Reja: Urug’lik chigitga qo’yilgan talablar


Ko’chat olish tadbirlari, yaganalash va tup qalinligi


Download 54.66 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi54.66 Kb.
#1565661
1   2   3   4   5
Ko’chat olish tadbirlari, yaganalash va tup qalinligi. Chigit ekilgandan keyin uni to’liq unib chiqish tadbirlari ko’riladi. Bordiyu, yomg’ir yog’ib, qatqaloq hosil bo’lgan bo’lsa, yoki tuproqda nam yetarli bo’lmasdan qolsa, to’liq ko’chatlar olish va yetarli tup songa ega bo’lish qiyinlashadi. Chigit ekilgandan keyin, unib chiqmasdan qatqaloq paydo bo’lsa, qatqaloq yengil yoki o’rta og’irlikdagi boronalarni bir qator qilib, ekishga ko’ndalangiga yuritish bilan yumshatiladi.
Chigit qisman unib chiqqan, qolganlari yuzaga chiqish arafasida turgan maydonlardagi qatqaloq rotasiyali motigalarni ekish bo’ylab yuritish bilan yumshatiladi. Chigit to’liq unib chiqqan maydonlarda qatqaloq kultivasiya qilish va ishchi organlariga qo’shimcha UROR moslamasini (yulduzchali motigalarni) o’simlikdan 5 sm masofada, 3-5 sm chuqurlikda ishlaydigan qilib o’rnatish bilan amalga oshiriladi. Agar chigit ekilib, nam yetishmasdan unib chiqishi qiyinlashgan maydonlar bo’lsa, 12-14 sm chuqurlikda qo’sh egat olinib, chigit namlanish darajasida yengil sug’orish o’tkaziladi, ya’ni chigit suvi beriladi. Bunda jo’yak uzunligi 60-80 metrdan, sug’orish me’yori
gektariga 500-600 m3 dan, muddati 16-18 soatdan oshmasligi kerak.
Aprel va may oylarida yomg’ir, sel va do’l yog’ishi oqibatida daladagi ko’chat soni gektar xisobida 30-40 ming tupdan kam bo’lib qolgan taqdirda, vaqtni boy bermay 20 maylargacha 1-2 kun ichida tezpishar «Toshkent-6», «Omad», «S-4727», «Yulduz» navi chigitlari ekish tavsiya etiladi. G’o’za tup soni 20-30 mingdan kam bo’lib, vaqt 20 maydan keyinga to’g’ri kelsa, g’o’zani buzmay orasiga ekishni tashkil etish kerak, 1 iyundan keyin chigit qayta ekilganda hosildorlik 3-4 marta kam bo’ladi.
Yaganalashda tuproq turi, unumdorligi, yer osti suvining chuqurligi, sho’rlanish darajasi g’o’zaning shoxlanishiga qarab ko’chat qalinligi va joylashtirish tizimi quyidagicha tabaqalashtiriladi:
-bo’z tuproqlar mintaqasining yer osti suvi yuza joylashgan o’tloq tuproqlarida gektariga 90-110 ming tup;
-o’rtacha unumdor, yengil va o’rta mexanik tarkibi och tusli bo’z va taqir, sho’rlanmagan tuproqlarda gektariga 120-130 ming tup ko’chat qoldiriladi.
Unumdorligi past, qayroqli, shag’alli tuproqlarda ko’chat qalinligini 140-160 ming tupgacha qoldirish mumkin.
Yaganalash jarayonida xatosiga ivitilgan o’sha nav chigitdan ekib ketiladi. Gektarlarni to’liq bo’lishi uchun xatosiga ekishdan tashqari o’q ariq yoqalariga, daraxt va simyog’och atroflariga ham chigit ekilishi kerak. Ko’pgina paxtachilik mamlakatlarida xatosiga maxsus go’ng va tuproqdan tayyorlangan tuvakchalarga o’stirilgan g’o’za ko’chatlari bir yo’la joylashtiriladi.



Download 54.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling