Reja: Turkistonda dastlabki muzeylarning tashkil etilishi


Download 33.13 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi33.13 Kb.
#1586921
Bog'liq
Turkistonda dastlabki ilmiy jamiyatning tashkil etilishi Mirzayeva Maftuna


TURKISTONDA DASTLABKI ILMIY JAMIYATLARNING TASHKIL ETILISHI
REJA:
1. Turkistonda dastlabki muzeylarning tashkil etilishi
2. Turkistonda ilmiy tadqiqot olib borgan olimlar va uning faoliyati
3. Turkiston qishloq xo`jaligi jamiyati va boshqa ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishi

.Chor hukumati davrida "qadimgi madaniyatni o’rganish va yodgorliklarni qo’riqlash faqat foydasizgina bo’lib qolmay, balki zararli ham edi" deya qayd qiladi V.V.Bartol'd o’z asarlarida. CHunki CHor hukumati qadimgi yodgorliklarni muxofaza qilish, o’z maqsadlari yo’lida foydalanishni afzal bilgan va shuningdek, bu o’lkaga past nazar bilan qaraganligi uchun madaniy yodgorliklarga e`tibor bermagan. Hatto arxitekturasiga ham past nazar bilan qaralgan. Bu davrda O’rta Osiyo tarixi va madaniyati uchun bebaho hisoblangan ko’pgina nodir qo’lyozmalar, qimmatbaho buyumlar chet ellarga tashib ketildi. CHorizm bu o’lkaga past nazar bilan qarasada uni o’zining sharqdagi istehkomi, boyligi manbai sifatida o’rganmasa bo’lmas edi. SHu sababli bu ishga ko’p rus ziyolilari jalb etildi. Bu olimlar qatori A.P.Fedchenko va I.V Mushketovlar ham o’lkaning geografiyasi, botanika va zoologiyasini o’rganish bilan birga tarixi va etnografiyasiga oid ham ma`lumotlar to’play boshladilar. O’zbekistonda dastlabki


muzeylarning tashkil topishiga yuqoridagi olimlar va V.F. Oshanin, V.F.Bartol'd kabi tadqiqotchilarning to’plagan materiallari va kollektsiyari ham asos bo’ldi. Jumladan, A.P.Fedchenko Turkiston general-gubernatoriga tayyorlagan axborotida Turkistonni yaxshiroq o’rganish uchun muzey tashkil etish taklifi bilan chiqadi. Ikkinchi marta bu masala 1871 yili (OLEAE)- tabiatshunoslik, antrapologiyasi va etnografiyasi xavaskorlari jamiyatining Turkistondaga bo’limi majlisida ko’tarildi. 1873 yil Toshkent ilmiy jamoatchiligi Sirdaryo oblast' harbiy-general gubernatoriga muzey ochish to’grisidagi iltimosnoma bilan chiqadi va rad javobini oladi. SHundan keyin muzey ochishning tashabbuskori A.P.Fedchenkoning izdoshi, do’sti V.F. Oshanin o’zi boshchilik qilayotgan ipakchilik maktabidan muzey uchun bir necha xona ajratib beradi. Nixoyat 1876 yili 9 yanvarda Sirdaryo oblast' xarbiy-general gubernatori, general-leytenant N.Golovochev muzey masalasi bo’yicha shu sohada bir necha tadqiqotchilardan iborat kengash chaqirdi. Kengashda tabiat tarixi, qishloq xo’jaligi, etnografiya, botanika, sanoat va boshqa bo’limlar bo’yicha kollektsiya tashkil etishga qaror qilindi. I.V.Mushketov, D.L.Ivanov singari ko’pgina tadqiqotchilar sayohatlari paytida to’plagan qush, baliq, o’simlik va ma`dan kollektsiyalarini muzeyga topshirdilar. SHunday qilib 1876 yil O’rta Osiyoda birinchi muzey tashkil topdi va shundan e`tiboran O’rta Osiyoda bosh muzeyning mavjudligi rasman tan olindi.1877 yil yanvarda muzey etnografiya, texnik ishlab chikarish, qishloq xo’jaligi, tabiat tarixi va arxeologiya bo’yicha 1500 dan ortiq predmetlarga, 800 qadimiy tanga va medallarga ega edi. Muzey ancha shakllangach, 1877 yildan havaskor tabiatshunoslar jamiyatining Turkiston bo’limi a`zolari komitetiga rahbarlik qiluvchi statistika komiteti ixtiyoriga o’tkazildi. Uning mudiri "Turkistanskie vedomosti"ning sobiq redaktori N.A.Maev bo’lib, muzeyga bino berilmaganligi sababli uni o’z uyiga joylashtirdi. Muzey ta`minoti uchun arzimas mablag’ (300 sum) ajratilar edi xolos, yana ayrim shaxslar tomonidan uncha-muncha ehsonlar tushib turar edi. Aslida Maevning hisob kitobiga qaraganda, yiliga 1600 so’mlik mablag’ talab etilardi. Bu muzey 4 bo’lim -etnografiya va texnika, tabiat tarixi va arxeologiya, numizmatika, qishloq xo’jaligidan iborat bo’lib, mahalliy suratlar va turli kollektsiyalar bilan boyitilgan edi.1888 yil muzey nizomi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Unda muzey ixtisosi, vazifasi, ish xarakteri belgilab berildi. Muzeyga rahbarlik qilish besh kishidan iborat Nazorat komitetiga yuklandi. Ustavga muvofiq muzeygga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya, arxeoliya, numizmatika, sanoat va qishloq xo’jaligi bo’yicha materiallar to’plash va saqlash huquqi berildi. Muzey ekspozitsiyalari "Ommaning O’rta Osiyo asarlari bilan tanishuvi va to’plangan materiallarni olimlar o’z sohalari bo’yicha o’rganishlari uchun" (UzSSR. M.D.A, I-1 fopt 16-ro’yxat 359 ish, 32-varak) ochildi.
Muzey va uning bo’limlari bir tekis rivojlanmadi, unga ijtimoiy muhit va e`tiborsizliklar ham o’z ta`sirini o’tkazdi. Hatto 1883 yil muzey xalq kutubxonasi bilan qo’shib yuborildi. Biroq 1776-80 yillarni muzey rivoji uchun samarali bo’ldi deyish mumkin. 1885 yil ziyolilar uyushtirgan arxeologiya to’garagi ham 1889 yil o’z tugaraklari materiallarining muzeyga topshirib, uni yanada boyitdilar. Muzey ishi sohasida ham biroz siljish bo’ldi. 80-yillar boshida inventar ro’yxatini tuzish ishlari boshlandi. 1886 yil E.F.Kal' numizmatika, etnografiya, arxeoliyaning ayrim materiallariga katalog tayyorladi. N.A.Maev (1889 y) zoologiya, kollektsiyalarning kataloglarini tuzdi. O’rta Osiyodagi ikkinchi muzey 1896 yil 21 iyulda Samarqandda ochildi. 1884 yil yangi Marg’ilonga qishloq xo’jalik va davlat mulkini ministri kelishi munosabati bilan tashkil etilgan sanoat va qishloq xo’jalik ko’rgazmasi Fargona muzeyining ochilishiga asos soldi. SHundan so’ng birin-ketin boshqa joylarda ham muzeylar ochila boshlandi. Misol uchun 1899 yil Ashxobot muzeyi ochildi.
2. 1918 yil 19 setyabrda RSFSR Xalq komissiyalari Sovetininng sanoat asarlari va qadimgi noyob narsalarni chet elga olib ketishni hamda ularni maorif xalq komissariyatiga qarashli muzey organlarining oldindan chiqarilgan qarori va ruxsatisiz sotishini taqiqlash to’grisidagi dekretni imzolandi. O’z navbatida TASSR Xalq komissarlari soveti ham 1921 yil 31 iyulda Turkiston Respublikasi xalqining madaniy xazinasi xavfini yuzaga keltiruvchi san`at asarlari, qadimiy narsalar va ilmiy kollektsiyalarini chet elga olib ketishni taqiqlash haqidagi qarorni chiqardi. SHunga muvofik eksport komissiyasiga magazin hamda bozorlarda qadimgi noyob narsalar, xalq maishiy-ro’zg’or buyumlarni sotish ustidan nazorat qilish vazifasi topshirildi.RSFSR Xalq komissiyalar soveti 1918 yil 5 oktyabrda "ayrim shaxslar, jamiyat va muassasalar ixtiyoridagi san`at va qadimgi yodgorliklar ro’xatini tuzish, ularni hisobga olish va qo’riqlash haqida" dekret chiqardi. Ana shu dekretga binoan, barcha madaniy yodgorliklar kimga tegishli ekanligidan qat`iy nazar, davlat himoyasi ostiga olindi. TASSR Xalq komissiyalari sovetining 1920 yil 31iyuldagi "Turkrespublikadagi ayrim shaxslar va jamiyatlar ixtiyorida bo’lgan san`at asarlari va qadimgi yodgorliklarni ro’yxatdan o’tkazish, xisobga olish hamda qo’riqlash haqida"gi maxsus qarori muzey organlari zimmasiga ma`jburiyat yukladi: rasmiylashtirish va hisobga olish tartibi Turkkomstarining maxsus instruktsiyasi bilan joriy etildi. Qarorda ko’rsatilishicha, qayta ro’yxat qilingandan keyin Turkomstaris xisobida qoldirilgan majmua holidagi va aloxida san`at yodgorliklari davlat nazorati ostida bo’ladi, ularni chet elga, shuningdek, TASSR tashqarisiga olib chiqish ta`qiqlanadi. Ularni ta`mirlash, tuzatish yoki qayta ishlash uchun albatta Turkomstaris va uning joylaridagi organlari ro’yxatidan o’tkazish shart edi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, markazdan chiqarilgan qarorlar Turkistonda juda kech amalga oshirilgan, buning natijasida juda ko’p nodir kitob va qo’lyozmalar, qimmatbaho buyumlar chet ellarga tashilib ketildi, bebaho madaniy yodgorliklar talon-taroj qilindi. Bu kabi masalalarni hal qilish, muzey tarmoqlarini boshqarish uchun maxsus organ-muzey ishlari va qadimgi yodgorliklar, san`at va tabiatni muxofaza qilish bo’yicha RSFSR Davlat komiteti tuzildi. Xuddi shunday muassasa milliy republikalarda ham tashkil etildi. Turkrespublika Markaziy Ijroiya komitetining 1920 y 30 yanvardagi dekretiga muvofiq bu vazifa Turkrespublika Arxivlar markaziy boshqarmasiga yuklatildi. Biroq bu boshqarma o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hayotga muvofaqqiyatli tadbiq etishga ojizlik qildi. SHu munosabat bilan tabiat, san`at obidalari va utmish yodgorliklarini saqlaydigan, muzeylar tashkil etish va ularni qo’riqlash ishi bilan shug’ullanadigan maxsus tashkilot tuzish to’grisidagi masala yuzaga keldi. Turkomstaris xuddi shunday tashkilot bo’ldi. Turkomstaris tuzilishi jixatidan muzey, qadimgi yodgorliklar va san`at asarlarini muxofaza etish hamda, ta`mirlash, arxeologiya va tabiatni muxofaza etish singari to’rt sektsiyaga bo’lindi. Komitet yodgorliklarni hisobga olish va qo’riqlash borasida katta ishlar olib borildi, koordinatsiyalovchi ilmiy-taqdiqot markaziga aylandi. Tadqiqot ishlariga akademik V.V.Bartol'd, professor A.A.Semyonov, A.A.Divaeev, V.L.Vyatkin, M.E Masson, L.V.Oshanin kabi yirik olimlar jalb etilgan edi. Turkomstaris katta vakolatga ega edi. Jumladan, uning Turkrespublika Xalq komissariyati tasdiqlagan barcha farmoyishi va tadbirlari majburiy hisoblanardi. Komitet muzey ishlari va qadimgi yodgorliklar hamda tabiatni muxofaza qilish manfaati uchun tadqiqotchilar bilan ular olib borayotgan ishlardan foydalanish bo’yicha shartnoma tuzish mumkin edi. Birorta ilmiy kollektsiya hamda uning ruxsatnomasisiz Respublikadan tashqariga olib ketmasdi.
2 Seversev Nikolay Alekseyevich (1827—1885) —1857-yilda Orolbo`yi va Sirdaryo pasttekisliklariga uyushtirilgan ekspeditsiya bilan Turkiston o`lkasiga kelgan o`rta Osiyoni tadqiq etishda faol ishtirok etgan olimlardan biri. Shundan keyin u o`rta Osiyoga yana to`qqiz marta ekspeditsiya uyushtirdi va so`nggi marta 1879-yilda Yettisuvga keldi. Uning "Turkiston o`lkasiga sayohat" asariga o`rta Osiyo tabiati, iqtisodiyoti va xalq turmushiga xos bo`lgan ma’lumotlar kiritilgan edi. Ushbu kitob birinchi marta 1873-yilda nashr etilgan.
Semyonov-Tyanshanskiy Pyotr Petrovich (1827—1914) — taniqli olim, geograf, sayohatchi, Rus geografiya jamiyatining ko`pyillik rahbari, o`rta Osiyo tadqiqotchisi 1856— 1857-yillarda Tyan Shanga bir necha bor sayohat qilgan. Ushbu jamiyat tomonidan Shimoliy Tyan Shan tizma to`glari xaritasi yaratilgan bo`lib, unda tog`ning geologik tuzilishi, hayvonot va o`simlik olami bayon qilingan. U 1888-yilda yana Turkiston o`lkasiga sayohat qildi va taassurotlari "Rus geografiyasi jamiyati xabarlari"ning 1888-yil 5-sonida e’lon qilingan "Turkiston va Kaspiyorti o`lkasi 1888-yilda" deb nomlangan ocherkida bosilib chiqdi.
Fedchenko Aleksey Pavlovich (1841-1873) sayohatchi va tadqiqotchi sifatida Zarafshon vodiysiga sayohat qilgan, Sharqiy Qizilqum, Turkiston, Hisor, Oloy. tizma tog`larini, Oloy vodiysini va birinchi marta Pomir-Oloy vodiysini o`rgangan olim. Uning "Turkistonga sayohat" nomli kitobi vafotidan so`ng 1875-yilda nashr etildi. U 1873-yil sentabrida Monblan alp muzligiga ko`tarilayotganida halok bo`lgan.

1874-yilda olim, geograf, geolog va sayohatchi Mushketov Ivan Vasilyevich (1850—1902) g`arbiy Tyan Shan tizmasi, Sirdaryo vodiysiga sayohat qilgan. 1877—1880-yillarda u rus olimlarining o`rta Osiyodagi tadqiqotlarini davom ettirdi va to`plagan ma’lumotlarini "Turkiston"deb nomlangan ikki tomlik asarida e’lon qildi, 1881-yilda G.Romanovskiy bilan birgalikda Turkiston o`lkasining geologik xaritasini tuzdi.


Ilmiy o`lkashunoslikning rivojlanishi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida tarix fani birmuncha muvaffaqiyatlarga erishdi. Jadidlar tarbiyaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarning mazmuni va g`oyaviy yo`nalishini o`zgartira boshladilar. Xalq tarixi to`g`risida yozishning tamal qoidasini jadidlar boshlab berdilar, ular tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvirlash o`rniga xalq — tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini ifodalay boshladilar.
"Turkiston viloyatining gazetasi" sahifalarida ushbu gazetaning bosh muharriri Mulla Olim Mahmud Hoji Turkiston o`lkasi tarixining to`liq sharhi hisoblanmish "Turkiston tarixi"ni chop etdi. Bu qadim zamonlardan boshlab, Turkiston o`lkasidagi voqealarning dunyoviy xronikasini bayon etgan o`zbek tilida bosmadan chiqqan ilk tarixiy asar edi. Jadidlar tarixni Turkiston o`lkasida savodxon va bilimdon kishilarni tarbiyalash borasida eng muhim fan deb hisoblashar edi.

1895-yilda tashkil etilgan Arxeologiya havaskorlari to`garagining qatnashchilari tarixiy yodgorliklarni qo`lyozma manbalar bo`yicha tavsifladilar va o`rgandilar. Garchi qazishma ishlari kamdan-kam o`tkazilgan bo`lsa-da, ayrim arxeologik obyektlarni izlab topish va ularni tavsiflab berishga muvaffaq bo`ldilar.


1870-yil Toshkentda xalq kutubxonasi tashkil etilishi o`rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega voqea bo`ldi. Kutubxona ochilgan vaqtda kitoblar soni atigi 1700 jild bo`lsa, 1917-yilga kelib ularning soni 80 mingtaga yetdi. Bu kitoblarning hammasi Turkiston tarixi, tabiati va etnografiyasiga oid edi.
XIX asrning o`rtalariga kelib Turkiston o`lkasida mahalliy ziyolilar ishtirokida qator ilmiy jamiyatlar tuzildi. Ular orasida, ayniqsa, samarqandlik Mirza Abdullin,.arxeolog, numizmatika ishqibozi, Samarqandning ko`p sonli qadimiy yodgorliklarini tasvirlab bergan rassom-kallegroflst Mulla Qosimov alohida o`rin tutadi. Toshkentda yashovchi Akrompolvon Asqarov sharqshunos olim N.I.Veselovskiyning yaqin yordamchisi bo`lib, u qadimiy yodgorliklar kolleksiyasini to`plashda katta hissa qo`shgan. Ular to`plagan qadimiy tangalar soni 15 mingdan ortiq edi. Buxoroda yashovchi Muhammad Vafo qadimiy gilamlar, paloslar va qo`lyozmalarni to`plash bilan shug`ullangan. o`lkani o`rganish ishlariga geograf-tadqiqotchilar Olimxo`ja Yunusov, Mirzo Hakim va boshqalar ham katta hissa qo`shganlar.

Mustamlaka sharoitida Turkiston o`lkasini o`rganish va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish og`ir kechar edi. Turkiston o`lkasi mustamlaka davlat ma’muriyati ixtiyorida bo`lganligi sababli ilmiy jamiyatlar faoliyatiga befarq qaralar edi. Turkiston o`lkasi tarixini har tomonlama o`rganishda tadqiqotchi olimlarning xizmati katta bo`ldi. Ular Rossiyaning yuksak saviyali, mehnatsevar, taraqqiyparvar kishilari edi. Rossiya fani va madaniyatining bu ilg`or vakillari o`zbek, tojik va qoraqalpoq xalqlari bilan birgalikda og`ir kechayotgan hayotni yengillatish, ular orasida zamonaviy bilimlarni yoyish hamda xalqlar o`rtasida do`stlik tuyg`ularini kamol toptirishga harakat qildilar. Bu olimlar o`lkani ilmiy jihatdan o`rganish ishlariga mustahkam poydevor qo`ydilar va shu sababli ularning nomi o`zbekiston tarixi sahifalarida saqlanib qoldi.


Likoshin Nil Sergeyevich (1860—1922) turkolog, tarjimon, o`rta Osiyo haqida yozilgan 700 dan ortiq ilmiy-o`lkashunoslik sohasidagi ishlar va "Turkistondagi yarim umr" asari muallifi edi. U o`rta Osiyo tarixchisi Abu Bakr Muhammad Zafar an-Narshaxiyning (899—959) Buxoro tarixidan hikoya qiluvchi "Tarixi Narshaxiy" asarini rus tiliga tarjima qilgan.
Ilmiy-o`lkashunoslik sohasi asoschilaridan biri Mayev Nikolay Aleksandrovich hisoblanadi. Uning o`rta Osiyodagi faoliyati 1869- yildan boshlangan bo`lib, asosan o`lkamiz tarixi va madaniyatiga qiziqar edi. 1870-yilda tashkil etilgan o`lka ma’muriyatining rasmiy nashri bo`lgan birinchi o`rta Osiyo gazetasi "Turkestanskiye vedomosti"ning ilk sonidan boshlab 1892-yilgacha muharriri bo`ldi. Uning tashabbusi va harakatlari bilan bu gazeta o`lkashunoslik mavzusiga katta ahamiyat berdi. Uning sahifalarida mahalliy tarixchilar, tadqiqotchilar, sharqshunoslar o`z maqolalarini e’lon qildilar. Bu an’ana gazetada uzoq yillar davom etdi. o`rta Osiyodagi birinchi muzey, ya’ni bugungi tabiat muzeyi va tarix muzeylarining asosi bo`lib xizmat qilgan — Turkiston muzeyining paydo bo`lishi ushbu gazeta nomi bilan bog`liq. U shuningdek, Toshkentdagi umumiy kutubxona tashkil etilishi va kutubxona ishlarining yo`lga qo`yilishiga katta hissa qo`shdi. Yillar o`tishi bilan bu kichik kutubxona Alisher Navoiy nomidagi o`zbekiston milliy kutubxonasiga aylandi.
Veselovskiy Nikolay Ivanovich (1848—1918) sharqshunos, arxeolog — o`rta Osiyo hududida birinchi bo`lib arxeologik qazishmalar olib borgan mutaxassis olim. 1885-yil qadimiy Samarqandning Afrosiyob xarobalarini qazish vaqtida qadimiy buyumlar, odamlarning va hayvonlarning bosh qismi tasvirlangan sopol parchalari, sopol va g`ishtdan qurilgan devor qoldiqlari, quduqlar, hovuzlar, suv quvurlari kabi inshootlar topildi. Afrosiyobdagi qazishmalar 1895-yilda ham davom ettirildi. Samarqandning tarixiy arxitektura yodgorliklarini ilmiy asosda ta’riflab berish ham N.Veselovskiy nomi bilan bog`liq. U 1895-yilda Bibixonim masjidi va Go`ri Amir maqbarasi rasmi va chizmasini tayyorlagan olim va rassomlar ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan. 1905yilda ushbu ekspeditsiya materiallari asosida Go`ri Amir maqbarasiga bag`ishlangan rangli albom tayyorlandi. N.I.Veselovskiy "Samarqanddagi Xo`ja Ahror yodgorligi", "Bibixonim masjidi", "Yana ossuariyalar haqida", "Samarqandda ramazon", "Buxoroda Qurbon hayiti" va boshqa ko`plab asarlar muallifidir.
Nalivkin Vladimir Petrovich (1852—1918) — turkshunos olim. Kalugada tug`ilgan1, 873-yildan boshlab Turkistonda yashagan. U bir necha yil Farg`ona viloyatining Nanay qishlog`ida yashab, o`zbek, tojik, arab tillarini o`rgangan. V.P. Nalivkin etnografiyaga doir ishlar, Turkiston tarixi, islomshunoslik, o`zbek va fors tillarini o`qitish bo`yicha qo`llanma, ruscha-o`zbekcha va o`zbekcha-ruscha lug`at, "Turkiston o`qituvchilar seminariyasi uchun xrestomatiya", "o`zbek tilini amaliy o`rganish uchun qo`llanma", "Qo`qon xonligining qisqacha tarixi" asarlarini yozgan.
Tarixchi olimlar orasida akademik Bartold Vasiliy Vladimirovich (1869—1930) alohida o`rin tutadi. Uning mukammal ilmiy asarlari to`plami to`qqiz tomdan iborat. Ular orasida "Mo`g`ullar hujumi davrida Turkiston", "1365-yil. Samarqandda xalq harakati", "Musulmonlik madaniyati", "Turkistonni sug`orish tarixiga oid", "Ulug`bek va uning davri" "Turkistonning madaniy hayoti tarixi" va boshqa asarlari bor.
U o`rta Osiyoga birinchi marta 1893-yilda kelgan. Turkiston universiteti ochilishida faol ishtirok etgan va tarix-filologiya fakultetida ma’ruzalar o`qigan. "Mo`g`ullar hujumi davrida Turkiston" asari o`rta Osiyoning o`rta asrlar tarixi uchun ishonchli manba bo`lgan va hozirda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan ilmiy asarlardan biri hisoblanadi.
Vyatkin Vasiliy Lavrentyevich (1869—1932) — taniqli sharqshunos va arxeologlardan biri bo`lib, Samarqandda yashagan va ishlagan. Mahalliy tarix ishqibozlari bilan birga uzoq vaqt Ulug`bek rasadxonasini topish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. 1908-yilda rasadxona binosi qoldiqlarini va unga tegishli asbob-uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo`ldi.
U "Shohizinda", "Cho`ponota", "Yevropalik donishmand", "Afrosiyob qo`rg`oni" asarlari, rus va o`zbek tillarini o`rganish bo`yicha qator darsliklar muallifi.
Mallitskiy Nikolay Guryevich (1873—1947) sharqshunos va turkolog — 1895yildan boshlab Toshkentda yashagan. U Toshkent tarixining mohir bilimdoni bo`^b, unga bag`ishlangan ko`plab ilmiy asarlar, shuningdek, "So`nggi yuz yillikdagi Toshkent tarixidan bir necha sahifalar", "XVII asr Toshkent tarixidan sahifalar", "Qo`qon hukmronligi ostidagi Toshkent tarixiga doir", "Toshkent shahri. Bir qancha raqamlar", "Toshkent. Tarixiy ocherk", "Toshkent mahallalari" asarlari muallifidir.
Semyonov Aleksandr Aleksandrovich (1873 — 1958) — mashhur sharqshunoslardan biri. U Beruniy, Ibn Sino ijodi ilmiy merosi bo`yicha tadqiqotlar olib borgan va ular asosida "o`rta Osiyo hududida mavjud bo`lgan yozuv", "o`rta Osiyo Davlat universiteti kutubxonasidagi fors, arab va turk qo`lyozmalari bayoni", "o`zbek mumtoz musiqasi tarixiga doir" asarlarini yozgan. Nodir ilmiy asar hisoblangan "Turkiston to’plami"ning 48 tomligini tuzishda ham bu olimning xizmati beqiyosdir
3 Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi - mahalliy sharoitlarda qishloq xoʻjaligi. ekinlarini yetishtirish usullari va seleksiyasini oʻrgangan i. t. muassasasi. 1898-yil da Toshkent yaqinida Rossiya Yer ishlari boʻlimi tomonidan ochilgan. Dastlab dalachilik va bogʻdorchilik boʻlimlaridan iborat boʻlgan, shuningdek, agrotexnika lab. ham tashkil etilgan. 1902-yil dan styada tezpishar gʻoʻza navlari, tokchilik, polizchilik boʻyicha tadqiqot olib borilgan, ipak qurti oʻrganilgan, mahalliy suv va tuproq tarkibi gʻamda ularning birbiriga taʼsiri tadqiqqilingan. Styaga prof. F.M.GarnichGarnitskiy (1898—1903), P.P.Shreder (1903—25) rahbarlik qilgan. 1925 dan stya Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (hozirgi akad. R. R. Shreder nomli Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti)ga aylantirilgan.
O’zbekistonda dastlabki metirologiya stansiyasi, Tashkent shahrining janubiy g’arbiy qismida ximya labaratoriyasi qoshida 1870 yilda tashkil etilgan. 1874 yilda shahar markaziga ko’chirilib doimiy kuzatishlar olib borilgan, asboblar bosh geofizik akservatoriya (Petrburg) dan olinib kecha kunduz uch marta kuzatishlar olib borilgan. Turkiston gneral gubernatorligi farmoyishi bilan 1876 yilda astranomiya abservatoriyasi qoshida yangi stansiya tashkil etiladi. 1886 yilga kelib O’rta Osiya hududdida 13 ta stansiya ishlab ularning natijalari observatoriya axborotnomasida chop etilib borilgan. Meteralogiya kuzatuvlar uchun metiostansiya atrofdagi tabiiy geografik sharoit uchun tipik bo’lgan joy tanlanishi asosiy talkablardan biri. Joy ochiq bo’lishi atraofdagi daraxt binolardan ularning balandligidan o’n marta uzoq bo’lishi lozim. yani bina balandligi o’n metr bo’lsa, stansiya undan yuz metr uzoqlikda joylashsa, ob-havo sharoitini shu joy uchun to’g’ri ko’rsatadi. Joy uchun yana bir talab o’ylar qatori, o’rmon va bog’larning balandligidan 20 karra uzoqlikda bo’lish kerak.
Standart meterologiya stansiyasi to’g’ri to’rtburchak – kvadrat shaklida 26 X 26 metrli to’rt tomini – shimol va janub, g’arb va sharqni to’g’ri ko’rsatishi shart. Ayrim unchalik katta hajmdagi kuzatishlarni olib boruvchi stansiyalar shimoldan j anubga 20 metr g’arbdan sharqqa 16 metr o’lchamda bo’lishiga ham ruhsat etiladi
Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi - Turkiston oʻlkashunoslari tomonidan tuzilgan ilmiyjamoatchilik tashkiloti. 1895-yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. Asosiy vazifasi oʻlkadagi qad. yodgorliyutar, sharq qoʻlyozmalari, numizmatika va etn.ga oid materiallarni qayd qilish va hisobga olishdan iborat boʻlgan. Toʻgarak aʼzolari, shuningdek, qad. shahar xarobalarini tekshirib, dastlabki arxeologik qazish ishlarini olib borganlar. Turkiston oʻlkasining tarixi va maʼmuriy tuzumi boʻyicha oʻrta asr sharq qoʻlyozma manbalari, xalq afsonalari, maqollari, matallari, urfodat, folklorga oid materiallarni toʻplagan. Shu bilan birga toʻgarak aʼzolari xalqimizning nodir qoʻlyozma va madaniyat boyliklarini Rossiyaga joʻnatishga ham koʻmaklashganlar. V. V. Bartold toʻgarak asoschilaridan boʻlib, uning faollaridan hisoblangan. Toʻgarak aʼzolari qatorida, shuningdek, M.S.Andreyev, A.A.Divayev, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, N.P.Ostroumov, A.A. Semyonov va boshqa bor. Toʻgarak 1917-yil tarqalib ketgan.
Kutubxona 1870-yili may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ochilgan. Fondini tashkil qilishga Xalq maorifi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh shtabi hamkorlik koʻrsatib, oʻz fondlaridan adabiyotlar sovgʻa qilishgan. 1870-yil may oyida 2200 tomdan (1200 nomdagi) ortiq kitob yigʻilib, kutubxona fondining asosi yaratilgan.
Download 33.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling