Reja Xasislik algoritmlari haqida tushuncha


Download 309.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.10.2023
Hajmi309.73 Kb.
#1695203
  1   2   3
Bog'liq
Reja Xasislik algoritmlari haqida tushuncha



Mavzu: Xasislik algoritmlari 
Ishdan maqsad: Xasislik algoritmlari va ularning ishlash prinsiplari bilan 
na’munaviy masalalar orqali tanishish. 
Reja 
1. Xasislik algoritmlari haqida tushuncha 
2. Dars jadvali tuzish masalasi 
3. Sumka masalasi 
Kalit so’zlarNP-to’liq masala, tez algoritmli masala, xasislik strategiyasi, 
xasislik algoritmlari,yetarli aniqlikdagi yechim, optimal yechim. 
Shunday masalalar borki, ular tez algoritmli yechimga ega bo’lmagan 
masalalardir (NP-to’liq masalalar). Shunday masalalar haqida va ularni yechish 
uchun tez algoritmlar (har doim ham o’rinli emas) bilan tanishamiz. 
NP-to’liq masalalarda bunday algoritmlar optimal yechimga yaqin bo’lgan 
natijani olish uchun ishlatilishi mumkin.
Biz xasislik strategiyasi ya’ni, masalalar yechishni juda oddiy strategiyasi 
haqida bilib olamiz. 
Dars jadvali tuzish masalasi 
Aytaylik, sizga imkon qadar ko'proq darslar o'tkazish kerak bo'lgan sinf xonasi 
mavjud. Siz quyidagi dars jadvaliga egasiz. 
Bundan barcha darslarni bitta xonada olib borib bo’lmasligini ko’ramiz. chunki 
ularning vaqti bir-biriga mos kelmaydi. 


Sinfda iloji boricha ko'proq darslarni o'tkazish talab qilinadi. Natijalar to'plami 
imkon qadar katta bo'lishi uchun darslarni qanday tanlash kerak? 
Bu murakkab masaladek tuyuladi, to’g’rimi? Aslida, algoritm juda oson, bu 
sizni hayron qoldirishi mumkin. Bu quyidagicha ishlaydi: 
- Sinfda eng birinchi tugaydigan darsni tanlang. Bu siz ushbu sinfda 
o'tkazadigan birinchi dars. 
- Endi siz birinchi darsdan keyin boshlanadigan darsni tanlashingiz kerak. 
Keyin, yana eng tez tugaydigan darsni tanlang. U sizning ikkinchi darsingiz 
bo'ladi. 
Xuddi shu printsipga amal qilishni davom eting - va siz to’g’ri javobni olasiz! 
Keling urinib ko’ramiz. Barcha darslardan oldin rasm chizish tugaydi (soat 
10:00), shuning uchun biz uni tanlaymiz. 
Endi sizga ertalab soat 10 dan keyin boshlanadigan va tezroq tugaydigan 
keyingi dars kerak. 


Inglish tili darsining o’tilish vaqti Art darsi bilan to’g’ri kelmagani uchun u 
o’tilmaydi. Ammo matematika darsi o’tiladi.
Oxirida CS ning o’tish vaqti matematika bilan mos kelmaydi, lekin musiqa 
darsi mos kelgani uchun u o’tiladi. 
Shunday qilib, bu siz ushbu sinfda o'tkazadigan uchta dars. 
Ko'pchilik, menga bu algoritm juda osonligini, demak, bu noto’g’ri bo’lsa 
kerak deb aytishadi. Ammo bu xasislik algoritmlarning go'zalligi: ular juda oson! 
Xasislik algoritmi oddiy: har bir qadamda u eng yaxshi variantni tanlaydi. 
Bizning misolimizda, dars tanlashda, boshqalardan oldin bajarilgan dars 
tanlanadi. 

Download 309.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling