Reja: Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
Download 84.5 Kb.
|
Mustaqil ish Moliya fanidan Abduvaliyev.Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diskont (foiz stavkasi) siyosati. Foiz stavkasi
- LIBOR (London Interbank Offered Rete - LIBOR)
Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir.
Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning ko’rinishlari - valyuta interventsiyasi, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish, valyutaviy cheklashlar, valyutaning almashuv darajasini boshqarish, valyuta kursining tartibi, devalvatsiya, revolvatsiya. Diskont (foiz stavkasi) siyosati. Foiz stavkasi - ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutlok kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi. Foiz o’zining iqtisodiy ma'nosi bo’yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun to’lanadigan qo’shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me'yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo’ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog’liq, ya'ni: davr bosqichidan, inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan, Markaziy bank siyosati va boshqalardan. Foiz stavkasi darajasiga ta'sir etuvchi omillarni bir necha guruhga bo’lish mumkin. Masalan, bozordagi talab va taklifga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etuvchi omil bu - davlat tomonidan talab (davlat byudjetining taqchilligi miqdori bilan aniqlanadi) hamda savdo, ishlab chiqarish kompaniyalari va aholi o’rtasidagi talab va taklif. Ichki omillar ham muhim o’rin tutadi. Bular jumlasiga xorijiy, milliy va xalqaro bozordagi stavkalar darajasi, kapitallar harakatini cheklashlar, to’lov balansini ahvoli kabilarni ko’rsatish mumkin. Va nixoyat, bir qancha omillar borki, ular stavkalarning o’sishiga tezrok ta'sir etadi. Ammo, ular talab va taklifga, kutilayotgan inflyatsiyaning oldini olishga, xavf-xatarlar, soliqlar, valyuta kursi tushishi an'anasiga va shu kabilarga ta'sir etmaydi. Foiz stavkalarining joylashish jarayoni shu qadar murakkablashdiki, ssuda kapitallari bozoridagi holatlarni yoki foiz stavkalarini to’g’ri prognozlashni tushuntirib berish murakkabdir. Shu bilan birgalikda, foiz stavkalarining tarkibi yetarli darajada egiluvchandir. Foiz stavkalari tarkibi asosida ob'ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya'ni, juda keng tarqalgan va likvidli qisqa muddatli operatsiyalar stavkalari tijorat banklari o’z kredit faoliyatini qayta moliyalashtirishda qo’llaniladi. Stavkalar tarkibi asosida pul bozorining rasmiy hisob stavkasi (qayd qilingan) yoki Markaziy bankning operatsiyalari bo’yicha joriy stavkalari yotadi. Bu stavkalar har doim pul bozori stavkalaridan past bo’ladi, chunki Markaziy bank tomonidan qayta hisobga olingan tijorat veksellari, valyuta kursi xavf-xatarlaridan xolirok bo’ladilar. Shunday qilib, banklar Markaziy bank tomonidan odatiy holda qayta moliyalashtirilishlari mumkin. Davlat uchun rasmiy hisob stavka kursi valyuta-pul bozorini tartibga solishning asosiy yo’llaridan biridir. Shuning uchun, veksellarning barchasini qayta hisobga olishda foydalanilmaydi (aktseptlovchi banklar soni chegaralangan). Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini ikkinchi asosiy elementlariga xazina veksellari stavkalari kiradi. Ba'zan bu alohida mamlakatlar (Kanada, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya)da rasmiy foiz stavkasidan past bo’ladi. Chunki, xazina veksellariga kafolatlovchi sifatida hukumatning o’zi turganligidir. Shuningdek, hukumatning o’zi kafolat beruvchi sifatida turganligi uchun bu veksellar eng likvidli aktivlar toifasiga kiradi. Pul-valyuta bozorining uchinchi asosiy elementlariga banklararo depozitlar va unga yaqin depozit sertifikatlari stavkalari kiradi. Bu stavkalar rasmiy kurs stavkasidan kam, xazina veksellari stavkasidan esa, hamisha yuqori turadi. Hududiy valyuta bozorlarning rivojlanishi bilan foiz stavkalarining muayyan turlari ko’paymoqda. Masalan, LIBOR (London Interbank Offered Rete - LIBOR) - London banklararo mablag’larga taklif stavkasi yuzaga keldi va juda keng kuUanilmoqda. LIBOR o’zida London banklarining bir-biriga ta'minlanmagan ssudalar (1 oydan 1 yilgacha) berishning o’rtacha foiz stavkasidir. LIBOR AQSH dollarida qo’llanilishi keng tarqalgan, lekin bu LIBORni boshqa evrovalyutalarda qo’llanilmasligini anglatmaydi. Xalqaro ssuda kapitallari bozorining rivojlanishi bilan LIBOR stavkasiga o’xshash boshqa stavkalar paydo bo’ldi: PIBOR (Parij), SIBOR (Singapur), NIBOR (Nyu-York, Norvegiya), KUBOR (Kuvayt), LYuKSIBOR (Lyuksem-burg) va shu kabilar. Bularning barchasida valyutadagi foiz stavkalari «tenglashish» an'anasiga ega, chunki ular Evrobozorda hududiy markaziy yaqinlikdadirlar. 1985 yildan Frankfurt-Maynda FIBOR (Germaniya markasi uchun), Amsterdamda AIBOR (gulden uchun) stavkalari qo’llanila boshlangan. Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling