Reja: Xalq pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Xalq pedagogik tushunchalarining yaratilishi va xilma-xilligi


Download 23.57 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1335608
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalq pedagogikasi va xalq og

Xalq pedagogik tushunchalarining yaratilishi va xilma-xilligi
Etnopedagogika geneseologik, tarixiy, mantiqiy tuzilishi nuqtai-nazaridan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilarda ko’zga tashlanadi:
Etnopedagogika manbalari jamoaviy ijod mahsuli bo’lib, ularning vujudga kelgan vaqti ham, muallifi ham noma‘lum.
Og’zakichilik-etnopedagogika manbalarining yaratilish tarzidir; U hali yozuv vujudga kelmasidanoq ajdodlarimiz turmushi, dunyoqarashi, pedagogik qarashlarining ifodasi sifatida vujudga kelgan.
Vorisiylik-etnopedagogika manbalari bulmish folklor asarlariga xos xususiyat bo’lib, ular zamirida pedagogik fikrlar xalqning xotira manbaidan og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib kelgan.
Ko’pvariantlilik-ma‘lum bir etnopedagogik asarning yonma-yon yashay oladigan, bir-birini mantiqan inkor qilmaydigan, ammo o’zaro farqlanuvchi nusxalarida o’z ifodasini topadigan xususiyatdir. Masalan, “Alpomish” dostonining xalq orasida 30 dan ortiq variantlari yashab kelmoqda:
An‘anaviylik-etnopedagogika manbalarining avloddan-avlodga o’tish jarayonida o’zining dastlabki shakli va qahramonlarini saqlab qolganligida ko’zga tashlanadi.
MDH mamlakatlarida xalq pedagogikasi muammolari Rusiyalik G.S. Vinogradov, gruziyalik A.F. Xintibidze, chuvashistonlik G.N. Volkov, tataristonlik Ya.I. Xanbikov, ozarbayjonlik A.SH. Hoshimov, tojikistonlik Sh.A. Mirzaev, turkmanistonlik K.Pirliev va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. O’zbekistonda xalq pedagogikasining ba‘zi muammolari Z.Mirtursunov, B.Qodirov, I.Ashirboev, G.Ubaydullaev, M.SHerboev va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.
“Etnopedagogika” atamasini ilk bor chuvashistonlik G.N.Volkov pedagogik adabiyotlarga kiritdi va uni alohida fan sifatida ta‘riflab berdi. (Volkov G.N. va boshqalar. Etnopedagogika. Toshkent, “FAN”, 2000 s.6.).
Xalq pedagogikasi manbalari va ulardagi pedagogik fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligi ham kishi diqqatini o’ziga tortadi. Avvalo, xalq pedagogik madaniyatining tarkibiy qismi sifatida etnopedagogika manbalarida pedagogika nazariyasi muammolari emas, balki pedagogik amaliyotiga doir fikrlar ko’proq o’z aksini topgan. Shuningdek, etnopedagogika manbalarida shaxs shakllanishiga ta‘sir etuvchi omillar, xalq muhim deb hisoblagan tarbiya yo’nalishlari haqidagi tasavvurlar, yoshlar tarbiyasida foydalanish mumkin bo’lgan ilg’or tarbiya an‘analaridan foydalanish yo’llari ko’rsatib beriladi.
Xalq pedagogiksida faqatgina tarbiya jarayoni emas, balki ta‘lim jarayoniga dahldor fikrlar ham olg’a surilgan. Shunday bo’lishi tabiiy ham. Chunki, yosh avlodga hamisha xalqning o’zi tarbiya bilan birga ta‘lim ham berib kelgan, ularga kasb-kor, amaliy san‘at malakalari, sport ўyinlarini o’rgatib kelgan. Demak, etnopedagogikada ta‘lim va tarbiya yaxlit pedagogik jarayonning komponentlari sifatida qaraladi.



Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling