayanchni saqlab qolgan holda tekislanadi tana vertical holatda ushlab turiladi Asosiy faza oldinda turgan oyoqni tekislash bilan bir vaqtda qoining yelka va tirsak bo‘g‘imlaridan maydonga nisbatan parallel holda izchil yozuvchi harakatlari boshlanadi tana esa yuqorigaoldinga uzatiladi;oxirgi bo'lib qo‘l panjalari ishga tushadi. Ular to‘pni bosh barmoq orqali kerakli yo'nalishda unga tskari n aylanma harakat bergan holda itrib yuboradilar («siqib otadilar») tan og‘irli oldinda turgan oyoqqa ko'chiriladi. Yakunlovchi faza to‘p qo‘ldan chiqib ketayotgan vaqtda qo‘l panjalari bilak bo‘gimidan to‘liq bukilgan va shunday burtilgan bo‘ladiki bosh barmoq pastga tushirgan kaftning ichki tomonlari birbiriga qaratilgan tekislangan qo'llar bo‘shashtirilgan holda turadi. Keyin o'yinchi bir oz bukilgan oyoqlarda tayyor holatga keladi, tana o‘girligi oyoq kaftlarining oldingi qismiga taqsimlanadi. Ikki qo‘lda pastdan to‘p uzatish tuzulishi va maqsadiga ko‘ra bir qo‘lda to‘p uzatish mashqidan farq qilmaydi. Farqi shundaki to‘p orqaga olinadi va doimo ikki qo‘l bilan nazorat qilinadi, o‘rta va jimjiloqning kuchi bilan qo‘l panjalaridanto‘pni kuchli «siqish» orqali to‘pga kerakli yo‘nalish da kuchlanish beriladi. Yakunlovchi lahzada qo‘l kaftlari oldinga yuqoriga o‘girilgan bo‘ladi. Ta’kidlab o‘tilganidek keskin raqobat o‘yinda shunday vaziyatlar yuzaga keladik, Faqat yashirincha to‘p uzatishlar evaziga to‘pni sherigiga yetkazib berishi mumkin bo‘lad. Zamonaviy basketybolda qo‘l ostidan elka ustidan va orqadan oshirib yashirincha to‘p uzatishlar tez-tez yo‘llaniladi, ular faqat bir qo‘lda maksimal tez va raqib uchun kutilmganda bajariladi. Hujumchi to‘p uzatishning tayyorlov darajasi vaqtini minimumgacha qisqartirishiga va harakatlar amplitudasini kamaytirishga harakat qiladi. To‘p uzatayotgan o‘yinchi faqat periferik ko‘rishi hisobiga sherigini ko‘radi va tayyorlanayotgan to‘p uzatishning asl yo‘nalishini oxirgi pallagacha yashiradi Yelkadan (boshdan) bir qo‘lda to‘p uzatish ham yaqin xam uzoq masofadagi sherigiga to'pni aniq yetkazib berishga imkon beradi. D.H.To‘pni egallab turgan o‘yinchining tik turishi to‘p uzatish bajariladigan qo‘lda oyoq oldinda. Uzoq masofaga to‘p uzatishda to‘p ushlab turgan qo‘lga nisbatan teskari tomondagi oyoq oldinga chiqariadi. Tayyorlov fazasida qo‘llarni bukish hisobiga to‘p elkaga (boshga) yaqinlashtiriladi. To‘pning holati uzatayotgan o‘yinchi orqa yuzasida joylashgan qo‘l panjasi tomonidan nazorat qilinadi, u maksimal darajada orqaga uzatilgan. Bosh barmoq va ishlovchi qo‘l tirsagi oldinga chiqarilgan oyoq bilan bir vertikal chiziqda turadi; boshqa qo‘lto‘pni yon tomondan ushlab turiladi;tana og‘irligi orqada turgan yoqqa ko‘chiriladi. Uzoq masofaga to‘p uzatishda to‘p tomonga qo‘lni siltanish bilan bir vaqtda tana buriladi (sherikkacha bolgan masofa qancha ko‘p bo‘lsa tananing» qayrilishi shuncha ko‘p bo‘ladi). Asosiy fazada harakat qo‘llar va oyoqlaming tezda yozilishi bilan boshlanadi, u tana og‘irligining oldinda turgan oyoqqa ketmaket ko‘chirilishi bilan amalga oshiriladi. To‘p uzatadigan qo‘l to‘liq tekislangan so‘ng qo‘l panjasining savalagandek harakati bilan to‘pga tekkislanins beriladi, to‘p bosh barmoqdan chiqib ketadi, bu o‘yinch teskari aylanma harakat beradi to‘pni ushlab turgan qo‘l yon tomonga uzatiladi. To‘pni uzoq masofaga uzatib berishda tezlanish oldida tananing teskari bo‘lshidan faol foydalanadi. To‘p uzatish jarayoni aynan shu harakatlardan boshlanadi. Yakunlovchi faza to‘p uzatayotgan qo‘lto‘liq tekislangandan so‘ng va qo‘l panjalari to‘pni chiqarib yuborgandan keyin o‘yinchi qo‘llarini bo‘shash tiradi va tayyor turish holatiga qaytadi.
To‘p uzatishdagi mashqlar To‘rtta o‘yinchi va ikkita to‘p Bu mashq to‘rtta o‘yinchini jalb qiladi. Uchta o‘yinchi birbiridan bir metr masofada yon chiziq yonida turadi oxirgi o'yinchini qo‘lida to‘p turadi qo‘lida to‘ ushlagan to‘rtinchi o‘yinchi uch to‘rt metr masofa narida ulaming oldida turadi. Hushtak yangrashi bilan A o‘yinchi С o‘yinchiga to‘p uzatadi В o‘yinch esa A o‘yinchiga to‘p uzatadi keyin esa A o‘yinchi D o‘yinchiga to‘pni uzatadi va h.Ikkita o‘yinchi - ikkita to‘p Ikkita o‘yinchi ikkita to‘pni bir birlariga iloji boricha tezroq uzatadilar. Mashq yaxshi to‘pga egalik qilish ko‘nikmasini taqozo etadi, chunki o‘yinchi tezda bitta to‘pni chiqarib yuborishi va ikkinchisini ilib olish kerak to‘pni turli xil tekisliklarda uzatishi mumkin. Bir o'yinchi uni polga sapchitib uzatishi, ayni paytda boshqa o‘yinchi to‘p uzatishni ikki qo‘lda ko‘krakdan bajarishi yoki bir o‘у inchi to‘pini yuqoridan uzatish, boshqasi esa ko‘krakdan yoki poldan sapchitib uzatishi mumkin. Uchta o^yinchi - bitta to‘p Ikkita o‘yinchi bitta to‘pni bir-birlariga uzatadilar. Ular o‘rtasida uchinchi o‘yinchi (himoyachi) turadi. U imkon qadar tezroq to‘pni tutib olish kerak. Mashq to‘p oshirishni yaxshi bajarishni taqozo etadi, chunkin himoyachi tezda reaksiya qilishi va uzatilgan to‘pni ilib olishi lozim to‘pni turli xil tekisliklarda uzatish zarur. Himoyachi to‘pni tutib olib, to‘p uzatishda xatoga yo‘l qo‘ygan o‘yinchi bilan joy almashadi. Texnikaning turg‘unlik xususiyati - bu demak muayyan usul texnikasi qayta-qayta takrorlanish davomida shu texnika turg‘un ijro etilishi bilan ta’riflanadi. Texnikaning o‘zgaruvchanlik xususiyati muayyan usul texnikasini o‘yin vaziyati (o‘z sheriklari va raqiblarning joylashishi, ulaming harakat yo‘nalishi, tezligi, to‘pning yo‘nalishi, tezligi va baland-pastligiga qarab) talablariga mos tartibda o‘zgartirishni anglatadi.
Texnikaning mukammallik xususiyati har bir usul texnikasi mukammal o‘zlashtirilgandan keyin boshqa usul texnikasiga o‘rgatishni aniqlaydi. Texnikaning serqirralik xususiyati har bir o‘yin usulini keng doirada ko‘pyoqlama va turli yo‘nalishlarga ijro etilishini anglatadi. Masalan, to‘pni o‘ng qo‘lda ham, chap qo‘lda ham bir xil mahorat baland urib yurish (yugurish) qobiliyati. Texnikaning barqarorlik xususiyati har bir usul texnikasi o‘zgaruvchan vaziyatlar tasirida, ichki (endogen-toliqish, salbiy ruhiy holatlar) va tashqi (ekzogen-iqlim, ob-havo, kun-tun tartibining o‘zgarishi, tomoshabinlar olqishi va x.) omillar tasirida ham turg‘un va barkaror ijro etilishini anglatadi. Texnikaning individuallik xususiyati - bu har bir shug‘ullanuvchini o‘z imkoniyatlari (bo‘yi, qaddi-qomati, harakat tajribasi harakat zahirasi va x.) dan kelib chiqib, o‘rganilayotgan usulni “model texnika “nusxasiga asosan uziga xos mazmunda ijro etish tartibini ifodalaydi. Sport texnikasi nazariyasida “model (etalon) texnika”, “maqbul (ratsional) texnika" va “indivudual texnika” tushunchalari mavjud. Sport texnikasiga o‘rgatish jarayoni bu “model" yoki “ratsional” texnika nusxasini ko‘chirish, uni qanday bo‘Isa, shunday mazmunda o‘zlashtirishga qaratilmaydi, aksincha bu "nusxalar” namuna sifatida xizmat qilishi lozim, shu “nusxalarga” mo‘ljal qilgan holda o‘rgatilayotgan usulni o‘z imkoniyatiga qarab “shaxsiy mazmunda” ijro etilishini (yoki o‘rganishni, o‘zlashtirishni) anglatadi.
Download 24.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling