Reja veb-dizayn texnologiyasi


Download 482.37 Kb.
bet8/17
Sana19.12.2022
Hajmi482.37 Kb.
#1033177
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
KURS ISHI 2

UI Dizayn nima?
UI dizayndagi “UI” atamasi “foydalanuvchi interfeysi” (eng. User Interface)ni bildiradi. Foydalanuvchi interfeysi esa dasturning grafik ko'rinishidir. Foydalanuvchilar bosgan tugmachalar, o'qiladigan matnlar, tasvirlar, matn kiritish joylari va foydalanuvchi bilan o'zaro aloqada bo’lgan barcha narsalar UI dizayn hisoblanadi. Bunga ekran rejimi, interfeys animatsiyasi va har bir microinteraction (mikro-shofqin: foydalanuvchining va dizaynning o'zaro ta’sir etuvchi kichik daqiqalari) kiradi. Har qanday ko'rinadigan element, shovqin yoki animatsiya hamma uchun mo'ljallangan ishlar bilan UI dizaynerlari shug’ullanadi. Ular ilova qanday ko'rinishi kerakligini belgilab beradilar. Rang sxemalarini va tugma shakllarini, matnlar uchun ishlatiladigan satrlar va yozuvlarning kengligi tanlashi hullas UI dizaynerlari dasturning foydalanuvchi interfeysining barcha ko’rinishini tayyorlaydi.
UI dizaynerlar ham grafik dizayner hisoblanib, estetika bilan shug’ullanishadi. Dastur interfeysini ilovaning maqsadiga mos kelish uchun ko'rinish tayyorlashadi. Ogohlantiruvchi va mavzularga mos kelishiga ishonch hosil qilishlari kerak bo'ladi. Va har bir elementning estetik jihatdan birlashtirilganligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlashi kerak bo'ladi.
UX Dizayn nima?
UX design UI dizaynerlarining ishlab chiqqan UI elementlari bilan qanday aloqa o'rnatish, oson yoki qiyin ekanligi bilan shug’ullanadi. UX dizaynerlar dasturning foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan interfeys bilan shug’ullanadi. UI dizaynerlari foydalanuvchi interfeysi qanday ko’rinishini belgilash topshirig’i topshirilgan bo'lsa-da, UX dizaynerlari foydalanuvchi interfeysi qanday ishlashini aniqlash uchun mas’uldirlar. Shuningdek, interfeysning funktsional tuzilishini belgilaydi. Web site yoki ilovaning qanday tashkil qilinganligi va barcha qismlarning bir-biriga mutanosibligini ta’minlash UX dizaynerlarning zimmasida bo'ladi. Qisqa qilib aytganda, interfeysning qanday ishlashini tasavvur qilishadi. Agar u yaxshi ishlasa va muammosiz bo'lsa, foydalanuvchi yaxshi ko'nikmaga ega bo’ladi. Biroq, boshqarish murakkab yoki g’ayrioddiy bo'lsa, u holda, UX dizaynerlarining ishi ancha og'irlashadi.
UI/UX Shunday qilib UI dizayneri foydalanuvchi interfeysi qanday ko'rinishini belgilagan paytda, UX dizayneri qanday ishlashini belgilaydi. Bu juda ham muhim hamkorlikdir va ikkita dizayn jamoasini birgalikda ish olib borishidir. UX jamoasi ilovaning barcha tugmalari foydalanuvchi vazifalari bo'ylab qanday harakat qilishini va foydalanuvchining extiyojini samarali ravishda qanday qilib ta’minlashini ildizini ishlab chiqqandan so'ng, UI jamoasi ushbu interfeyslarning barcha elementlari ekranda qanday ko’rinishga ega bo'lishini ishlab chiqadi.
Misol uchun dizayn tayyorlash jarayonida ilovaga qo'shimcha tugmachalarni kiritish kerak, bu tugmalarning qanday tashkil etilishi kerakligini va shaklini, hajmini o'zgartirishi mumkin. Ya’ni, UI komandalari o'zlarining dizaynlarini yangi trendga moslashtirsa, UX jamoasi tugmachalarni joylashtirishning eng yaxshi usulini aniqlaydi.
UI va UX dizaynerlari o'rtasidagi doimiy muloqot va hamkorlik, oxirgi foydalanuvchi interfeysini imkon qadar yaxshi ko’rinishini ta’minlashga yordam beradi.

Download 482.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling