Reja: Viza tushunchasi
Download 134.2 Kb.
|
Visa brendi va uning boshqaruv faoliyati
Karta qanday ochiladi?
Deyarli barcha banklarda kartani rasmiylashtirish, karta chiqarilishi uchun to’lovni amalga oshirish va sug’urta depozitiga mablag' qo’yish uchun faqat pasport va pul talab qilinadi. “O'zmilliybank"da STIR (INN) talab qilinishi mumkin. Aksariyat hollarda bank ofisiga ikki marta tashrif buyurish kerak: birinchisida — ariza yozib, hujjatlar taqdim etiladi, ikkinchisi — tayyor kartani olish uchun. Oddiy kartalar bo’yicha komissiya o’rtacha 10−50 ming so’mni tashkil etadi. Odatda ular 2−3 ish kuni ichida tayyor bo’ladi. Bank xodimi qo’ng’iroq qilib uning tayyorligi to’g’risida xabar beradi. Karta 2−3 yilga amal qiladi. Ushbu davrdan so’ng, bank kartani, shu jumladan, bepul qayta chiqaradi. Hamkorbank’da arizani saytda qoldirish mumkin (saytning o’zida komissiyani to’lash mumkin), so’ngra tayyor kartani olish uchun ofisga borish kerak. Boshqa banklar — “Agrobank”, “Kapitalbank”, “Ipak Yo’li” banki (hozircha faqat pensionerlar uchun) tayyor kartani to’g’ridan-to'g'ri uyga yoki ofisga bepul yetkazib berishadi. Hozircha xizmat faqat Toshkent shahrida amal qiladi. Bundan tashqari, mijozlarning qulayligi uchun ko’plab banklar tushlik tanaffusisiz ish rejimiga o’tdilar. Ular orasida Kapitalbank, OFB (faqat bosh ofis), Trastbank (faqat bosh ofis), Hamkorbank, “O'zmilliybank”, Universalbank. Ipak Yo’li Bank “Markaz” ofisida ish kunidan keyin ham kartani olish mumkin. Bankni qanday tanlash kerak? Avvalo tariflarga e’tibor berish kerak — chiqarish qiymati, naqd pul olish va tovarlar uchun komissiya, minimal qoldiq miqdori va boshqalar (O'zbekiston banklari tomonidan chiqarilgan barcha turdagi kartalar uchun tariflar quyidagi jadvalda keltirilgan). Xaritada ko’plab banklarning saytlarida nafaqat bank filiallari, balki bankomatlar joylashgan manzillar ham ko’rsatilgan. Ularga e’tibor berish kerak. Faqatgina karta chiqarilgan bank bankomatlarida pulni bepul yechish mumkin. Agar “boshqa” bankda naqd pul olinsa, ikkala bank ham komissiya yechib oladilar. Turli xil banklarda xalqaro kartalarga xizmat ko’rsatish turlicha — kartani qayta chiqarish, blokirovka qilish, karta buzilgan yoki yo’qolganda uni tiklash, hisobni to’ldirish, hisobni muddatidan oldin yopish, SMS-ma'lumotlarga ulanish, qat’iy hisobot shakllarini shakllantirish va boshqalar.
Download 134.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling