Reja: Transformatorlarda kuchlanishni rostlash usullari


Download 6.98 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi6.98 Kb.
#1782632
Bog'liq
Reja Transformatorlarda kuchlanishni rostlash usullari-fayllar.org


Reja: Transformatorlarda kuchlanishni rostlash usullari

Transformatorlarning kuchlanishini rostlash. Shoxobchalarni qo‘zg‘atmasdan (PBV) ularni qayta ulash.




Reja:

1. Transformatorlarda kuchlanishni rostlash usullari.

2. Transformatorlarda shoxobchalarni qo‘zg‘atmasdan (PBV) ularni qayta ulash.


3. Transformatorlarda kuchlanishni rostlash shahobchalarini joylashishi.


Kalit so‘zlar: SHahobcha, elektrik, cho‘lg‘am, oarliq, rostlash, koeffitsient, tok, kuchlanish, aktiv, reaktiv, kuchlanish, isrof.

Iste’molchilarning normal ishlashi uchun podstansiya shinalaridagi kuchlanishni ma’lum darajada ushlab turish kerak. Elektr tarmoqlarida kuchlanishni rostlashning qator usullari qo‘llaniladi, shulardan biri transformatorlarning tranformatsiyalanish koeffitsientini o‘zgartirishdir.

Ma’lumki, transformatsiyalanish koeffitsienti birlamchi kuchlanishning ikkilamchisiga nisbati bilan aniqlanadi, yoki


bunda va -birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning mos holda o‘ramlar soni. Bundan . Transformatorlarning chulg‘amlari qo‘shimcha shoxobchalar bilan ta’minlanadi. Ularni qayta ulash bilan transformatsiyalanish koeffitsientini o‘zgartirish mumkin.
SHoxobchalarni uyg‘otmasdan (PBV) ularni qayta ulash, ya’ni transformatorning hamma chulg‘amlarini tarmoqdan uzgandan so‘ng yoki yuklama ostida (RPN) ulash mumkin. PBV qurilmasi transformatsiyalanish koeffitsientini 5% oralig‘ida o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Buning uchun asosiy chiqqichdan tashqari yuqori kuchlanish chulg‘amidan ikkita qo‘shimcha shoxobcha qilinadi, ya’ni +5% va -5%
(28-rasm, a). 2 1 2 1   = = U U n 1 2 2 1 2 1 U =U  /
Agarda transformator asosiy chiqqich 0 da ishlagan bo‘lsa va ikkilamchi tomondagi kuchlanish U2 oshirish lozim bo‘lsa, transformatorni o‘chirib -5% li shoxobchaga qayta ulanadi, natijada o‘ramlar soni kamayadi.
O‘rta va katta quvvatli transformatorlarda, har qaysi faza uchun alohida o‘rnatilgan baraban ko‘rinishdagi maxsus kayta ulagichlar yordamida qayta ulanadigan to‘rtta ±2∙2,5% li shoxobchalar ko‘zda tutilgan bo‘ladi (28-racm, b). Kayta ulagich yuritmasining tutqichi transformatorning qopkog‘i ustiga chiqarilgan.
Rolik bilan kayta ulagichning kontaktlari A4 va A5 tutashtirilganda transformatorning transformatsiyalanish koeffitsienti nominal miqdorga teng bo‘ladi. A3-A4 va A2-A3 holatlar transformatsiyalanish koef-fitsientining 2,5 va 5% ga oshgan, A5-A6 va A6-A7 holatlar esa 2,5 va 5% ga kamaygan miqdoriga to‘g‘ri keladi. PBV qurilmasi kuchlanishni sutka davomida etarlicha rostlashga imkon bermaydi, chunki bunda transformatorni qayta ulash uchun uni tez-tez uzishga to‘g‘ri kelardi, bu asa ekspluatatsiya sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydi. Odatda, PBV faqat mavsumiy kuchlanishni rostlashda ishlatiladi.

Yuklanish ostida rostlash (RPN) traisformator chulg‘amining shohobchasini zanjirni uzmay qayta ulash imkonini beradi. RPN qurilmasi transformatorning quvvati va kuchlanishiga qarab kuchlanishni turli oraliqda rostlashni ko‘zda tutadi (har bir pog‘onasi 1,5% dan bo‘lgan ±10% dan to ±16% gacha) [2 -10]. Pog‘onani boshqarish VN tomonda olib boriladi, chunki bu hol tokning miqdori kichik bo‘lgani sababli qayta ulash qurilmasini soddalashtiradi. Boshqarish diapazonining shoxobchalar sonini ko‘paytirmasdan turib uni kengaytirish uchun dag‘al va aniq boshqarish pog‘onalari qo‘llaniladi (29-rasm).


Agar kayta ulagich P II holatda tursa, saqlagich I esa shoxobcha 6 da bo‘lsa, eng katta transformatsiyalanish koeffitsienti hosil bo‘ladi. Kayta ulagich 1 holatda, saqlagich esa shoxobcha 1 da bo‘lsa eng kichik transformatsiyalanish koeffitsienti olinadi. Boshqariluvchi chulg‘amning bir shoxobchasidan ikkinchisiga o‘tishi yuklama tokini uzmay va shu chulg‘am o‘ramlarinig qisqa tutashtirmay amalga oshiriladi.
Bunga reaktorli yoki rezistorli maxsus qayta ulash qurilmasida erishiladi. Rezistorli sxema (30-rasm) reaktorli sxemaga qaraganda qator afzalliklarga ega bo‘lib, hozirda keng qo‘llanilmoqda. 30-rasmda chulg‘amning boshqariluvchi qismi bilan qayta ulash qurilmasi ko‘rsatilgan. Kontaktorlar bilan saqlagichlarning ishlash tartibi 3 jadvalda ko‘rsatilgan. Boshlang‘ich holat 0 da transformator shoxobcha 5 da ishlaydi va yuklanish toki kontaktor K1 orqali o‘tadi.Faraz qilaylik, boshqariluvchi chulg‘amdagi o‘ramlar sonini kamaytirish lozim bo‘lsin, ya’ni shoxobcha 4 ga o‘tish kerak. Bu holatda RPN elementlarining ishlash tartibi quyidagicha bo‘ladi: toksizlantirilgan saqlagich I2 holat 4 ga o‘tkaziladi, so‘ngra K1 uziladi va yuklama toki qisqa vaqt ichida R1 va K2 orqali o‘tadi; uchinchi jarayonda KZ tutashtiriladi, bunda yuklama tokining yarmisi R1 va K2 orqali va qolgan qismi R2 va K3 orqali o‘tadi, bundan tashqari, boshqariluvchi chulg‘am 5-4 ning o‘ramlari R1 va R2 orqali ulanadi va ular orqali miqdor jihatidan chegaralangan sirkulyasiyalanuvchi tok o‘tadi; keyingi jarayonlarda K2 ajratiladi va K4 ulanadi, bunda 30-rasm. Tok chegaralovchi qarshilikka ega bo‘lgan RPN qurilmasining qayta ulanish ketmaketligi va sxemasi 29- rasm. Transformatorlarning RPN qurilmasi: a-rostlash pog‘onalarining ulanish sxemasi; A-asosiy chulg‘am; vs-dag‘al rostlash poђonasi; de-tekis rostlash pog‘onalari; P-kayta ulag‘ich; Isaqlagich. yuklama toki boshqariluvchi chulg‘am orqali shoxobcha 4, saqlagich I2, kontaktorlar K4 dan chiqqich O ga o‘tadi.
Hozirgi RPN qurilmalarida tokni kommutatsiyalash uchun vakuumli yoy so‘ndiruvchi kameralar qo‘llanilmoqda. Shu sababli transformator moyi yoy so‘ndiruvchi muhit sifatida qo‘llanilmaydi va ishlash jarayonida uni almashtirishga hojat qolmaydi. Bunday qayta ulovchi RNTA 235/1000 V qurilmalar intensiv rejimda uzib-ulab ishlaydigan o‘zgartiruvchi transformatorlarda qo‘llaniladi. Tiristorli qayta ulagichlarni qo‘llash bilan RPN larni yana ham takomillashtirish mumkin. Tiristorlar yuklama toki nol orqali o‘tish momentida ishlab ketadi va ikkilamchi chulg‘amlarni kerakli tartibda ketma-ket ulaydi.
http://fayllar.org
Download 6.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling