Reja: Transformatorning salt ishlashi


Download 0.55 Mb.
bet4/4
Sana04.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#140958
1   2   3   4
Bog'liq
3-мавзу



Transformator ishlashi uchun salt ishlash rejimida o‘zgaruvchan tok manbaidan qandaydir aktiv quvvatni qabul qiladi. Bu quvvat, asosan , magnitlanish jarayoniga sarflanadi. Ferromagnit o‘zakda magnit oqimi doimo o‘zgarib turganligi uchun bu aktiv quvvat qayta magnitlanishga (gisterezisga) hamda uyurma toklar hosil bo‘lishiga sarflanadi. Bu quvvat transformatorning po‘latida sarflanadigan yoki isrof bo‘ladigan quvvat deyiladi . Salt ishlash quvvati, taxminan po‘latda isrof bo‘ladigan quvvatga teng, ya’ni bo‘ladi. Po‘latda isrof bo‘ladigan quvvat qancha katta bo‘lsa, salt ishlash tokining aktiv qismi ham shuncha katta bo‘ladi. Agar ferromagnit o‘zak qalinligi 0,350,5 mm bo‘lgan ayrim plastinkalardan yig`ilib chastota 50 Hz bo‘lsa, salt ishlash toki ning ko‘pi bilan 10% ini tashkil qiladi. ning qiymati gisterezis va uyurma toklar ta’sirida sarflanadigan aktiv quvvat qiymati bilan aniqlanadi . Salt ishlash tokining aktiv qismi ning vektori fazasi bo‘yicha vektoridan 90° oldinda keladigan qilib chiziladi . Bunda salt ishlash toki vektori va vektorlarining geometrik yigindisi bilan aniqlanadi. Vekgor diagrammadan ning effektiv qiymatini quyidagicha aniqlash mumkin:



Demak, vektori magnit oqimi vektoridan burchakka oldinda keladigan bo‘ladi. burchak magnitaviy orqada qolish burchagi deyiladi . Asosiy magnit oqimi birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarda EYuK ni hosil qiladi.Ilgari aytilganidek, bu EYuK ning vektorlari fazalari jihatidan magnit oqimi vektorlaridan 90° orqada keladigan qilib chiziladi. Transformatorga elektr tarmog`idan beriladigan kuchlanish vektorini aniqlash uchun birlamchi chulg`am uchun EYuK tenglamasiga murojaat qilamiz. Bunda (-) vektor miqdor jihatidan vektorga teng va yo‘nalishi jihatidan unga qarama-qarshi chiziladi. Birlamchi chulg`amning aktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi , ya’ni vektor (-) vektor oxiridan vektor yo‘nalishida chiziladi. Chulg`amning induktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi , ya’ni j vektor fazasi jihatidan vektordan 90° oldinda qilib chiziladi. Bu vektor vektor oxiridan vektorga tik qilib chiziladi. va j vektorlarning geometrik yig`indisi birlamchi chulg`amning to‘la qarshiligida kuchlanish pasayishi , ya’ni , vektorni beradi. Shunday qilib , diagrammada birlamchi chulg`amning aktiv, induktiv va to‘la qarshiliklarida kuchlanishlar pasayishi uchburchagini hosil qilamiz (2-rasm ). Chulg`am qarshiliklari va ulardagi kuchlanish pasayishi juda kichkina bo‘lgani uchun vector diagrammada bu uchburchak juda kichkina bo‘ladi.

Transformatorga tarmoqdan beriladigan kuchlanish vektori

(-) va vektorlarning yig`indisi bilan aniqdanadi yoki vektor uchini nuqta O bilan tutashtirib vektorni olamiz.

Transformator salt ishlaganda uning ikki lamchi chulg`amidan



olinadigan foydali quvvat ( nolga teng. Lekin transformator ishlashi uchun tarmoqdan qandaydir quvvat qabul qiladi. Bu quvvat salt ishlash quvvati () deyiladi . Salt ishlash quvvati magnitlanish jarayoniga sarflanadigan quvvatdan (bu haqda yuqorida aytib o‘tildi) hamda birlamchi chulgamdan tok o‘tganda uning aktiv qarshiligida issiklik energiyasiga aylanadigan quvvat ()dan iborat. Salt ishlash toki va chulg`amning aktiv qarshiligi kichikina bo‘lganligi uchun birlamchi chulg`amda issilikka aylanadigan quvvat ()miqdori juda ozgina bo‘ladi; shuning uchun hisoblashlarda ko‘pincha u e’tiborga olinmaydi. Bu sharoitda tarmoqdan olinadigan quvvat faqat magnitlanish

jarayonida (+) sarflanadi deyilsa bo‘ladi. Lekin aslida:



=++

Salt ishlash quvvati ning qiymati , transfor matorning salt ishlash parametrlari va boshqalar salt ishlash tajribasidan aniqlanadi . Salt ishlash tajribasi haqida keyinchalik to‘xtalamiz.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling