Reja: Tovar ehtiyojni qondirish vositasidir
Download 43.2 Kb.
|
Maratova M. Marketing asoslari (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir.
Mavzu: Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir. Reja: Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir. Tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha. Tovarning yashash davri va uning bosqichlari. Tayanch so’zlar: iste`mol tovarlari, kundalik iste`mol tovarlari, dastlabki tanlov asosidagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlar, tovarlar va xizmatlar assortimenti, tovar sifati, raqobat, raqobatbardoshlik. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir. Tovar-murakkab ko`p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste`mol xususiyatlari, ya`ni tovarning o`z vazifasini bajarish-unga ega bo`lgan iste`molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarning iste`mol qiymati uning iste`mol xususiyati majmuasidir. Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e`tibor beriladi: rangi, upakovkasi (urash, bog`lash), tashqi ko`rinishining fasohati (dizayni), ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta`mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar). Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste`mol xususiyati tahlil qilinadi. Tovar-murakkab ko`p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste`mol xususiyatlari, ya`ni tovarning o`z vazifasini bajarish - unga ega bo`lgan iste`molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarlar quyidagi mezonlari bo`yicha alohida guruhlarga bo`linadi: maqsadli ko`rsatkich bo`yicha; bozor turiga ko`ra; foydalanishga tayyorligiga ko`ra; iste`molchilar soniga qarab bo`linadi. Maqsadli harakteriga ko`ra esa tovarlar iste`mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo`linadi. Iste`mol tovarlari – bu shaxsiy iste`mol uchun mo`ljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo`linadi. Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo`jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin. Kundalik iste`mol tovarlarini iste`mol qilish intensivligiga ko`ra ularni o`z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo`jalik sovuni); 2. Impul`siv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta); 3. Favqulodda holatlar uchun harid qilinadigan tovarlar (zont). Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel`, kiyim-kechak, uy-ro`zg`or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar: o`xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo`yicha farqlanadi,); alohida ko`rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan). Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam uylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko`ra: qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar; o`zoq muddatli foydalanishga oid tovarlar; Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo`lib: foydani ta`minlash; taqsimotni ustirish; firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko`paytirish; ishlab chiqarish va marketingshga harajatlarni tejash; imidjni oshirish bo`lib hisoblanadi. Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi: uning innovatsiyasi; variatsiya; differentsiya; eliminatsiya; markani o`rnatish va tanlash; qadoqlash; tovarni shakli, turi va boshqalar. Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi: yangi tovarlarni qidirish; yangi tovarlarni rivojlantirish; bozorga yangi tovarlarni kiritish; tovar shakllarini asoslash; tovar sifatini tartibga solish; bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar. Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshadi. Buning uchun, ya`ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik tsikli modeli ishlatiladi. Tovarlar va xizmatlar assortimenti – bu foydalanish bo`yicha bir-biriga juda o`xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir. Tovar sifati – bu tovarning o`z funktsiyalarini bajarishda ko`rinadi va u quyidagi parametr bilan harakterlanadi, ya`ni o`zoq muddat xizmat ko`rsatishi, pishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar. Marketing fani bo`yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan ulchanadi. Download 43.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling