Reja: Umumiy tushunchalar


Download 491.31 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi491.31 Kb.
#1222465
  1   2
Bog'liq
Qisqa tutashtirilgan rotirli asinxron mashina. Asinxron motor el


Reja:

  1. Umumiy tushunchalar

  2. Qisqa tutashtirilgan rotirli asinxron mashina.

  3. Asinxron motor elektromagnit momenti, f.i.k va quvvat isrofi


Asinxron motorlarning uch fazali tuzilishidagilari juda keng tarqalgani sababli, ularni qisqacha asinxron motorlar deyiladi, ya’ni uch fazali so‘zi qo‘shilmaydi. Rotorning tuzilishiga ko‘ra asinxron motorlar:
1) qicqa tutashtirilgan va 2) faza (kontakt xalqali) rotorli motorlarga bo‘linadi. Asinxron motorlarning statoriga joylashtiriladigan uch fazali chulg‘amning tuzilishi sinxron mashinaning chulg‘amidan farq qilmaydi. Stator chulg‘ami, ko‘pincha, qisqartirilgan qadamli, ikki qatlamli tuzilishda bo‘ladi. Bu chulg‘amning uchlari motor shchitidagi qismlarga ulanadi. Bunda birinchi faza chulg‘ami , ikkinchisi , uchinchisi esa bilan belgilanadi.CHulg‘amni yulduz yoki uchburchaklik sxemasi bilan qulaygina ulash uchun uchlari motor shchitining qismlariga 12.1-rasm, a da ko‘rsatilgandek qilib biriktiriladi. 12.1- rasm b da motor shichitidagi chulg‘am uchlarini yulduz va uchburchklik sxemalari bilan ulash ko‘rsatilgan.


Rotorning o‘zagi elektrotexnik po‘lat tunikalardan yig‘iladi, sirtqi tomoni pazlarhosil qiluvchi silindirdan iborat bo‘ladi. Uyurma toklardan hosil bo‘luvchi quvvat isrofini kamaytirish uchun rotor o‘zagini tashkil qiluvchi har bir po‘lat tunikanining ikki tomoni izolyassiyalovchi lak bilan qoplanadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli motorning rotor o‘zagi pazlariga alyuminiy yoki mis sterjenlari (tayoqchalari) joylashtirilib, ularning bosh va oxirlari alyuminiy yoki mis halqa bilan o‘zaro qisqa tutashtiriladi rotor (“Olmaxon qafas”) li asinxron motor deyiladi. Faza rotorli motorlarning rotor o‘zagi pazlariga statorniki singari uch fazali chulg‘am o‘rnatiladi. Motorning ishga tushirish tokini kamaytirish maqsadida rotor chulg‘ami zanjiriga ketma-ket qilib tashqi qarshilik kiritiladi .


Rotor chulg‘ami yulduz sxemasi ulanib, uning har bir fazasiga tashqi qarshilikni kiritish uchun aylanuvchi rotor valiga uchta o‘zaro va valdan izolyasiyalangan halqa o‘rnatiladi. Rotordagi faza chulg‘amining uchlari uchta halqaga ulanib, halqalar esa qo‘zg‘almas cho‘tkalar orqali ishga tushirish rezistoriga ulanadi.

Rotor chulg‘amining ishga tushirish rezistoriga ulanuvchi uchlari, R1, R2, R3 bilan belgilanadi. Asinxron motorning stator chulg‘amiga uch fazali tok berilsa, u holda n1 = chastota bilan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Aylanuvchan magnit maydon rotor chulg‘amini kesib o‘tib, uning yopiq zanjiriga ega chulg‘amida e. yu. k. va, demak, tok hosil qiladi. Rotor chulg‘amidagi tok bilan statordagi aylanuvchi magnit maydonning o‘zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi elektromagnit moment hosil bo‘lib, natijada motor n2 chastota bilan aylana boshlaydi. Aylantiruvchi momentni hosil qiluvchi kuchlarning yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi bilan aniqlanadi. SHunday qilib, motorning statoriga berilgan elektr energiyasi elektromagnit jarayon natijasida rotorni aylantiruvchi mexanik energiyaga aylanadi. Asinxron motorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun stator chulg‘amining elektr tarmog‘iga ulanadigan har qanday ikki uchini o‘zaro almashtirish kifoya. Bunda aylanuvchi magnit maydon va u tomon ergashib aylanuvchi rotorning aylanish yo‘nalishlari teskariga o‘zgaradi. Rotorning aylanish n2 aylanuvchi magnit maydonining sinxron chastotasi n1 ga nisbatan hamma vaqt kichik bo‘ladi. Haqiqatan, agar n2 = n1 bo‘lgan taqdirda rotor chulg‘amida tok va, demak, aylantiruvchi moment ham hosil bo‘lmaydi. Aylanuvchi magnit maydoni va rotor chastotalari ayirmasining sinxron chastotaga nisbati sirpanish deb ataladi va S harfi bilan belgilanadi. Demak, sirpanishning qiymati quyidagicha topiladi;
(12-1)
Quvvati 1÷100 kVt gacha bo‘lgan normal tuzilishdagi asinxron motorlarning nominal yuklamasiga tegishli nominal sirpanish bo‘ladi. Asinxron mashinaning motor rejimida S = 0÷1 orasida o‘zgaradi. Bunda S = 0 - motorning ideal salt ish rejimi, ya’ni M = 0; n2 = n1 da sodir bo‘lib, S = 1 esa elektr tarmog‘iga ulangan motor rotorining tinch holati, ya’ni n2 = 0 da sodir bo‘ladi. Asinxron motorining aylanish chastotasi quyidagicha aniqlanadi:
n2 = n1 (1 – S ) (12-2)
Oldin aytib o‘tganimizdek, sinxron va tok asinxron mashinalar statoriga o‘rnatilgan uch fazali chulg‘amdan uch fazali o‘tganda stator ichida aylanma magnit maydoni (oqimi) hosil bo‘ladi. Bu oqim stator va rotor chulg‘amlari bilan kesishadi va ularda EYUK hosil qiladi. Bu umumiylik asinxron va sinxron mashinalarda ko‘p fazali chulg‘amlar konstruksiyasining bir xil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok mashinalarining chulg‘amlari statorning ichki yuzasidagi pazlarga, rotorning esa tashqi yuzasidagi pazlarga joylashtiriladi. Asinxron mashinaning statori va rotoridagi ferromagnit o‘zaklar a va b da ko‘rsatilgan.
Elektr mashinalarida magnit oqimi berkiladigai po‘lat o‘zak maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat listidan yig‘ib taiyorlanadi. Stator va rotorning po‘lat o‘zaklarining tarkibida 1...3% kremniy bo‘ladi. Po‘lat listlarining qalinligi 0,3 ... 0,5 mm. Po‘lat o‘zak yig‘ilgandan so‘ng staninaga presslab o‘rnatiladi. Stator staninasi esa alyuminiy yokn cho‘yandan tayyorlanishi mumkin. Asinxron mashinalarda ham rotorning po‘lat o‘zagi maxsus po‘lat listlardan yig‘iladi va valga yoki rotor vtulkasiga presslab maxkamlanadi. Mikromashinalarda po‘lat o‘zaklar temir–nikel qotishmasi, ya’ni permalloy plastinkalardan yig‘iladi.

Download 491.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling