Reja: Transport korxonalari nima va ularga qaysilar kiradi
AVTOTRANSPORT KORXONALARINING ISHLAB CHIQARISH-TEXNIK BAZASI
Download 1.16 Mb.
|
1 2
Bog'liqMustaqil ish
AVTOTRANSPORT KORXONALARINING ISHLAB CHIQARISH-TEXNIK BAZASI
Ishlab chiqarish-tcxnik bazasi (1TB) ning asosiy vazifasi eng kam moddiy mablag’ va mehnat sarflagan holda avtomobillaming texnik tayyorligini talab darajasida ta'minlashdan iborat. ITB ga quyidagilar kiradi: - imoratlar (ishiab chiqarish, ma'muriy-maishiy, avtomobillar saqlanadigan yopiq binolar, omborxona va boshqalar); — inshootlar (jihozlangan ochiq saqlash joylari, korxonadagi yoʼllar, yonilgʼi saqlash va quyish shoxobchalari, suv saqlagichlar); — kommunikatsiyalar (elektr va aloqa tarmoqlari va boshqalar); — jihozlar va qurilmalar (ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalari jihozlari va boshqaiar); — har xil asboblar va boshqalar (asboblar, oʼlchov va hisoblash texnikasi va boshqalar). ATK larning asosiy ishlab chiqarish fondini avtomobillar sotib olishga va ITBni yaratishga sarflangan mablag’ tashkil etadi. Ulaming nisbati hozirgi kunda 60% (avtomobillar narxi) va 40 % (ITB sarfi)ni tashki) etadi. ITB ning ulushi ortishi bilan avtomobillar texnik tayyorligi, korxonaning tashish imkoniyati oshadi, TXK va T' xarajatlarining solishtirma qiymati hamda tashish tannarxi maʼlum chegaragacha kamayadi, so’ng osha boshlaydi, rentabeilik maʼlum chegaragacha oshadi, so’ng kamaya boshlaydi. ITBga sarflangan mablag'ning maqbul darajasini bclgilovchi aniq usiub qabul qilinmagan, omillarning ta’sir etish darajasiga qarab amaliyotda ITB qiymati beigilanadi. Mavjud ATK laming ko'pchiligi namunaviy loyilialar asosida qurilgan TTBga ega. ATK ITBning quyidagi kamchilikiarini keltirish mumkin: — quriigan ATKlar yangi avtomobillar parametrlariga to’g’ri kelmaydi; — gazballonli avtomobillarni ishlatish talablariga javob bermaydi; — texnologik jihozlar bilan ta'minlanganlik darajasi yetarli emas; — ilmiy-texnik yangiliklar texnik xizmat va joriy ta’mir jarayoniga yetarlicha tatbiq etilmagan (mexanizatsiya va avtomatlashtirish, tashxislash); — ishlab chiqarishni boshqarish, ishchi o'rinlarini va ishlab chiqarish ishchilari mchnatini tashkil qilish past saviyada; — ishchilarga madaniy-maishiy, tibbiy xizmat ko'rsatish yetarli emas (xonalar issiq, nam, chang); — ishlab chiqarish atrof-muhitga salbiy ta’sir ctadi (havo tozalagich va suv tindirgichlar yomon ishlaydi). ITB ning holati: — TXK va JT ishlari ishlab chiqarish maydonlari bilan 50...65 % ta'minlangan; — TXK va JT ishlaridagi mexanizatsiyalash darajasi meʼyorning 25...30 % ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish binolari va texnologik jihozlardan samarali foydalanmaslik, kichik korxonalar uchun ITB qiymatini oshirib yubormaslik uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar qoʼllamaslik hollari uchraydi. TXK va JT. ishlarini bajarishda ishlab chiqarishni markazlashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash masalalari ham o’z yechimini topmagan. ATK ITBning rivoji yangi qurilish va mavjud korxonalami kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta jihozlash orqali amalga oshiriladi. Loyiha asosida yangi maydonda korxona barpo qilinishi yangi qurilish hisoblanadi. Mavjud ATKning filiali qurilishi, TXK va JT uchun mavjud bino va inshootlaming kengaytirilishi yoki yangi qurilishi, shuningdek mavjud binoga qo'shimcha xonalar qo'shib qurilishi korxonani kengaytirish deyiladi. Mavjud asosiy ishlab chiqarish, ma’muriy-maishiy va texnik bino va inshootlaming eskirgani yoki talabga javob bermagani uchun qisman buzilib, o’niga takomillashgan yangi texnologik jarayonlami tatbiq ctish, yangi rusiimli avtomobillarga TXK va JT hamda saqlash uchun yangi binolar qurilishi yoki qo'shilishi qayta qurilish deb ataladi. Ilg’or texnologik jarayonlami, jihozlami, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish majmui vositalarini, elektronhisoblash texnikalarini tatbiq etish natijasida ITBning samaradorligini oshirish korxonani texnik qayta jihozlash deyiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling