Reja: Umumiy ma’lumotlar 2-Cho’ktirish usulida boyitish Og’ir muhitlarda boyitish
Download 247.5 Kb.
|
11-Mavzu: Cho’ktirish mashinalari.
Reja: 1. Cho’ktirish mashinalari 2. Cho’kish tezligini aniqlash 3. Cho’ktirish mashinalarining asosiy parametrlari va ishlash tartibi Foydali qazilmalarni boyitish amaliyotida asosan uch turdagi cho’ktirish mashinalari ishlatiladi: porshenli, diafragmali va porshensiz. (26- a, b, d rasmlar). Qo’zg’aluvchi panjarali cho’ktirish mashinalari juda kam hollarda ishlatiladi (26-d rasm). Porshenli cho’ktirish mashinalarining ishlash prinsipi yuqorida ko’rib chiqildi. Porshenli cho’ktirish mashinalari (26-y rasm) ikki, uch va to’rt kameradan iborat bo’ladi. Kameraning ostki qismi piramida yoki cho’zinchoq shaklga ega. Kameradagi panjara kichik farq bilan o’rnatiladi. Har qaysi kameraning panjarasi oldingisidan taxminan 100 mm ga pastroq o’rnatiladi. Suvning tebranishlari porshen yordamida hosil qilinadi. Har qaysi kamera ostiga suv beriladi. Yirik og’ir zarralar qopqoq yordamida boshqariladigan tuzoq orqali, maydalari esa o’rindiq yoki panjara orqali bo’shatiladi. Yengil zarralar oxirgi kameradan quyuluvchi ostona orqali o’z oqimi bilan chiqariladi. Porshenli cho’ktirish mashinalarining ishlab chiqarish unumdorligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligi va panjaraning o’lchamiga qarab 0,5 dan 8 t/soat ni tashkil qiladi. Diafragmali cho’ktirish mashinasi (26- b rasm) rudalarni boyitish amaliyotida keng ishlatiladi. Uning ishlash printsipi xuddi porshenli mashinaning ishlash printsipiga o’xshaydi. Ulardagi farq shundan iboratki, yuqorig’a va pastga harakatlanuvchi suv oqimi porshen bilan emas, balki rezina diafragma yordamida hosil qilinadi. Diafragmali cho’ktirish mashinalarida diafragma vertikal va gorizontal joylashishi mumkin. Diafragma yuqorida maxsus diafragma bo’limida, panjaraning ostida yoki kameraning yon devorida joylashishi mumkin. Diafragmasi pastda joylashgan diafragmali cho’ktirish mashinasining tuzilishi 27- rasmda keltirilgan. MOD-2 cho’ktirish mashinasi korpus (7) da joylashgan ikkita kameradan tashkil topgan. Har qaysi kameraning pastki qismi manjet (6) va tsilindr shaklidagi gardish (4) orqali qo’zg’aluvchi konusli voronka (3) bilan bog’langan. Bu voronkalar sharnir orqali bir-biri bilan mahkamlangan prujinalanuvchi ressor (1) bilan bog’langan. Ishchi kameralarda panjara (5) o’matilgan. Kameralarga suv kollektor (10) orqali beriladi. Kameralarga tushayotgan mineral zarralar aralashmasi suv oqimining tebranishlari ta’sirida turli zichlikdagi zarralarni saqlovchi qatlamlarga bo’linadi Nisbatan og’ir minera ularning zarralari konusli voronkalarda yig’ilib, davriy holda bo’shatish tuynugi orqah bo’shatib olinadi. Engil zarralar quyulish ostonasi orqali chiqib ketadi. Panjaraga magnetit, ferrosilitsiy kabi og’ir minerallardan o’rindiq to’shaladi. O’rindiqning qalinligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog’liq. Mashinaga beriladigan ruda zarralarining o’lchami 15 mm dan ortmasligi kerak. Mashinaning ishlab chiqarish unumdorligi 25 t/soat, konusli voronkalarning tebranish chastotasi 350 min-1, yurishning o’lchami 40 mm dan ortmasligi kerak. 1-prujinalovchi ressor; 2-3-voonka; 4-gardish; 5-panjara; 6-manjet; 7- korpus; 8- shatun-ekssen 10-kollektor. MOD-2; MOD-3; MO-6 turdagi diafragmasi pastda joylashgan, konussimon taglikka ega cho’ktirish mashinalari rudalarni boyitishda keng ishlatiladi. MOD-2; MOD-3 mashinalari o’lchami 15 mm gacha, MO-6 esa o’lchami 0,1-2 mm li rudalarni boyitish uchun ishlatiladi. Bu mashinalarning texnik xarakteristikasi ilovada keltirilgan. Download 247.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling