Reja: umumiy holatlar


 Magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari


Download 323.33 Kb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi323.33 Kb.
#1608380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zgarmas tok motorlarida elektromagnit jarayonlarini tenglamasini tuzish

4. Magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari

Yakor reaksiyasini amalga oshirish maqsadida dviga­tel qo‘shimcha qutblarga ega, deb hisoblaymiz. Yakor zanji­rining qarshiligi R, u yerdan oqayotgan tokning qiy­matiga bog‘liq bo‘lmagan holda cho‘tkalardagi kuchlanish tushishi hisobga olinadi. U holda qo‘zg‘atish chulg‘amidan oqayotgan tok o‘zgarmas va buning nati­jasi o‘laroq magnit oqimi ham o‘zgarmas bo‘lganligi uchun dvigatel mexanik tavsifining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:




(20)

bu yerda: KCEФ; KCMФ; w0 — ideal salt yu­rish tezligi, Ф Фnom bu (20) tenglamadan dvigatelning elektromexanik tavsifi tenglamasini olish mumkin:


w = w0-(R/KE)•I. (21)


Bu (20) va (21) ifodalar = R/(KEKM)-1 va w0 o‘zgarmas qiymatlarida to‘g‘ri chiziq tenglamasiga aylanadi, ya’ni:


w = w0-KM yoki w = wK1I, (22)




2- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining kuchlanish o‘zgarmas bo‘lgandagi va yakor zanjiridagi qarshiliklar o‘zgargandagi (a), kuchlanish nol bo‘lgandagi (b) mexanik tavsiflari
bu yerda: K va K1 — mexanik va elektromexanik tavsif­lari qiyaligi burchagining tangensiga teng.
Bu parametrlarning mexanik tavsif qiyaligi koeffitsiyentlari bilan bog‘liqligini aniqlash mumkin


= bwnom/Mnom; KKMwnom b/Mnom.

(20) tenglamaga muvofiq dvigatel sun’iy mexa­nik tavsiflarining ikki turini (tarmoq kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lib, yakor zanjiri qarshiligi R ning qiymatini o‘zgartirganda, R ning qiymati o‘zgarmas bo‘lib, yakorga berilayotgan kuchlanishni o‘zgartirganda) kuzatish mumkin.


Tavsiflarning birinchi turi ko‘p nurli yulduzdan iborat bo‘lib, barcha nurlar koeffitsiyenti w0 va = 0 nuq­tada kesishadi. Har bir nurning qiyaligi yakor qarshiligi Rya va yakorga ulangan qo‘shimcha qarshilik Rq larning yig‘indisi bo‘lgan R qarshilikning qiymatiga bog‘liq.
Agar R= 0 ga teng bo‘lsa, tabiiy mexanik tavsifni, Rq№0 da esa turli qiyaliklarga ega bo‘lgan sun’iy tavsiflarni olamiz (2-rasm, a).
Xususiy holda, ya’ni = 0 bo‘lganda mexanik tavsiflar koordinata boshida kesishib, (w0 = 0, M = 0) ko‘p nurli yulduz ko‘rinishida bo‘ladi.

Download 323.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling