Reja: umumiy holatlar nisbiy birliklar o‘zgarmas tok dvigatellarining mexanik tavsiflari magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning


Download 219.5 Kb.
bet8/11
Sana15.11.2023
Hajmi219.5 Kb.
#1773706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
муст1

Teskari ulab tormozlash. Teskari ulash rejimi deb dvigatel yakori kinetik yoki potensial energiya zaxirasi bilan aniqlanadigan momentlar ta’siri osti­da (elektromagnit moment ta’siriga nisbatan) teskari tomonga aylanishga aytiladi.
Agar teskari ulanish rejimi kichik qarshilik RTR ulangan holda amalga oshirilsa va yangi mexanik tavsif 4 nuqtadan o‘tadigan nur bo‘lsa, u holda (teskari ulanib) tormozlash rejimi 5 nuqtada tugamaydi. Dvigatel reverslanib 6 nuqta koordinatalari bilan aniqlanadigan dvigatel rejimiga o‘tib ketishi mumkin (9- rasm).
Reversning oldini olish uchun mexanik tavsifda dvigatel 5 nuqtaga yetganda uni tarmoqdan uzib, mexanik tormozlash usuli qo‘llanadi.
Aktiv qarshilik momenti bo‘lgan teskari ulab tormozlash rejimi yakor zanjiriga katta RTR qarshilik

Bu holda potensial kuchlar ta’siri ostida yakor tormozlanadi. Shundan so‘ng dvigatel teskari tomonga aylanib EYK o‘z ishorasini o‘zgartiradi. Shuning uchun to‘rtinchi kvadrantda ishlaganda dvigatel toki oldingi yo‘nalishni saqlab qoladi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:





Dvigatelni dvigatel rejimidan tormozlab teskari ula­nish rejimiga o‘tish jarayoni 10- rasmda keltirilgan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu holda tormozlash rejimini RTr qarshiligiga bog‘liq holda turli tezliklar (wq< 0) bilan ta’minlash mumkin va bunda yuritmaning to‘la to‘xtashi ham ta’minlanadi (6 nuqta).
Yuritmaning -wq tezligi bilan ishlashi ko‘tarish-transport qurilmalarida qo‘llaniladi va bu yukni kuchli ravishda tushirish deyiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, RTr hamda 1 nuqta qiymati bilan aniqlanadigan yuritmaning bir holatidan reaktiv moment ta’sirida (9- rasm b dagi 3 nuqta) w = 0 tezlikka erishish jarayoni aktiv moment bo‘lgandagiga nisbatan (10- rasm b dagi 3 nuqta) tezroq kechadi.
Bu holat yuritma I kvadrantda ishlayotganda dinamik moment va shundan kelib chiqqan holda sekinlashish momentlari yig‘indisi bilan emas, balki ular­ning ayirmasi bilan aniqlanadi, ya’ni:


Mdin = (- Mq) < 0

Energiyani tarmoqqa qaytarib generatorli tormoz­lashga nisbatan teskari ulab, tormozlash rejimida dvigatelga tarmoqdan Pel va mexanizmga -Pm quvvati beriladi. Bu holda quvvat isrofi:


DPel PUI EI I2R


Shunday qilib, teskari ulanish rejimida yuritmani zudlik bilan tormozlab to‘la to‘xtatiladi. Lekin tormozlash jarayonida tarmoqdan sezilarli darajada ener­giya iste’mol qilinadi. Bu esa dvigatel chulg‘amlarini hamda qarshiliklarni qizishga olib keladi.



Download 219.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling