Reja: Xizmat deganda nima tushuniladi


Download 33.44 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi33.44 Kb.
#1145368
Bog'liq
MUSTAQIL ISH


MUSTAQIL ISH.


Mavzu : Xizmat sifatiga erishishning boshqa yondoshuvlari .
Reja:

  1. Xizmat deganda nima tushuniladi

  2. Xizmat sifatiga erishishning boshqa yondoshuvlari .

  3. Xizmatlar va servis xizmat ko‘rsatishda ehtiyojlar tasnifi va tavsifi

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar




  1. Xizmat deganda avvalo mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‘lib, insonlarning aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat-bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlarni ko‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo‘lgan servis korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo‘lib xizmat hisoblanadi.

Xizmat iste’molchisi-bu shaxsiy ehtiyoj uchun xizmatni oluvchi, buyurtma beruvchi yoki uni olish va buyurtma berish niyatida bo‘lgan fuqorodir. Xizmatni bajaruvchi-iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot yoki tadbirkor. Xizmatning natijasi bo‘lib, tovarning iste’mol xususiyatlarini qayta tiklash (o‘zgartirish, saqlash), buyurtmaga binoan yangi mahsulot yaratish, iste’mol sharoitlarini yaratish, sog‘liqni, shaxsning ma’naviy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash va boshqa bir qator muhim vazifalar hisoblanadi.
Servis” tushunchasi (ingliz tilida service – xizmat, xizmat qilish), ingliz tilidagi ma’noni, ya’ni “xizmat ko’rsatish, turli xizmatlarni taqdim etish”ni anglatadi. Shu bilan birgalikda “servis” so’zini ma’nosi bizni oxirgi o’n yilliklardagi iqtisodiy amaliyotimizda aniq mohiyatga ega bo’ldi. 70-80 yillarda bizni mamlakatimizda servis zamonaviy talablarga javob beruvchi, mashhur firmalarni texnik yangiliklari va qimmatbaho tovarlari hayotini uzaytirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalarda ishlovchi malakali ishchilar tomonidan bajarilgan xizmatlar kompleksi bilan bog’lanar edi.

“Servis” tushunchasi bilan bir qatorda “xizmat” tushunchasi ham keng foydalanildiki, u boshqa kishiga foyda ne’mat yordam keltiruvchi harakatni anglatadi. Shunday qilib, servis faoliyati mohiyatini tushunish foyda, xizmat tushunchalari bilan bog’langan ekan. Umuman olganda, “xizmat” va “servis” tushunchalari bir xil ma’noga ega bo’lmoqda. Shu bilan birga ular zamonaviy xizmat ko’rsatish turini aks ettiruvchi “servis xizmati” so’z birikmasini ham hosil qilishi mumkin.


Xizmat sohasini rivojlantirish servis va xizmat ko‘rsatishni bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish, mahalliy byudjetlarni to‘ldirish manbai sifatidagi imkoniyatlaridan keng foydalanilishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. 2016 yil 26 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat sohasini 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 55-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, unda xizmat sohasi korxonalari faoliyatini mutanosib rivojlantirish va diversifikatsiyalash maqsadida, taqdim etilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida 2020 yilda 2015 yilga nisbatan jami xizmatlar hajmini 1,8 marotaba, jumladan yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmini 1,8 marotaba va savdo xizmatlari hajmini 1,6 marotaba oshirish nazarda tutilgan. 2020 yilda Respublika regionlarida qo‘shimcha ravishda 193 ta yangi parhez oshxonalarni yaratish, 200 ta umumiy ovqatlanish tashkilotlarida taomlarni buyurtma asosida etkazib berish xizmatlari tashkil etiladi.
“Servis faoliyati asoslari” fani o’z oldiga “Servis” va “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishida ta’lim oluvchilarni fan asoslari bilan tanishtirishni maqsad qilib qo’yadi. Ushbu ma’ruzalar kursida servis faoliyati mohiyatini nazariy tushunilishi yoritiladi, uni tarixiy va zamonaviy amaliyoti kuzatiladi. Servis faoliyati mohiyatini tushunishda, “servis”, “xizmat” nazariy tushunchalarini ahamiyati katta. Ushbu ma’ruzada “Servis faoliyati asoslari” faniga tegishli bo‘lgan barcha mavzular bo‘yicha bakalavriat talabalariga takomillashgan Davlat ta’lim standartlari asosida yetkazilishi shart bo‘lgan minimum bilimlar va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan.
Fanning maqsadi - talabalarda servis faoliyati mohiyati, hozirgi zamon servis faoliyati xususiyatlari, servis foliyatidagi informatsion texnologiyalar, servis sohasdiagi tadbirkorlik va servis korxonasini boshqaruvi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari – talabalarni servis faoliyatini nazariy asoslari, servis xizmatlari tasnifi va asosiy turlarini tavsifi, servis xizmatlarini sifati, informatsion servis xususiyatlari, servis korxonasini boshqaruvi asoslari bilan tanishtirish hamda ularni iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish etikasi va qoidalariga o‘rgatishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf eti shva soha istiqbolini belgilashga qaratilgan. Qarorda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
- xizmatlar ko’rsatish sohasida tadbirkorlarning faolligini kuchaytirish uchun shart-sharoit yaratish va shu asosda 2010 yilgacha xizmatlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 %ga yetkazish;
- 2006-2010 yillarda xizmatlar ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi sonini 1,6 marta ko’paytirish;
- qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, kommunal-maishiy, uy-joylarni ta’mirlash va qurish, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash va mashina traktor parklari sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish;
- an’anaviy xizmat turlari bilan bir qatorda yangi istiqbolli – yuridik, konsalting, bank, moliya, sug’urta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal rivojlantirish;
- mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasi va sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko’paytirish;
- xizmatlar ko’rsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash.
Servis tashkilotlari iste’molchilar uchun qattiq raqobat jangini olib borishmoqda va bunda iste’molchilar talabiga mos keluvchi xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar yutib chiqishadi. Xizmat ko’rsatish tashkilotlari xizmat ko’rsatish shakl va usullarini, xizmat ko’rsatish texnikasini taraqqiy ettirib iste’molchilarni o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga intilishadi.
Tovar va xizmatlar iste’molini globallashuvi servis tashkilotlaridan xizmatlarni xalqaro sifat standartlari talabiga moslashtirishni talab qiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun servis tashkilotlariga servis faoliyatini tashkil eta olishga qobiliyatli va iste’molchilarga zamonaviy, qulay va xavfsiz xizmat ko’rsatishni ta’minlay oluvchi bilimli va ruhiy tayyorlangan personal kerak bo’ladi.
Servis sifatini oshirishda xizmat ko’rsatish sharoiti va xizmat ko’rsatish zonasidagi muhit (servis tashkiloti joylashgan bino interyeri, mebellashganligi, jihozlari, xona mikroklimati, xizmat ko’rsatuvchi personalni tashqi ko’rinishi va uni malakaviy mahorati) muhim rol o’ynaydi.
Servis tashkilotini ish sifati xizmat ko’rsatishni saviyali loyihalashtirish va tashkillashtirishga ham bog’liq. Zamonaviy xizmat ko’rsatish jarayoni odamlarni yakka xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahlil etishga, xizmat ko’rsatish jarayonini, material obyektlarni va xizmatlarni diagnostika va modellashtirishga asoslanadi. Servis tashkilotlarini raqobatbardoshligi buyurtmachilar ehtiyojlarini, jinsga, yoshga, iste’molchilarni yakka xususiyatlariga bog’liq holda xizmatlarga bo’lgan talab xususiyatlarini xizmat ko’rsatish jarayonini ruhiy omillarini, modda ruhiyati, reklamani ta’sir etish ruhiyati masalalarini tahlil etishga asoslanadi.
Servis faoliyatini nazariy tushunilishi servisni ko’p qirrali tabiatini aks ettiruvchi chuqur mazmunga ega bo’lmoqda. Hozirda servis faoliyati amaliyoti ikkita muhim tomonlar jalb qilingan keng xo’jalik faolligi maydoni sifatida qaralmoqda. Unda xizmatlar ishlab chiqaruvchi va undan bozor almashinuvi asosda foydalanishni taklif etuvchi ixtisoslashgan strukturalar mavjud. Servis faoliyati xizmat ishlab chiqaruvchilari uchun xo’jalik yuritish sohasidagi kasbiy mehnat, biznes, boshqaruv turi sifatida namoyon bo’ladi.
2.Xizmat ishlab chiqaruvchilari o’z mehnati jarayonida albatta, iste’molchilar bilan to’qnashadilarki, ular servis faoliyatiga, ularni manfaatlari, ruhiy holati, maqsadli mo’ljallanishlari keltirib chiqaradigan noiqtisodiy tavsiflar bag’ishlashadi. Servis faoliyati maydonida xizmat iste’molchilari bozor almashinuvi orqali o’z ehtiyojlarini hisobga olgan holda, aniq ne’matlar olishni hohlovchi boshqa tomonni tashkil qiladi. Iste’molchi servis faoliyatiga o’z talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish imkoniyatlari nazarda tutilgan keng diapozondagi o’ziga xos talablar qo’yishadi.
Servis faoliyatini bunday tushunilishi unga ko’p qirrali iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy fenomen sifatida yondashishga imkon beradi. U bir vaqtni o’zida jamiyat va yakka ehtiyojlarni qondirishning xo’jalik mexanizmi, jamiyat qayta ishlab chiqarilishini, tovarlarni taqsimlash va iste’mol qilishni muhim bo’g’ini, shuningdek, odamlar farovonligini oshirishning ijtimoiy mexanizmi sifatida namoyon bo’lmoqda. Hozirda servis faolligini ijtimoiy-madaniy innovasiya manbai, jamiyat rivojlanishini informasion xizmat ko’rsatish, bilish xizmatlarini kengaytirish orqali dinamizasiyalash usuli sifatidagi ahamiyati qayta fikrlanmoqda. Servis faoliyatini tushunishga bo’lgan bunday jihat va yondashuvlar uni displinalararo ilmiy tahlilni murakkab obyekti sifatida qarashga imkon beradi.
Bizni xo’jalik amaliyotimizdagi xizmatlar soxasi mustaqil tadbirkorlik soxasi sifatida G’arb davlatlariga nisbatan kechroq differensiasiya qilina boshladi. Iqtisodiyotda uni mustaqil mavqye sifatida shakllanishi bozor munosabatlarini taraqqiy etmaganligi, axolini yuqori bo’lmagan xayot darajasi, shuningdek odamlarni kundalik amaliyotga talabchanligini pastligi, oilaviy o’ziga ximat ko’rsatishni keng amaliyotiga olib kelgan kun kechirishni kamtarona maqsadlari sababli ortda qolmoqda edi.
Servisni rivojlanishida dvoryan (zodagonlar) toifasini ta’siri kuchli edi. 1861 yilgacha, krepostnoy (xuquqsiz dexqon) xuquqlarini bekor qilingunicha, dvoryanlar krepostnoy xizmatchilar mexnatidan keng foydalanishar edi. Shuning bilan birga, Petr davridan boshlab, boshqaruvchilar dvoryanlarni jamiyatda va oilaviy munosabatlarda g’arbiy Yevopa standartlarini saqlashga majbur etishar edi. Bu dvoryan muxitida barcha chet el narsalariga yangi rasmni (moda) tarqalishiga olib keldi. Zodagonlar uchun toshli aloxida uylar, bog’lar maxsus loyixalar bo’yicha qurila boshlandi. O’ziga to’q odamlarni uylari Yevopacha jixozlana boshlandi (stul, kreslo, katta ko’zgular, portretlar).
Zodagonlarga xizmat ko’rsatishda shaxsiy xizmatlar bo’yicha chet el mutaxassilari paydo bo’la boshladi (universitet ma’lumotida ega bo’lgan doktorlar, sartaroshlar va boshqalar). Eng qimat kiyimlar, poyafzal, parfyumeriya namunalari chet eldan olib kelinar edi. Bularni hammasi oliy sinf vakillari extiyojlarini qondirish jarayening rivojlanishi bir xil emasligidan dalolat beradi. Bir tomondan ular bu yo’nalishdagi an’analarni va maishiy udumlarni inkor etishsa, ikkinchi tomondan ularni hayot tarzi ijtimoiy o’zini tutish, sog’liqni saqlash, dam olish boshqalarni zamonaviy va samarali namunalarini taklif etar edi.
O’rta va past daromadli odamlarni hayotiy extiyojlarini qandirish an’anlar asosidagi o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish xarakteriga ega edi. Agar odam kasal bo’lsa tabibga murojaat qilgan. Gigiyena doimiy ravishda hammomga qatnash orqali saqlangan. Ko’pgina shaharlarda jamiyat hammomlari mavjud bo’lgan. O’ziga to’q oilalar esa shaxsiy hamomlardan foydalanishgan. Ko’pgina dehqonlar, kambag’al shaharliklar o’zlari uchun kiyimni o’zlari tikishgan yoki tanishlar yordamidan foydalanishgan, turar joylar qurishgan, xo’jalik buyumlarini tayyorlashgan, murakkab bo’lmagan bezaklarni yasashgan. XIX asrlarda bu xo’jalik mashg’ulotlari asosida mamalkatni ba’zi tumanlarida xalq xunarmandchiligi va kosibligi rivojlana boshlagan.
Xalq hunarmandchiligi va kosibligi deyilganda, revolyusiyaga qadar xalqlarni xo’jalik - yordamchi faoliyat yo’nalishi tushunilgan bo’lib, ular dehqonlarni, turli hudud aholisini hunarmandchilik va maishiy o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lgan. Aholini kambag’al qatlamlari uchun kasb, hunarlar qo’shimcha pul topish manbai hisoblangan. Xalq hunarmandchiligini dehqonchilik, kosiblik, badiy turlari ma’lum.
Xalq hunarmandchiligi va kosibchiligini revolyusiyaga qadar turlari: yog’och uymakorligi, qo’lda bezakli to’qish, kashtachilik, tikish, gazlamaga rasm solish, idishlarga rasm chizish, bolalar o’yinchoqlarini yasash hisoblangan. Ko’pgina kasb, hunar mashg’ulotlari (asosan hunarmandchilik va qo’lda ishlangan turlari) keyinchalik boshqa ijtimoiy-professional guruhlar tomonidan ilib olindi, bular ularning asosiy hayot kechirish manbaiga aylandi, yuqori didlarni qondirishga yo’naltirilib rivojlandi.
Shaharlarda imtiyozli buyurtmachilar tomonidan yuqori talab bilan foydalanilgan kasb, hunarlar rivojlandi:suyakka xolmogorcha o’ymakorlik va boshqalar. Pomeshiklar (katta yer egalari) ustaxonalarida kashtachilikni antiqa turlari yaratilar edi. Erkaklar monastrlarida temirchilik, duradgorlik, shu bilan birga ikona chizish va zargarlik kabi kasb hunarlar amaliyotda edi. Ayollar monastrlarida badiiy kashtachilik, to’qish, tikish bilan shug’ullanishgan. Jamiyatimizdagi eng dastlabki maxsus xizmat ko’rsatish mashg’ulotlari hunarmandchilik mashg’ulotlari va savdo hisoblandi. XVII-XIX asrlarda har bir katta va o’rta shaharlarda bozor maydonlari mavjud bo’lib, ularda savdo rastalari joylashgan. Bu yerda ulgurji va chakana savdo olib borilar edi. Yilni issiq vaqtlarida savdogarlar katta maydon va ko’chalarga chiqishgan.
Savdo uzoq davr mobaynida, hatto katta shaharlarda ham arxaik usulda olib borilgan. Hayotni obyektiv sharoitlari sababli yarmarkali (vaqti-vaqti bilan bo’ladigan bozor) va karavan savdoni mavjud bo’lishi orqada qolmoqda edi. Ayni vaqtda G’arbiy Yevopada savdo sexlar va savdo gildiyalari ta’sirida rivojlanayotgan edi, ko’rgazmali faoliyat rivojlanayotgan edi. Savdoni rivojlanishi chekka joylarda va qishloqlarda ancha ortda qolmoqda edi. Masalan, hatto XX asrgacha qishloq va chekka joylarga yakka tadbirkor savdo agentlari yoki savdo hunarmandchilik artel vakillari – ofen, korobeyniklar xizmat ko’rstgan.
XX asrni boshlarida chakana savdo maskanlari soni tezlik bilan oshdi, birinchi jahon urushi arafasida esa milliondan oshib ketdi. Mayda sotuvchi va sotib oluvchilar sonini hyech kim hisobga olmas edi. Ammo katta to’qimachilik fabrikalari, sanoat-savdo firmalari, katta magazinlar hammani diqqat e’tiborida edi. Sanoatchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar, kundalik ehtiyoj mollarini tayyorlovchilarni sotish birlashmalari shakllana boshlandi.
XIX asrni ikkinchi yarimidagi industrial ishlab chiqarishni xizmatlarni tashkil etishdagi axamiyati sezilarli bo’ldi. Ommoviy xizmatlar turlariga bevosita aloqador bo’lgan industriya yo’nalishlari o’rtasida xarakatlanish vositalari (temir yo’l kurilishi va parovozsozlik, teploxod va samalyotsozlik) rivojlanishini ko’rsatish mumkin.
Tabiiyki, yakka-tadbirkorlar rels, parovoz vagonlari, kemalar, ayniqsa samolyotlar ishlab chiqaradigan katta korxonalar ishini tashkil eta olmas edilar. Shuning uchun XIX asr oxirida turli kapitalistik assosiasiya shakllari tarqala boshladi, ular o’rtasida aksionerlik jamiyatlari va paychilik o’rtoqliklari eng xayotchan bo’lishdi.XX asr boshlarida ular sanoatni turli soxalarida ko’pchilikni tashkil etar edi.
XIX-XX asr bo’sag’asida rus texnikaviy ilg’or fikri noodatiy inovasion qudratni namoyish etdi. Bu haqda, 1912 -1915 yillarda Sankt – Peterburgdagi Russ - Baltiya zavodini, Igor Sikorskiy konstruksiyasidagi «Rus Vityazi» va «Ilya Muromes» rusumli katta qo’p motorli samolyotlarini ishlab chiqarishga kirishganligi dalolat beradi.Buyuk Britaniya 1913 yilda o’z dengiz floti uchun aeroplanlar sotib olishni ma’lum qilgan, ammo bu rejalarga urush halaqit berdi.
Xizmatlar sohasiga bevosita aloqador bo’lgan boshqa industrial ishlab chiqarish soxalari o’rtasida to’qimachilik va oziq-ovqat sanoatini ko’rsatish mumkin. Konditer sanoatida (ushbu korxonalar asosan Rossiyani katta markazlarida joylashar edi) ko’pgina dessertli shirinliklar avval maxoratli konditerlar tomonidan tayyorlanilar va boy odamlar dasturxonini bezar edi. Keyinchalik bu shirinliklar ommaviy–fabrika ishlab chiqarish predmetiga aylandi va ularni o’rta ta’minlangan xaridor ham sotib olishi mumkin bo’ldi.
Sankt – Peterburgda bu yo’nalishda «Jorj Borman» o’rtoqligi, «Blikgen va Robinson» savdo uyi, V. Konradi fabrikasi, «Georg Landrin» firmasi faoliyat yuritar edi. Moskvaliklar uchun shirinliklar «A. Abrikosov va o’g’illari o’rtoqligi», «Siu i K» savdo uyi, Eynem o’rtoqligi va konditer firmalari tomonidan tayyorlanar edi. Xizmatlarni rivojlanishida bank kredit operasiyalarini axamiyati ham katta edi. Industrial ishlab chiqarishni ham, savdoni ham, xizmat ko’rsatishni ham kreditsiz, qimmatli qog’oz va pul aylanmasisiz amalga oshirish mumkin emas.
XIX asr oxirida veksellarni hisobga olish va tovar-ssuda operasiyalari banklarni asosiy faoliyat soxasi xisoblanar edi. Xaridor, odatda tovarga naqd pul to’lash o’rniga sotuvchiga vekselni taqdim etar, u bo’yicha ma’lum muddat davomida to’lovni bajarish majburiyatini olar edi. Sotuvchi kelishilgan muddatni kutmasdan, vekselni bankda hisobga olishni amalga oshirishi va foyizi ayrib tashlangan o’z pul mablag’ini olishi mumkin edi. Tovarni mijozga jo’natib, u tovar xujjatlari (nakladnoy) evaziga bankdan ssuda olishi mumkin edi.
XX asr boshlarida banklar mustaqil ravishda non, shakar, qorako’l va boshqa kundalik extiyojlari mollari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo operasiyalarini amalga oshira boshlashdi.
Rekreasion va badiy-estetik talabalarni o’zgarishini, ular bilan bog’liq bo’lgan xizmatlarni ko’rib chiqish maqsadida davlat aholisi bo’sh vaqtidan qanday foydalanganligini taxlil qilamiz. O’rta va qo’yitabaqa vakillari shaharlarda, ochiq havoda xalq o’yinlarini, shuningdek kurash, mushtlashish janglarini xush ko’rishar edi. O’ziga to’q fuqarolar ayiq, bo’rilarni itlar bilan jangini tashkil qilishar edi. Barcha tabaqa vakillari burgut ovini yaxshi ko’rishar edi. Shaxar va qishloq ko’chalari, shuningdek yarmarkalar bo’ylab bir vaqtni o’zida aktyor, musiqachi, sirkchi, raqqosa bo’lgan skomoroxlar kezishar edi. XXVII asr oxirida cherkovni skomoroxlar bilan kurashi natijasida ushbu ko’ngil xushlik shakli tarqatildi. Uy sharoitida ular shashka, shaxmat bilan qiziqishar edi. Yuqori tabaqa vakillari shaxmat o’ynashni xush ko’rishar edi.
Davlat fuqarolarini XVI-XVII asrlardagi bo’sh vaqtlarini o’tkazish xususiyatlari bu ko’ngil xushliklarini an’anaviy madaniyat doirasidan chetga chiqmaganligidan, asosan an’analar asosida rivojlanganidan dalolat beradi. Shaxarliklarni ommaviy dam olishlari va ko’ngil xushliklari bilan maqsadli yo’nalishda shug’ullanuvchi maxsus jamiyat tashkilotlari va kasbiy tashkilotchilar mavjud emas edi. XIX asrda katta shaxarlarda tadbirkorlar fuqarolarni dam olishiga ommaviy tus berishda, tashkil etilgan ko’ngil xushliklar keng tarqalishi uchun ko’p kuch sarflashdi.
1905 va 1917 yillardagi revolyusiyalar o’rtasida katta shaxarlardagi fuqarolarning dam olishi o’zini tashkil etilishi shakli va moxiyati bo’yicha zamonaviy xarakterga ega edi.
Sobiq ittifoq davrini barcha o’zgartirishlari universal yo’nalishga ega bo’lib, partiya – davlat organlarini qattiq nazorat ostida olib borilar edi. O’sha paytda modernizasion o’zgarishlar mulkchilik shakllarini tadbiq etishga, odamlarni bir xil mehnat faoliyatni, o’xshash lam olish va maishiy sharoitlarini tashkil etishga qaratilgan edi. Aynan o’sha davrda ijtimoiy amaliyotni turli darajalari o’rtasidagi boshqaruvni iyerarxik vertikal hokimligi o’rnatilgan edi. Davlatda zahiralarni turli region va ijtimoiy qatlamlar, shuningdek jamiyat ishlab chiqarishi va aholiga xizmat ko’rsatish o’rtasidagi markaziy o’zaro taqsimlanishi bilan bog’liq bo’lgan rejali iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy siyosat olib borilar edi.
Xo’jalikni turli sohalarida texnikaviy va boshqa yangiliklarni joriy etish bilan bog’liq bo’lgan amaliyot mavjud edi. Ahamiyati bo’yicha biirnchi o’rinda harbiy sanoat komlpeksi, og’ir sanoat, yoqilg’i – energetika komlpeksidagi inovasiyalar turar edi. Xizmat ko’rsatish va maishiy xizmat sohalari jamiyat zahiralari eng oxirgi navbatda ajratiladigan amaliyot jabhalari hisoblanar edi. Ammo bu sohalarni ilmiy-texnikaviy jarayon chetlab o’tmadi. Sovet jamiyatida zamonaviy servis shakllarini va zamonaviy turmushni ko’pgina sifatlarini shakllanishi uchun zamin yaratilgan edi. Mamlakatni katta va o’rta shaharlaridagi aholi indstruial – sanoat ishlab chiqarishida ishlar edi. Sovet fuqarolarini ko’pgina maishiy, ijtimoiy, bilish ehtiyojlari zamonaviy asosda rivojlandi va xizmat ko’rsatishni jamiyat shakllari tomonidan amalga oshirilar edi.
Aholini daromadlarini davlat korxonalaridagi va kolxozlardagi maosh (jumladan, premiyalash, qo’shimcha ish haqi, jamiyat ijtimoiy jamg’armalari tomonidan beriladigan to’lovlar – nafaqalar, stipendiyalar, yordam pullari) shaxsiy yordamchi xo’jalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan olingan pul mablag’lari, bank jamg’armalaridagi daromadlar tashkil etadi. Fuqarolar o’z ehtiyojlarini ancha qismini pullik iste’mol orqali, ya’ni mahsulotlar va xizmatlarni ma’lum qismini oila byudjeti orqali to’lash natijasida qondirar edi. Bu yuqorida ta’kidlangan almashish va pullik xizmat ko’rsatish shakllari kapitalistik jamiyatdagi kabi bozor munosabatlarini yaratmadi. Bu 70-80 yillardagi iqtisodiy adabiyotlarda sosialistik ichki bozor deb nomlanar edi, u rejali hodisa bo’lib, davlat boshqaruvi doriasida faoliyati yuritar edi.
Pullik iste’mol bilan bir qatorda “to’lanmaydigan iste’mol” mavjud bo’lib, uni moliyalashda oila byudjeti ishtirok etmaydi. Bu yaxlit jamiyat jamg’armalari hisobida amalga oshirilar edi. Bunday iste’mol turi tibbiy xizmat ko’rsatishni (kasalxonalarda davolanishi, ovaqatlanish aholiga poliklinikalarda xizmat ko’rsatish va boshqalar), ta’lim, madaniy tashkilotlarni pulsiz xizmatlarini iste’mol qilish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Shaharlarda fuqarolarga yashash joylarini pulsiz berish ham edi. Aholi tomonidan qisman to’lanadigan imtiyozli iste’mol ham mavjud edi. Turar joy-kommunal, maktabgacha tarbiya tashkilotlari, dam olish uylari, sanatoriyalar va boshqalarni xizmatlari aynan ana shunday iste’mol hisoblanadi.
60-70 yillarda hayot kechirishni sosialistik modeli mamlakatda o’rta ta’minlangan qatlamni shakllanishi uchun zamin yaratdi. Sovet jamiyati 50-yo’llirani o’rtalarida aholini asosiy qismini past hayot darajasini saqlab turgan bo’lsa, 70-yillardagi statistik ma’lumotlar aholini ko’p qismini hayot darajasini oshishidan dalolat berar edi. Muhim material ne’matlarni: maosh, boshqa manbalardagi daromadlar, uy-joy bilan va boshqa xizmatlar bilan, jumladan madaniy xizmatlar bilan ta’minlanganlik (ta’lim, kasbiy malakani oshishi, ommaviy informasiyalar) bir xil taqsimlanishgi ro’y bera boshladi.
Mamlakatda o’z vaqti uchun yetarlicha samarali bo’lgan umumiy ta’lim va turli faoliyat sohalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash kuchsiz himoyalangan qatlamlar ijtimoiy himoyalangan bo’lib, u o’rta va past yordam me’yorlariga ko’ra amal qilar edi. Bu esa mamlakatni cheka joylari, uzoq qishloqlari aholisini ham qamrab olish imkonini berar edi. Shuning uchun aholini barcha asosiy guruhlari, jamiyat xizmatlarini iste’mol qilish uchun yetarli bo’lgan ma’lum daromad darajasiga ega edilar.
Mamlakat hududlarida, jumladan, informasion, ilmiy va ta’lim markazlari tarmoqlarini qamrab olgan yaxlit ijtimoiy-madaniy infrastruktura vujudga keldi. Katta, o’rta, mayda shaharlarda teatr, kinoteatr, konsert zallari, muzey, klublarni keng tarmoqlaridan iborat madaniy xizmat ko’rsatish infrastrukturasi faoliyat yuritar edi. Ammo qishloq aholisiga madaniy xizmat ko’rsatish bir muncha qiyinroq kechar edi. Faqat katta qishloqlarga professional yoki xavaskor badiiy-ijodiy jamolar chiqishi mumkin edi. Aholini turli qatlamlari, turli elat, din vakillarini umum hayot tarzlari, faoliyatni bir xil ma’no-mohiyat va ahamiyatli jihatlari shaklana boshladi, milliy umumijtimoiy o’xshashlik elementlari amal qila boshladi.
Ushbu davrda Rossiya jamiyati o’rta fuqarosini hayot tarzi standarti shakllandi. U o’rta, o’rta-maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo’lib, davlat korxonasi va tashkilotida ishlar, oilada esa bir yoki ikkita farzandlar bor edi. Oilani asosiy daromad manbaini katta yoshdagi, oila a’zolarini ijtimoiy imtiyoz va jamiyat iste’mol fondlaridan beriladigan yordam pullari bilan sezilarli to’ldirib boriladigan maoshlari tashkil etar edi. Oila a’zolariga qator hayotiy va madaniy ne’matlardan (bolalarni maktab, oliy o’quv yurtlarida o’qishi, tibbiy xizmat ko’rsatish, sayohlik va sanatoriyada dam olishlari, madaniy boyliklarni o’zlashtirish) foydalanish imkoniyati mavjud edi. Oila stantart mebellar va elektro-maishiy asboblar nabori bor bo’lgan ikki yoki uch xonali kvartiraga ega edi.
Sobiq ittifoq davrida to’liq davlat boshqaruvi sharoitida mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan mamlakat fuqarolarini iste’mol, ta’lim va qisman madaniy – estetik umumiyligiga erishilgan edi. Jamiyat fikrini ma’naviy qadriyatlarni, dunyo haqidagi bilimlarni shakllantirishni asosiy mexanizmini gazeta-jurnal nashrlari, kitoblar, radio, televideniye, shuningdek madaniy tashkilotlarni keng tarmoqlari: teatrlar, kino, konsert zallari, klublar va boshqalar tashkil etar edi.
Shuning bilan birgalikda, sovet jamiyatining keng qatlamlarini hayot standart iva ularga xizmat ko’rsatish sifati qoniqarli deb hisoblash qiyin edi. Ularni darajasi pasayish yoki qadrsizlanish tendensiyasiga ega edi. O’rta ta’minlangan oilani talablari uni humkron xizmat ko’rsatish tizimi doriasida qondirish imkoniyatlariga nisbatan jadal sur’atlar bilan o’sib borar edi. Shuning uchun oila material ta’minlanganligini ham mehnat (tamorqa xo’jaligi, qo’shimcha ish haqi orqali), shuningdek xizmat mavqyei, qarindoshlar yordamida kerakli xizmatlarga qo’shimcha haq to’lash kamchil tovarlarni sotish vositasida oshirish imkoniyatlaridan foydalanar edi.
Bundan tashqari, amaldagi xizmat ko’rsatish tizimi egiluvchan emas edi va aholini real ehtiyojlarini yarmini qiyinchilik bilan qondira olayotgan o’ta chegaralangan xizmatlar qatoridan iborat edi. Zamonaviy xizmatlarni tarqalishida katta shaharlarda yaratilgan xizmat ko’rsatish bo’yicha kompleks markazlarni (maishiy xizmat uylari, “Zarya” firmasi, uydagi texnikalarni ta’mirlash bo’yicha srevis markazlari va boshqalar) ahamiyati katta bo’ldi. Ammo ular keng diapozondagi zamonaviy xizmat ko’rsatish shakllarini rivojlantira olmasdilar va sifatiga ko’ra iste’molchilarni hamma vaqt ham oladigan standart xizmatlar majmuasini taqdim etishar edi.
Sobiq ittifoq tarixining ma’lum davridan boshlab ijtimoiy universiallashtirish va davlat – partiya boshqaruvi jarayonlari yangi ziddiyatlarni – davlat byudjeti defisitini yuzaga keltira boshladi. Turli regionlarda xo’jalik yuritishni sarflash mexanizmidagi kamchiliklar tufayli aholini hayotini ekologik sifatlari yomonlasha boshladi. Hududiy jamoalarni, shuningdek turli qatlam ehtiyojlari o’xshash bo’lmagan guruhlar vakillarini ijtimoiy va madaniy qiyofasizlanishi chuqurlashib bordi. Bularni hammasi 80-yillarni o’rtasida mamlakatda islohotlarni yangi bosqichini amalga oshirilishi zarurligidan dalolat berar edi. Markaz va regionlar, regionlar o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarni muvozanatlovchi zamonaviy rivojlanish prinsiplaridan foydalangan holda yangilanish startegiyasini axtarib topish zarur edi.
80-yillarni o’rtalarida qabul qilingan islohotlar, keyinchalik sobiq ittifoqni parchalanishidan keyin mustaqil davlatlarda mdernizasion tavsifga ega bo’ldi. Ushbu modernizasiya ikki bosqichda amalga oshirildi. Dastlab, sosializmni rivojlantirishga qaratilgan o’zgartirishlar, keyingi bosqichda esa “shok terapiyasi” metodlaridan foydalanilgan liberal reformalar o’tkazildi. Islohotlarni ikkala bosqichlari ham xizmatlar sohasini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
80-yillarning o’rtalaridagi islohotlar maishiy xizmati sohasi, madaniy va sport tashkilotlarni davlat tadbirkorligi tizimi darajasida to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini moliyalashtirishga o’tkazish imkoniyatni berdi. Sirklar, kionstudiyalar va kinoprokatlar, sport-tomosha korxonalari va boshqalar shular jumlasiga kiradi. To’liq bo’lmagan xo’jalik hisobi tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan servis segmentlari (turar-joy kommunal xo’jaligi, madaniy va istirohat bog’lari, teatr-tomosha korxonalari, pullik poliklinikalar va boshqalar) o’z faoliyatini davom etirar edi.
Ijtimoiy-madaniy kompleksni byudjetdagi xizmat ko’rsatish korxonalarida o’zgarishlar ancha murakkab kechdi, chunki pullik xizmatlarni rivojlanishi xizmatlar sifatini yaxshilamasdan, uni turlarini ko’paytirmasdan birdaniga xizmatlar narxini oshishi bilan kecha boshladi. Bir vaqtni o’zida byudjetdagi davlat tashkilotlari mehnatni to’lashga yangi me’yorlardan foydalanish, o’z mustaqilligini kengaytirishlari kengayib bordi. Bu davrda ijtimoiy va madaniy xizmatlar bozorida xususan savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko’rsatish va transport va boshqalarda keng tarqalgan xususiy va kooperativ sektorlar paydo bo’ldi.
3.Xizmatlar va servis xizmat ko‘rsatishda ehtiyojlar tasnifi va tavsifi
Yuqorida qayd qilinganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, insonning ehtiyojlari uning injiqliklarining oddiy natijasi emas. Unda ikki qatlamni ajratish mumkin.
1. Dastlabki, zaruriy, yoki vital (lotin tilida vita - xayot) ehtiyojlar mavjud bo‘lib,ularni qondirmasdan inson xayot kechira olmaydi. Bu oziq- ovqat, uy-joy va kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyojlar. Bunday turdagi ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlar doim bo‘lgan va bo‘ladi. Lekin ularning kundalik ehtiyojlarini qondirish uslublari doimiy ravishda o‘zgarib turadi. SHu sababli, ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha servis faoliyati qiyinlashadi. Masalan, ibtidoiy tizimdagi odamning oziq- ovqatga bo‘lgan ehtiyoji, zamonaviy restoran mijozinikiga o‘xshab qondirilishi mumkin bo‘lmagani aniq.
Iqtisodchilar ehtiyojlarni yuksakka ko‘tarish qonunini yaratdilar. Unga ko‘ra bir ehtiyojlarning qondirilishi qolgan qiyinroq bo‘lgan ehtiyojlarning shakllanishiga olib keladi. Ushbu qonunga monand ravishda servis faoliyatining rivojlanish qonuniyatlarini shakllantirish mumkin: bir turdagi xizmatlarni ko‘rsatish, qolgan qiyin turdagi xizmatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Mantiqiy ehtiyojlar to‘g‘risida tasavvur nafaqat inson organizmi ob’ektiv xususiyatlariga tayanadi, balki barcha jamiyatda yoki aloxida ijtimoiy guruhlarda xukumron bo‘lgan qadriyatlar tizimiga ham bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli odatlari, biologik ehtiyojlari bir xil bo‘lgan insonlarda, ijtimoiy xarakterga ega turli ehtiyojlar bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlar biologik yo‘l bilan me’ros bo‘lib o‘tmaydi va xar bir insonda tarbiya jarayonida, o‘z vaqtining ma’daniyatiga ko‘nikish jarayonlarida shakllanib boradi. Hozirgi evropa sevilizatsiyasida gumanistik qadriyatlar ko‘proq o‘rin egallaydi. Shu sababli ko‘pchilik insonlar mantiqiy ehtiyoj deganda avvalambor shaxsning kamol topishi, xar bir insonda mavjud imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va shuningdek jami insoniyatning progressiv rivojlanishini tushunadilar. Mantiqiy bo‘lmagan ehtiyojlarga jamiyat shunday ehtiyojlarni kiritadiki, ularning qondirilishi inson shaxsini va ijtimoiy tizimlarning buzilishiga olib keladi. Bunday ehtiyojlar jumlasiga alkogol va narkotik moddalarni iste’mol qilish, jinoyatchilik va terroristik xurujlarda ishtirok etish va xokozolar kiradi.
Gumanitar qadriyatlarning ushbu tizimiga taaluqli ravishda evropa ma’daniyatida servisning shunday turlari maqullanayaptiki, ular yordamida inson boyish va rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Ular qatoriga ro‘zg‘or muommolarini xal etish, ma’lumot olish, professional faoliyat bilan muvoffaqiyatli shug‘ullanish, yaxshi dam olish, zaruriyat tug‘ilganda tibbiy yordam olishlar kiradi. Servisni rivojlantirishning bunday yo‘nalishini ijtimoiy fikr va xar qanday davlat qo‘llab quvvatlaydi. qadriyatlari shubxa ostiga olingan xizmatlar, masalan, tamaki mahsulotlarini reklama qilish yoki xayosiz narsalarni tashviqot qilish qoralanadi yoki ularga qonunchilik tomonidan cheklanish va taqiqlashlar amalga oshiriladi.
Biologik ehtiyojlardan tashqari ijtimoiy ehtiyojlar ham mavjud bo‘lib, ular ta’lim va ma’daniyatning rivojlanishi, mehnat jarayonlari, texnik moslamalardan foydalanish, sa’nat va boshqa turdagi barcha inson faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Xar qanday ijtimoiy ehtiyojlarda ularga qo‘shilgan biologik komponentlar aks ettiriladi. Ularni ushbu ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda inobatga olish zarur. Jumladan, ta’lim, ma’daniyat, transport, kompyuter texnologiyalari sohasi bo‘yicha servis xizmatlarini amalga oshirishda umumiy qoidaga rioya qilish lozim: ushbu xizmatlardan foydalanish inson organizmiga tushadigan jismoniy va psixologik og‘irlikning mumkin bo‘lgan darajasidan ortmasligi lozim. Ushbu daraja organizmning biologik tabiatiga bog‘liq va yosh bilan o‘zgaradi.
Ruxshunoslar, sotsiologlar va faylasoflar ehtiyojlarning umumiy tasnifini berishga ko‘p xarakat qilishdilar. Ushbu tasniflarning xar biri ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan servis faoliyatini tasniflashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Ehtiyojlar jumlasiga quyidagilarni keltirish mumkin:
- moddiy va ma’naviy;
- afzalroq ijtimoiy va afzalroq biologik;
- ijtimoiy maqullanadigan va ijtimoiy maqullanmaydigan;
- birinchi darajadagi muhim va ikkinchi darajadagi.
Ushbu tasniflashtirish amerikalik ruxshunos Abraham Maslouning mashxur ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasida umumlashtirilgan. Maslou ularni bazis ehtiyojlar (oziq-ovqatlar, xavsizlik va boshqa turdagi ehtiyojlar) va metaehtiyojlar (haqqoniylik, faravonlik, tartib) ga bo‘ldi. Insonning bazis ehtiyojlari doimiydir, qolganlari esa o‘zgarib turadi. Ehtiyojlar ierarxiyasi zina shaklida bo‘ladi va besh pog‘onadan iboratdir:
- fiziologik ehtiyojlar;
- xavfsizlik va xotirjamlikka ehtiyojlar;
- sevgiga ehtiyoj;
- xurmatga ehtiyoj;
- o‘z o‘rnini topishga ehtiyoj.
Maslouning ierarxiya prinsipi degan bosh g‘oyasi quyidagidan iborat. YAngi zinaning ehtiyoji xar bir shaxsga dolzarb bo‘ladi, qachonki avvalgilari qondirilgan bo‘lsa. SHuday qilib, insonning ehtiyojlari birlamchi va ikkilamchilarga bo‘linadi. Ehtiyojlarni yuksaltirish jarayoni esa quyi ehtiyojlarni yuqorilariga bo‘ysindirish demakdir.
Maslou tasnifini ko‘pchilik tanqid qilmoqda, lekin sning bosh g‘oyasi to‘g‘ri hisoblanadi. Servis faoliyatining amaliyotida ehtiyojlar o‘zgarishining qonuniyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Xayot darajasi past davlatlarda oddiy va dastlabki ehtiyojlarga talab ko‘pligi ko‘zga tashlanadi. Xayot darajasining oshishi bilan nafaqat kundalik ehtiyojlar, balki qiyin ehtiyojlarga ham talab oshib boradi. Xizmatlar sifatiga ham talablar oshib boradi. Undan tashqari bir jamiyatda aholining turli qatlamlari, o‘zlarining daromad miqdoriga qarab, turli xildagi servis xizmatlariga talab qo‘yishadilar. Xayot darajasida qanchalik farq bo‘lsa, baxo va sifat bilan farqlanadigan xizmatlarga talab doirasi ko‘payib boradi. Yuqoridagi tavsiflar ehtiyojlarni o’z genezisi va sifati bo’yicha turli tuman bo’lishi mumkinligini taqozo etadi.
Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. Ular odam organizmi strukturasiga shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga bo’lgan ehtiyojlardir.

4. Xulosa


Jamiyat va yakka ehtiyojlar. Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman mamalkat aholisiga xosdir. Ular o’zini qondirilishi uchun o’ziga xos sharoitlarni talab qiladi. Ularni ko’pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta’minotga bo’lgan ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.
Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o’z kombinasiyasiga ko’ra, aniq odamlarga xos bo’lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga oshiradi.
Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. Ular turli tuman bo’lib, ko’pgina hollarda o’ta muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo’ldosh bo’ladi. Ularni xususiyati shundaki, tug’ma etiyojlardan farqli o’laroq, ko’pgina hollarda madaniy muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy rivojlanishi bilan bog’liq. Shuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni ma’lum qismi, masalan fiziologik ehtiyojlar kabi o’ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar ko’pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli yo’naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo’ladi. Xususan ko’p hollarda odam ijtimoiy informasiya, moda va reklama ta’siriga moyil. Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo’ladi.
Download 33.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling