Reja: V-VI asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi
Download 50.5 Kb.
|
1480327890 66278
Ilk o‘rta asrlarda Xitoy Reja: V—VI asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirish yo‘lidagi birinchy urinishlar. VIII va IX ayerlarda Tan imperiyasining krizisga uchrashi Sun imperiyasi Van An-shi reformalari Sun dinastiyasining tugashi Tan va Sun dinastiyalari davridagi Xitoy madaniyati va fani V—VI asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi. Xitoyning V—VI asrlardagi tarixi G‘arbiy Yevropaniki singari varvar-lar hujumi bilan bog‘langan edi. Xitoyda shimolda va g‘arbda yashagan ko‘chmanchi ilk mo‘ng‘ul va ilk turk qabilalari mamla-katning juda ichkarisiga kirib bordi. Shimoliy Xitoyga ayniqsa ko‘p hujum qilindi. Bu hujumlar Xitoyning xo‘jaligi- ta juda katta zarar yetkazdi. Ko‘pdan-ko‘p sug‘orish inshootlar1g vayron bo‘ldi, butun boshli qishloqlar tayaanib, yer bilan yakson qilindi, shaharlar huvillab qoldi. Varvarlarning hujumy natijasida Xitoy juda ko‘p mayda-mayda davlatlarga bo‘linib, siyosiy jihatdan tarqoq bir mamlakatga aylanib qoldi; bu davlatlarning ba’zilarining tepasida drujinalari bilan bnrga varvarlarning boshliqlari va ba’zilarining tepasida esa (janubda) mahalliy1 xitoy zodagonlari turdi. Bularning ichida eng kattasi Shimoliy Vey davlati bo‘lib, uning poytaxti Loyan shahri edi. Bu davlat 386 yildan 584 yilgacha yashadi. 420—589 yillar o‘rtasidagi davr Xitoy tarixiga «shimoliy va janubiy dinastiyalar davri» bo‘lib kirdi. V—VI asrlarda Xitoy boshidan kechirgan siyosiy tarqoqlikni shu nomdan ham bi-lib olish mumkin. Varvarlar hujumi Xitoyda quldorlikni batamom yo‘q qila olmagan bo‘lsa-da, lekin unga qattiqqina zarba berdi. Xitoyda o‘troqlashgan varvarlar orasida ham, xi-toylar orasida ham erkin dehqonlar soni ko‘paydi. Mana shu shaxsan erkin dehqonlar negizida Xitoyda davlat feodal yer egaligining o‘ziga xos formayei rivojlanib bordi. Jumladan, Shimoliy Veylar davlatida o‘rta asrlar Xitoyi uchun xarak- ' terli bo‘lgan davlat chek yer sistemasi tarkib topa boshladi; bu sistemaga ko‘ra davlat boshlig‘i eng olyy darajadagi yer egasi bo‘lar zdi; haqiqatda esa yerlar cheklarga bo‘linib, dehqonlarga ularning oila a’zolaridagi mehnatga layoqatli kishilar so-niga qarab taqsimlanar, chek yer olish uchun esa dehqon ko‘proq natura bilan (don, chorva mollari, hunarmapdchilik buyumlari va hokazolar bilan) soliq to‘lashi kerak edi. Markazlashti-rilgan davlat rentasi, shunday qilib, hukmron sipfni asrash-ning asosiy manbai bo‘lib qoldi. Shu bilan birga xuddi shu davrda Xitoyda ,xususiy pomestyelarni (chjuanyuan) ham ahyon-ahyonda uchratish mumkin edi, bu pomestyelar ayni feodal-krepostniklik xarakteriga ega edi. V—VI asr manbalarida «kuch-li xonadonlgr», ya’ni eng badavlat va zodagon oilalar tilga olinadi, ular jamoaning oddiy a’zolaridan yuqori darajaga ko‘tarilib, o‘zining kambag‘allashgan urug‘-aymoqlarini qaram dehqonlardek ekspluatatsiya qiluvchi katta yer egalariga aylanib borgaplar. Xitoyda urug‘chilik munosabatlarining qoldiq-lari uzoq vaqtgacha saqlanib keldi. Hali H va XI asrlarda ham krepostnoy dshqonlar o‘zlarini rasmiy ravishda o‘z xo‘jayin-lari — pomsshchiklarning «bolalari va ulardan kichik qarin-doshlari» dsb atar edilar. Xitoyda feodal yer egaligining ili turi budda mopastir yer egaligi bo‘lib, yerga egalik qilishning bu turi bu srda V—VI asrlardayoq ancha keng tarqalgan edi. Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirish yo‘lidagi birinchy urinishlar. Suy imisriyasi. Ilk o‘rta asr zamonida Xitoyni birlashtirishga birinchy bo‘lib Suy dinastiyasi urindi. Bu dinastiyaning asoschisn Yapszyan (yoki Vendi) harbiy drujina boshlig‘i bo‘lib, shimoliy dinastiyalardan birida xizmat qi lar edi. 589 yilda Yanszyan butun Shumoliy va Janubiy Xi-toyni o‘ziga bo‘ysundirdi. Suy dinastiyasi davrida sug‘orish sistemasi tiklandi va kengaytirildi. Jumladan, VII asr bosh-larida shu dinastiyaning ikkinchi imperatori Yan Guan (yoki Yan-di) davrida Xuanxe daryosini Yanszi daryosi bilan bog‘lay-digan umumiy uzunligi 1000 km keladigan Buyuk kanal qazildi. Kanal qurilishida Xitoyning turli qismidan yig‘ib olib ke-lingan bir millionga yaqin kishi ishladi. Ammo Suy dinastiya-«ining idora qilishi uzoqqa bormadi. Shimolning janub bilan ■birlashuvi juda zaif edi. Markaziy hukumat viloyatlarni •yetarli darajada nazorat qilib turmadi. Juda katta hokimiyat mahalliy zodagonlar qo‘lida edi- G‘arbda turkiy qabilalar hujumining kuchayishi imperiyadan juda katta kuch-g‘ayrat ta-lab qildi. Shu bilan bir qatorda bu dinastiya imperatorlari istilochilik siyosati yuritishga urindi, bu esa imperiyani yanada battarroq holdan ketkazdi. Suy hukumatning Koreyani o‘ziga -bo‘ysundirish yo‘lidagi urinishlari tamoman barbod bo‘ldi. Bu hol dinastiyaning uzil-kesil qulashiga sabab bo‘ldi. 618 yilda Shimoli-G‘arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li Yuan yoki Gaotszu (u kelib chiqishi jihatidan chala turk edi) mmperiyada hokimiyatni bosib olib, yangi dinastiyaga — Tan di-nastiyasiga asos soldi. Tan imperiyasi. Tan imperiyasi Xitoyda 300 yilga yaqin, ya’ni 618 yildan 907 yilgacha yashadi. Uning poytaxti Chan’an (ho-zirgi Sian) shahri edi. Bu juda katta shahar edi. VIII asrda Chan’an aholisi 1 milliondan ko‘p edi. Imperiyaiing ikkinchi poytaxti Loyan shahri bo‘lib, u ham juda katta savdo markazi edi. Bu dinastiyaning eig kuchli imperatori Li Yuanning vo-risi Li-Shi-min yoki Taytszun (626—649) edi. Bir necha urushlar natijasida Li-Shi-min imperiya chegaralarini ancha kengay-tirib oldi. Imperatorga qaram, vassal yerlarni qo‘shib hisob-laganda, Xitoyning territoriyasi Shimolda Amur va Xinganga-cha, janubda Hindiston va Siyomgacha, sharqda Koreyagacha (Taytszun Koreyani ham bosib olishga uringan edi), g‘arbda Urta Osiyoning sharqiy chegaralarigacha borardi. Li-Shi-min za-monidagi bu juda katta imperiya imperatorning markazdagi va joylardagi juda ko‘p aMaldorlari tomonidan idora qilina-digan murakkab bir byurokratik monarxiya tusini oldi. Li-Shi-mip davrida amaldorlar uchun maxsus uyvonlar jo-riy qilipdi. Amaldorlarning hammasi to‘qqiz darajaga bo‘-lindi, har bir darajaga ma’lum hajmda pomestyelar belgi-landi, bu pomestyelar maosh o‘rniga berilar edi. Markaziy idora oltita mahkama palatasidan yoki ministrlikdan (amal-lar ministrligi, soliq ministirligi, harbiy ministrlik, ji-noiy ishlarni ko‘radigan sud ministrligi, jamoat ishlari ministrligi, marosim ishlari ministrligidan) iborat bo‘lib, uzil-kesil rasmiylashdi. Joylarga ayrim katta-katta oblast-lar tepasida turuvchi gubernatorlar tayinlandi. Oblastlar okruglarga, okruglar — uyezdlarga, uyezdlar — bo‘lislarga, bo‘lis-lar — qishloqlarga bo‘lingan edi, Boshqaruvning eng quyi zve-nosi hamma bir-biriga kafil bo‘lgan besh xonadon birlashmasi-dan iborat edi. Tan dinastiyasi davrida davlat feodal chek yer sistemasi uzil-kesil qaror topdi. Hukumat tomonidan yerga egalik qilish huquqlari tekshi-rishdan o‘tkazildi, shu bilan birga davlatga qarashli'yerlar fondi ancha oshirildi, bu yerlarga davlat dehqonlari ekin zkar edi, ularga ko‘pdan-ko‘p soliqlar solinar va majburiyat-lar yuklanar edi. Uziga berilgan chek yer uchun dehqonlar don tarzida soliq to‘lashi va buyumlari tarzida soliq to‘lashi va bundan tashqari, yiliga 20—50 kun davlat foydasiga og‘ir barshchina ado etishi kerak edi. Yerlarning ancha ko‘p qismi se-kin-asta yirik amaldor zodagonlar qo‘liga o‘tdi: ayrim eng katta amaldorlar qo‘lidagi yer bir dehqon oilasi qo‘lidagi yer-dan ko‘p baravar ortiq bo‘lar edi. VIII ayerning 20- va 30-yil-larida Tan imperiyasi qonunlarining yagona majmuasi tuzildi, u ijtimoiy hayot va davlat hayotining xilma-xil tomonlarini o‘z ichiga.olgan oltita alohida kodeksdan iborat edi.) VIII va IX ayerlarda Tan imperiyasining krizisga uchrashi. Tan imperiyasi VII ayerning ikkinchi yarmida va VIII asrda Tayts-zunning vorislari zamonida Osiyodagi eng katta davlat bo‘lib qolaverdi. Bu vorislar ichida eng ko‘zga ko‘ringani buddizm homiysi imperatritsa U Sze-Tyan yoki Uxou (656—705) bo‘ldi. VII—VIII ayerlarda Xitoy Arab xalifaligi, Hindiston, Siyom va Vyetnam bilan qizg‘in tashqi savdo olib bordi. Bir qancha katta-katta karvon yo‘llari (bular orasida Chanandan Urta Osiyoga olib boradigan yo‘l—«Ipak yo‘li» ayniqsa katta aha-miyatga ega edi). Xitoyni Shimoliy, G‘arbiy va Janubiy Osiyodagi turli mamlakatlar bilan boglar edi. Bundan tashqari Xitoy sohillaridan Janubi-Sharqiy Osiyo va Hindistonga boradigan dengiz yo‘lnnipg ham ahamiyati katta edi. Biroq VIII ayerdayoq Tan imperiyasi chuqur krizisga uchradi. Soliqlar, o‘l-ponlardan, har xil davlat majburiyatlari o‘tashdan ezilgan dehqonlar qashshoqlashib, juda og‘ir kun kechirishga majbur edi. Ochlik natijasida tez-tez bo‘lib turgan epidemiyalardan yuz minglab dehqonlar qirilib ketdi. Dehqonlarning chek yer-lari kamayib bordi, chunki chek yerlarni «kuchli xonadonlar»— katta-katta yer egalari, davlat amaldorlari, sudxo‘rlar doim o‘z qo‘llariga kirgizib olmoqda edilar (yilnomalarda obrazli qilib aytilganidek, «yutib yubormoqda edilar»). Davlat dehqonlari sonining kamayishi natijasida davlat xazinasiga tu-shadigan daromadlar ham kamaydi. Dehqonlarning bir qismi xususiy shaxslarga$qaram bo‘lib qolayotgan edi, bu shaxslar o‘z daromadlarini mana shu dehqonlardan olar edilar. V. F. Semenov noan soliqlar chek yeri bo‘lgan dehqonlardangina olinib qol-masdan, shu bilan birga xususiy yer egalaridan va davlat yer-larini vaqtincha ijaraga olgan shaxslardan ham yig‘ib olina-digan bo‘ldi, ammo mana shu yer egalari va ijarachilar ularning yerlarida yashab, ularga krepostnoy qaramlikda bo‘lgan dehqon-lar uchun ham soliq to‘lashlari lozim edi. Vujudga kelgan bu yangi vaziyatni, ya’ni davlat dehqonlarining bir qismi feodal-ning. krepostnoyi yoki qaram kishisiga aylanganligini tan olib, hukumat «kuchli shaxslare tomonidan chek yerlarning «yutib yubo-rilishiga» qarshi kurashni ataylab susaytirdi, bu hol butun chek yer sistemasining krizisi kuchayganlygidan dalolat berar edi. Feodallashuv protsessi mahalliy yerdor zodagonlarni kuchay-tirdi va imperatorning gubernatorlari bilan harbyy boshliq-larining o‘zida ham markazga tobe bo‘lmaslikka intilish kay-fiyatini tug‘dirdi. Bosh qo‘mondon An-Lu-shan qo‘zg‘oloni Tan dinastiyasi tarixida burilish nuqtasi bo‘ldi. U 785 yilda 120 ming kishilik qo‘shinni o‘zira ergashtirib, imperatorga qarshi bosh ko‘tardi. U 786 yilda ikkala poytaxtni — Chanan va Lo-yanni ham bosib olishga muvaffaq bo‘ldi. Imperator qochdi, bu ~ qo‘zg‘olon kelgusi yildagina yollangan varvarlar, asosan, uyg‘ur-lar yordami bilan bostirildi. An Lu-shan qo‘zg‘olonidan ke-' yin Janubiy Xitoydagi gubernatorlar qo‘zg‘olonlari bo‘ldi, bu qo‘zg‘olonlarni ham imperator juda katta kuch sarf qilib zo‘rg‘a bostirdi. Xuan Chao qo‘zg‘oloni. Dehqonlarning haddan tashqari og‘ir hayoti IX asrping ikkiichi yarmida ularning g‘oyat katta qo‘zg‘oloni ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi, bu qo‘zg‘olon 875 yildan 884 yilgacha davom etdi. Qo‘zg‘olonga ilgari chakana tuzfurush bo‘lgan va keyin imperator gvardiyasida soldat bo‘lib xizmat qil-gan Xuan Chao degan kishi boshchilik qildi. 875—884 yillardagi xitoy dehqonlari qo‘zg‘olonining kishini hayratda qoldiradi-gan tomoni shuki, u xiyla uzoq vaqt davom etdi, qo‘zg‘olonga juda ko‘p kishi qatnashdi, qo‘zg‘olonchilar g‘oyat katta kuch-g‘ayrat va tadbirlik ko‘reatdilar- Bu qo‘zg‘olon umuman olganda sti-xiyali harakat bo‘lsa-da, bir qadar uyushgan harakat edi va shu uyushganligi natijasida ma’lum vaqtgacha katta-katta muvaf-faqiyatlarga erishdi. Qo‘zg‘olon Shandun va Xebey degan shimo-liy viloyatlardan boshlandi. Keyin u Markaziy Xitoydagi Xenan viloyatiga tarqaldi. Qo‘zg‘olonning birinchi yilidayoq Xuan Chao qo‘l ostida 100 mingta lqin qurollangan dehqon bor edi. 879 yilda Xuan Chao Janubiy Xitoyga yurish qildi, u yerda eng boy port bo‘lgan Qantonni oldi. Qo‘zg‘olonchilar bu yerda . juda ko‘p ajnabiy savdogarlarning hamma tovarlarini bosib oldi. Biroq o‘z soldatlari orasyda epidemiya tarqala boshla-ganligi sababli Xuan Chao shimolga, Yansi daryosi ortiga cheki-nishga majbur bo‘ldi. Epidemiya oqibatlariga qaramay, Xuan Chaoning qo‘shini tobora ko‘payib, 880 yilda uning soni 250—300 ming kishiga yetdi. 880 yilda Xuan Chao Loyan ustiga yurish qildi. Oz vaqt ichida Chan’anni bosib oldi va o‘zini imperator deb e’lon qildi. «Dehqonlar imperatori»ning sotsial programma-sini uning bosh ministri o‘z gapida ifodalab berdi, u «Da Si-ning (Xuan Chao o‘zini Da Si degan nom bilan imperator deb e’lon qildi) -oddiy xalqqa rohat va farog‘atli hayot baxsh etishdan boshqa muddaosi yo‘q» dedi. Xuan Chao Chan’anda ikki yarim yil turdi. 884 yilda Tan dinastiyasining imperatori uy-g‘urlar, tangutlar va shimoli-g‘arbda yashovchi boshqa ko‘chmanchi-lardan iborat varvar to‘dalarining 'yordami bilan poytaxtga qaytib keldi. Sahroiy varvarlar xitoy dehqonlarini shafqat-sizlik bilan qirdi. Bu qonxo‘r yirtqichlarga xalq «qora quz-g‘unlar» deb nom berdi. Xuan Chaoning o‘zi esa Chan’andan qochib ketishga majbur bo‘ldi va keyingi yili Xenan viloyatida ha-lok bo‘ldi (o‘zini-o‘zi o‘ldirdi). Tan dinastiyasining tugashi. Imperator xizmatidagi feodal-amaldor zodagonlarga suyangan Tan dinastiyasi haqiqatda dehqonlarning qudratli harakati na-tijasida ag‘darildi. Bu di-nastiyaning imperatorlari qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin yana bir oz vaqtgacha mamlakatni idora qildi. Biroq ularning ho-kimiyati e'ndi butun Xitoyga yoyilmas edi. X asrning boshlarida shimolda kidan qabilalari ittifoqining katta bir varvar davlati tuzildi, bu qabilalar Manchjuriyani, Mo‘g‘ulistonning va Shimoliy Xitoyning bir qismini bosib olgan edi. Bu Lyao deb atalgan yangi davlatning poytaxti Yanszin shahri bo‘ldi, shu shahar keyinchalik Pekin deb yuritila boshladi. 907 yilda Tan imperiyasi yo‘q bo‘ldi. Bir necha o‘n yilgacha Xi-toyda batamom tarqoqlik hukm surdi. Lekin 875—884 yillardagi dehqonlar qo‘zg‘oloni bekor ketmadi. Bu qo‘zg‘olon natijasida yerga feodal davlat mulkchiligi va uning chek yerdan foydalaishp sistsmasi, ko‘pdan-ko‘p amaldorlari, dehqonlarning oxirgi tomchi qopini so‘rib oladigan murakkab va aql bovar qilmaydigap soliq solish sistemasi, har bir qishloq va har bir dehqonning ketidan iskovchilik qilib yuruvchi pastkash politsiya nazorati bilan birga qo‘shilib bari tamoman puturdan ketdi. Qo‘zg‘olonchi dehqonlarning bir qismi chek yerlarni o‘zla-riga mustahkamlab olib, mayda yer egalari bo‘lib qoldilar. Biroq davlat mulkchiligining zaiflashib qolganligidan xususiy mulkchi bo‘lib olgan yangi feodallar ham foydalanib qoldilar, bular o‘zlarining xususiy pomestyelari hajmini ken-gaytirdilar va xitoy qishlog‘iga o‘zlarining iqtisodiy ta’sir-larini kuchaytirdilar. X asr o‘rtalarida mamlakatda anchagina iqtisodiy yuksalish yuz berdi, Xitoy bu yuksalish sharoitida 960 yilda Sun dinastiyasining hokimiyati ostida qaytadan birlashtirildi. Bu di-' iastiyaga Shimoliy Xitoydagi harbiy boshliqlardan biri bo‘lgan Chjao Kuan-in asos soldi, u kidanlar ustidan bir necha marta g‘alaba qozongan edi. Yangi dinastiyaning poytaxti dast- lab Byan (hozirgi Kayfin) shahri bo‘ldi. Keyinchalik markaz janubga, Xanchjou shahriga ko‘chirildi. Sun imperiyasi. Sun imperiyasi Tan imperiyasiga qaraganda kuchsizroq bo‘ldi. Sun dinastiyasi vaqtida Xitoyning o‘zi ham to‘la birlashtirilmadi. Tan imperiyasiga kirgan bir qancha ter-ritoriyalar Sun imperatorlarining hokimiyatini tan olmadi-lar va o‘zlariga mustaqil davlatlar tuzdilar. Turk, mo‘g‘ul qabilalari va g‘arbdagi boshqa ko‘chmanchi qabilalar ham impe-riyaga itoat qilmadilar;' imperiya chegaralariga borgan sari kuchliroq xavf solib turdilar. Sun imperatorlari uyg‘urlarga, tangutlarga, kidanlarga, Annamga qarshi urushlar qildi. Biroq bu urushlar natijasida Sunlar bu mamlakatlarni Xitoyga itoat qildirishga muvaffaq bo‘la olmadilar. Shunga qaramay, Sun dinastiyasi davrida Xitoyning xalqaro aloqalari yana mustahkamlandi. Urta Osiyo, Hindiston va Hindi-Xitoy bil angina emaye, balki Koreya, Yaponiya va Indoneziya bilan ham keng miqyosda tashqy savdo olib borildi. Sun boshqaruvi davrida Xitoyda ichki savdo ham kengaydi, mamlakatda pul muomala-larining rivojlanganligi bundan dalolat beradi. Mis pul-lardan tashqari temir pullar earb qilindi. Qog‘oz pullar ham sunlar davrida ishlatila boshladi. XI asrda Sun imperiyasidagi sinfiy munosabatlarda xud-di Tan imperiyasining so‘nggi imperatorlari davridagiga o‘x-shash chuqur antagonizm vujudga keldi. Xuan Chao qo‘zg‘olonidan keyin birmuncha ko‘payib qolgan «xo‘jayin xonadonlar» deb ataladigan mustaqil dehqonlar soni vaqtlar o‘tishi bilan yana kamayib bordi. Ularning yerlariii amaldorlar, qisman tobora mustahkamlanib borayotgan qo‘shni pomeshchik-yer egalari bosib olardi. Qarzga botgan dehqonlar sudxo‘rlarga, ulardan olgan qarzlari yuzasidan protsent tarzida juda katta pul to‘lashga majbur edilar. Xitoy qishlog‘ida mustahkam in qo‘yib olgan shahar savdogarlari, yerli pomeshchiklar, hukumat amaldorlari-ning o‘zlari sudxo‘rlik bilan shug‘ullanar edilar. Hukumat amaldorlari o‘z hukmdorliklaridan foydalanib, ayniqsa deh-qonlarni juda og‘ir sudxo‘rlik shartlari bilan ulardan qarz olishga majbur qilar edilar. Birovlarning yerlarida o‘tirib tirikchilik qilayotgan dehqonlarning ahvoli yanada og‘ir edi. Qishloqlarda och-yalang‘ochlik hukm surar edi. Ocharchilik, epi-demiyalar, butun bir qishloq, bo‘lislarda aholining qirilib ketishi tez-tez takrorlanib turadigan voqea bo‘lib qoldi. Dehqonlar harakati yana umumxitoy miqyosidagi katta dehqonlar urushiga aylanib ketish xavfini sola boshladi. Hukumat yangi-dan dehqonlar urushi chiqishining oldini olishga va izdan chiq-qan davlat moliyasini yana joyiga keltirishga harakat qildi, hukumatning bu harakati Sun dinastiyasining bir ministri Van An-shi tomonidan o‘tkazilgan anchagina radikal reforma-larda aks etdi. Van An-shi reformalari. Van An-shi (1021—1086) dast- labki vaq'tlarda viloyat amaldorlaridan biri edi. U aholininG qashshoqligini, amaldorlarning jabr-zulmini va sudxo‘rlar-ning hukmronligini ko‘rsatadigan eng mudhish faktlarni vi-loyatdalik mahalida yaxshi bilib olgan edi. Imperatorning birinchi ministri darajasiga ko‘tarilib olgach, Van An-shi 1069—1074 yillarda moliyaviy-iqtisodiy va sotsial xarakger-dagi bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Avvalo, u yerlarni qaytadan ro‘yxatga oldirdi va imperator xizmatidagy zodagon-larning yeriga soliq soldi, bu xizmatchi zodagonlar bu vaqtda yer solig‘i to‘lamay qo‘ygan edilar desa bo‘ladi. So‘ngra Van An-shi dehqonlarni davlat foydasiga barshchina o‘tashdan ozod qildi, barshchina o‘rniga pul bilan to‘lanadigan soliq joriy qildi. Yer solig‘ini ham dehqonlar qisman mahsulot va qisman pul bilan to‘laydigan bo‘ldi. Ocharchilikning oldini olish uchun Van An-shi davlatga qarashli g‘alla omborlari tashkil qildi, ocharchipkk yillarida aholiga ana shu omborlardan g‘alla berilardi. Sudxo‘rlikni tugatish maqsadida Van An-shi davlat banki tashkil qildi, bu bankdan dehqonlar kam protsent to‘lash sharti bilan qarz ola oladigan bo‘ldi. U, qisman soliq fondidan foydalanish, qisman esa davlatning savdogarlar qo‘-lidagi mahsulotni sotib olish yo‘li bilan davlat savdosini tashkil qilishga harakat qilgyanligi ham shoyon diqqatdir. Van An-shi harbiy sohada ham katta reforma o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Nl-lanma armiya o‘rniga umumiy harbiy m^ajburiyat joriy qilmoq-chi edi. Asosiy qo‘shin dehqon lashkarlaridan iborat bo‘lishi kerak edi. Har uch xonadon bitta piyoda askar, har o‘n xonadon bitta otliq askar berishi kerak edi. Van An-shi reformalari amaldorlar bilan feodallarning qattiq qarshiligiga uchradi. 1075 yilda Van An-shi vazifasidan bo‘shatildi. Uning tuzgan planlari davlat uchun «xavfli» deb topilsi, vaholanki, uning maqsadi feodal davlatni uchiga chiqqan parazit elementlardan xoli qilib, uni tartibga solish edi, xolos. Sun dinastiyasining tugashi. XII asrda ham Sun imperiyasining ahvoli yaxshilanmadi. Shimoldagi xalqlarning hujum qi-lish xavfi tug‘ilishi munosabati bilan 1126 yilda imperator poytaxtni janubga, Xanchjouga ko‘chirdi. 1127 yildan boshlab Sun dinastiyasi qo‘l ostida faqat Janubiy Xitoy qoldi, xolos. Shimoliy Xitoy manchjur-tungus qabilalaridan biri bo‘lgan chjurchjenlar tuzgan va Szin deb atalgan yangi bir katta davlat sostaviga kirdi, bu davlat ilgarigi kidanlar davlatini o‘ziga singdirib olgan edi. XIII asrning boshlarida Shimoliy Xitoyni mo‘g‘ullar bosib oldi. Imperiyaning imperator qo‘li ostida qolgan janubiy qismida esa uzluksiz g‘alayonlar bo‘lib turdi. 1127—1132 yillar mobaynida 93 ta ommaviy qo‘zg‘olon bo‘lganligi rasmiy yilnomalarda qayd qilingan. Janubiy Xitoyning faqat o‘zidan iborat bo‘lib qisqarib qolgan Sun imperiyasi (o‘shanda ham hamma viloyatlar uning sostaviga kirmas edi) 1279 yilgacha, ya’ni Chingizxonning nevarasi Xubilay bosib olguncha yashab keldi. Xubilay yangi mo‘g‘ul dinastiyasiga asos soldi, bu dinastiya xitoycha Yuan deb ataldi. Tan va Sun dinastiyalari davridagi Xitoy madaniyati va fani. VI—XI asrlardagy Xitoy madaniyati juda yuksak bir ma-daniyat edi. Xitoyning ishlab chiqaruvchi kuchlari yuksak taraq-qiy qilgan edi. Xitoyda sug‘oriladigan dehqonchilik, qisman poliz dehqonchiligi bor edi. Xitoy qishloq xo‘jaligida o‘sha vaqtda ham asosan iyuli, paxta, choy, ipak yetishtirilar edi. Ko‘p miqdorda temir, m'Ys, oltyn, kumush qazib chiqarilardi. Xitoyda hunarmandlik Tan dinastiyasi vaqtidayoq juda rivoj topgan. edi. Xitoy chet mamlakatlarga, asosan choy va xom ipak bilan birga xitoy chinnisi, xitoy shoyisi va ip gazlamalar, temir va misdan qilingan har turli buyumlar chiqarar edi. Xitoyda XI asrda 2 mingdan ortiq shahar bor edi. Bu shahar-lardan ba’zilarida, masalan, Chan’an, Loyan, Kanton va Xanchjou singari shaharlarning har birida bir million atro-fida aholi yashar edi. Xitoylarda ilm-fan yuksak rivoj topdi. Xitoylarda eng qa-dim zamonlardayoq yozuv (iyeroglif yozuv) bor edi. Yozuv qog‘o-zini birinchi bo‘lib xitoylar kashf etdi. Kitob bosishni ham birinchi bo‘lib ular chiqardi, ularning dastlabki kitob bosish usuli, albatta, juda sodda edi. Ular kitob bo‘ladigan tekstni yog‘och taxtalarga o‘yib, undan qog‘ozga bosib tushirishar edi. Xitoyda VIII asrning boshlarida «Poytaxt axboroti» nomli ras-miy hukumat gazetasi vujudga keldi, bu gazeta XX asrning boshlarigacha chiqib keldi. Xitoylar matematika, astronomiya, geografiya, tarixni o‘r-ganardi. Kompasni va poroxni xitoylar ixtiro qildi (IX—X asrlar). VIII asrda Xitoyda Xanlin fanlar Akademiyasi tash-kil qilindi, bu Akademiya davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan dunyo-dagi eng qadimgi ilmiy muassasa edi. Urta asrlar Xitoyi o‘z yilnomalari bilan dong chiqardi. Sun imperiyasining bir o‘zi-dan 500 tomdan ortiq yilnoma qolgandir. Xitoyda yuz minglab qo‘l yozmalar saqlanadigan katta-katta kutubxonalar bor edi. Bir nechta shaharlarda oliy maktablar bo‘lib, bu maktablarda davlat amaldorlari yetishtirib chiqarilardi. Amaldorlik la-vozimini egallashga yo‘l ochib beradigan ilmiy unvon olmoqchi bo‘lgan kishi davlatni idora qilish ilmidan tashqari, yana falsafani (asosan konfutsichilik falsafasini) va adabiyotni ham bilishi va shulardan imtihon berishi lozim edi. Rasman har bir kimsa imtihon berishi mumkin bo‘lsa-da, lekin haqi-qatda amaldorlik lavozimini, ko‘pincha hech narsani bilmas-ligiga qaramay, hukmron sinf vakillarigina olar edi. Xitoyda har xil xalqlar bo‘lganligi, shuningdek, Osiyodagi boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari qilib turganligi uchun Xitoyda-o‘rta asrlardayoq filologiya: lug‘at tuzish, grammatika va sintaksis formalarini taqqoslab o‘rganish va shu kabilar taraqqiy etgan edi. Adabiyot va san’at. Xitoy adabiyoti ilk o‘rta asrlar davri-dayoq klassik asarlar yaratdi. Tan dinastiyasi vaqtida shoir-lardan Li Bo (701—762), Du Fu (712—770), Bo Szyuy-i (772—846) juda ham shuhrat qozongan edi. Bulardan Li Bo juda ko‘p lirik she’rlar (30 tomga yaqin) yozgan bo‘lib, bu she’rlarida nuqul dunyoviy shodiyona, epikurcha — materialistik dunyoqarashni aks ettirdi. Li Bonn xitoy tabiatining kuychisi deb atashadi, chunki u tabiatni juda sevar edi. Du Fu esa o‘z dostonlarida xalqning afsonaviy va qahramonlik eposlari-dagi boy materialni qaytadan ishlab chiqdi. Ammo Du Fu o‘z zamonasiga juda yaqin turar edi. U o‘zining ko‘p she’rlarida ezilgan dehqonlarni jo‘shqinlik bilan himoya qilardi. U «mil-lionlarcha qashshoqlar, sho‘r peshana odamlar»ning hammasi boshpana topadigan ajoyib bir katta bino quriladigan yaxshi zamonni, go‘zal istiqbolni orzu qilar. edi. Tan dinastiyasining so‘nggi davrlarida yashagan Bo Szyuy-i jamiyatga chuqur inson-parvarlik bilan qarar edi. Uning she’rlari insonga muhabbat, kishi qadr-qimmatini hurmat qilish ruhi bilan sug‘orilgan edi. U kishining axloqiy go‘zalligini kuylar edi. Urta asrlar davrida Xitoyda arxitektura bilan tasvirii san’atni rivojlantirish sohasida ham ko‘p ishlar qilindi. Xitoy binolari — saroylar, ibodatxonalar, minoralar, shahar darvozalari, ko‘priklar, turar joylar o‘zlarining stili ji-hatidan xilma-xil, arxitektura formalari jihatidan ixcham va nafis qilib qurilar edi/Bu binolar juda ham xilma-xil materiallardan: tosh, yog‘och, marmar, temirdan ishlanar edi. Ular jimjimador naqsh, chinni, tillalar bilan bezatilar edi. Imperator saroylarining, ibodatxonalarning, shuningdek, zo-dagonlar va shahar boylarining uy tomlari ko‘pincha oltin lav-halar bilan yopilar edi. Tan dinastiyasi davrida, keyinchalik Sun dinastiyasi vaqtida Xitoyda rassomlik yuqori darajada rivojlangan edi. Xitoy rassomlari ipak mataga, qog‘ozga, yog‘ochga, toshga rayem so-lar edilar; devorlarga o‘yib naqsh solishda, portretlar chi-zishda juda katta mahoratga ega edilar. Sun dinastiyasi davrida ayniqea ikkita rassom — Chjao Szi («Yevvoyi g‘ozlar» rasmi) va G‘uXu'n-chjun («Zodagon amaldornikida tungi bazm» rasmi) juda katta dong chiqargan edi. Sun davrida noma’lum rassom tomonidan ipak mataga so-lingan «Qishloq maktabi» degan rayem ham keng shuhrat qozongan. Rasmda uncha katta bo‘lmagan qishloq maktabining oddiygi-na jihozlari haqqoniy tasvir etilgan, bu rasmda nafis yumor bilan samimiyat ko‘zga tashlanib turadi. Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yuk» T., 1998 y. 2.Gulomov Y.G. «Xorazmning sugorilish tarixi» T., 1959 y. 3 Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Tuzuvchi B. V. Lunin. T., 1984 y. 4.Jabborov I.M. «Uzbek xalki etnografiyasi». T., 1994 y. 5 Sa’dullayev A.S. «Kultura yuga Sredney Azii 7-4 vv. do n.e.» T., 1987 y. 6.Kabirov J., Sa’dullayev A. «Urta Osiyo arxeologiyasi» T., 1990 y. 7.Uzbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. 1997 y. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling