Reja: Tovar ehtiyojni qondirish vositasidir


Tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha


Download 43.2 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi43.2 Kb.
#1449577
1   2   3
Bog'liq
Maratova M. Marketing asoslari (3)

2.Tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha.
Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bulagidir.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga utish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy saloxiyatini mustaxkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishda tovarlar sifatini kutarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat alohida faollikkka ega buladi.
Har bir xaridor uziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste`molchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko`proq ijtimoiy extiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni fakat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog`liqdir.
Tovar raqobatbardoshligini urganish murakkab va o`z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
- tovarni sotish bozorni urganish;
- raqiblar haqida ma`lumotlar yigish;
- iste`molchilar talablarini urganish;
- raqobatbardoshligini oshirish buyicha tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni xal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok o`z raqobat qobiliyatini yukota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to`la yoqotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.
Raqobat suzi lotinchadan olingan bulib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda rakiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat.
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi kurinishga ega bulgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K= R/S max
bu erda: R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari); Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, uzimizning tovarimizga uxshash namunasini topib olish;
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko`rsatkichlarni belgilash; - o’zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash. Raqobatning asosiy quroli bulib, talabni shakllantirish va sotishni rag`batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste`mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi kurinishlarda bo’lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari buyicha, bir xil extiejni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarish orqali buladigan raqobat; eki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarkalgan.
Xozirgi davrda raqobat uziga xos kiyofa kasb etmokda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam buladigan mamlakatlarda yulga kuyishni talab qiladi.
Narx bilan raqobat utmishda erkin bozor raqobati bulgan, bozorda bir xil tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bulgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o`z tovarini ajratib ko`rsatishga, unga e`tiborni karatishga va pirovard natijada uzi istagan bozor xissasini egallashga erishgan. Xozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochik raqobat amal kilmaydi, chunki ishlab chikaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning rakibi ham shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavkeini uzgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan zafar va rakiblarni surib chiqarish urniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzokrok ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko’paytirishga intiladi. Fan-texnika tarakkiyoti yutuklari tufayli raqobatning narx bilan bog`liq bulmagan usullaridan foydalanishning qo`lay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste`mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chikargan firma shuxrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini urganishda quyidagi savollarga javob topiladi:
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag`batlantirish usullari qanday?
-qaysi savdo belgilari ishlatilmokda?
-raqobatchilar tovarlarining uramasi-bezaklari, dizaynida nimalar kuzga tashlanmokda?
-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami eki firma o`z shaxobchasini ochganmi?
-raqobatchilar kullaetgan tovar harakati (transport, zaxiralar xajmi, omborlari va ularning joylanishi.
Natijada raqobatchi shundjay harakat qilishyapti? Boshqacha yuli yukmi? Degan savollarga javob topiladi.
P.S.Zav`yalov fikricha “Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini ta`minlaydigan iste`mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya`ni uxshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bulgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim”.
Xaridorning xarajatlari ikki kismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste`mol etish bilan bog`liq xarajatlar tashkil etadi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bulib, unga kuplab omillar ta`sir etadi. Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni kiesiy kuvvati;
2. Rakiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3. Bozordagi talab xajmini urganish;
4. Mahsulotni tabakalashuvi darajasi;
5. Iste`molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga kuchish harakatlari;
6. Bozordan chikib ketish tusiklari va ularning darajasi.
7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
9. Raqiblar strategiyasidagi farklar.
10. Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo’lishi, raqobat darajasi bozorning alohida bir jalb etuvchanlik eki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan ham belgilanadi.
J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – tashqi va ichki raqobatli afzalliklar, ya`ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. Tashqi raqobatli afzallik tovarni “bozor kuchini ifodalaydi, ya`ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqorirok sotish narxlarini qabul qilishga majbur kila oladi va mavjud tovarlardan norozi bulgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko`ra kamrok tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat xosil kiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomoindan pasaytirilishiga ko`proq darajada bardoshli kiluvchi yuqorirok unumdorlik oqibatidir”.
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikatsiyasi sxemasini zanjir kurinishida ko`rsatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muhiti .
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog`liqdir. Ular sifat, iktisodiyot va marketing ko`rsatkichlari yordami bilan to`liq tavsiflanishi mumkin.

Download 43.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling