Reja: Xorvatiya Respublikasining sanoati


Download 279.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi279.48 Kb.
#1371624
1   2
Bog'liq
xorvatiya davlati

 
 
Xorvatiya (xor.: Hrvatska), Xorvatiya Respublikasi (xor.: Republika Hrvatska) — 
Bolqon yarim orolning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 56,6 
ming km². Aholisi 4,267 mln. kishi (2012). Poytaxti — Zagreb shahri Maʼmuriy 
jihatdan 20 jupaniy (okrug)ga boʻlinadi. 
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Xorvatiya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990 yil dekabrda 
qabul qilingan. 1997, 2000, 2001 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — 
prezident (2000 yildan Stipe Mesich), u umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz 
berish nuli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 
palatali parlament — Sabor (vakillar palatasi va jupaniylar palatasi), ijrochi 
hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. 
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash] 


Xorvatiya hududining sharqiy kismi (Slavoniya) sertepa tekislikdan iborat, uni 
Sava va Drava dare vodiylari kesib oʻtadi. Mamlakat markazi va gʻarbida karst 
relyefli Dinara togʻligi (eng bal. joyi 1831 m) bor. Bu togʻlik shimoli-sharqda 
pasaya borib, Oʻrta Dunay pasttekisligiga tutashadi. Janubiy va janubisharqi — 
Adriatika dengizining ensiz togʻli sohili (Dalmatsiya) koʻpgina qoʻltiqlar bilan 
parchalangan. Qirgʻoq yaqinida Dalmatsiya orollari joylashgan. Xorvatiya sharqida 
iqlim moʻʼtadil, kontinental. Dinara togʻlarida sovuq qish uzoq davom etadi, 
dengiz sohilida subtropik Oʻrta dengiz iqlimi. Oʻrtacha yillik yogʻin 600–700 mm, 
sohilda 1000 mm gacha. Tekisliklar keng bargli oʻrmonlar, togʻlar buk, eman 
daraxtzorlari, aralash oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻlardagi karst platosi taqir 
boʻshliqdan iborat, sohilda Oʻrta dengiz atrofiga xos butazorlar (makvis) bor. 
Hayvonot dunyosi unchalik boy emas: togʻlarda burgut, togʻ echkisi, tekisliklarda 
kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar uchraydi. 
Aholisining 78,1% xorvatlar. Shuningdek, serb, sloven, venger va boshqa ham 
yashaydi. Shahar aholisi 56,2%. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Rasmiy til — 
xorvat tili. Yirik shaharlari: Zagreb, Split, Riyeka. 
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Xorvatiya hududida odam ilk paleolit davridan boshlab yashaydi. Jez davrida 
illiriy, soʻng kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-asrda Rim bosib olgan. Mil. 1-
asrda Xorvatiyaning talay qismi Rimning Pannoniya va Dalmatsiya viloyatlariga, 
395 yil esa Vizantiya tarkibiga kirgan. 6—7-asrlarda Xorvatiya hududida 
slavyanlar yashay boshladi. 8-asrda franklar bostirib keldi. 9-asr oxirida xorvat 


knyazlari franklar va Vizantiya asoratidan qutulib mustaqillikka erishdilar, 925 yil 
Xorvat davlati (qirollik) vujudga keldi. 10-asrda xristianlik tarqaldi. 1102 yil 
Xorvatiya venger qirollariga tobe boʻlib, ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini 
saqlab qoldi. 16-asr oxirida Xorvatiya hududining koʻp qismi Usmoniylar 
imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Bir qismi Gabsburglar hukmronligi ostida qoldi. 17-
asr oxiri — 18-asr boshlarida turklardan ozod qilingan yerlar (Slavoniya) Harbiy 
hudud (Turkiya bilan chegaradosh boʻlgan viloyat; Gabsburglar imperiyasi 
tarkibida boʻlgan) tarkibiga, bir qismi 1809—13 yillarda Illiriylar provinsiyasi 
tarkibiga kiritildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida xorvat millatining shakllanish 
jarayoni kuchaydi va 19-asr 1-yarmida millat sifatida shakllanib boʻldi. 19-asrning 
30—40-yillari xorvat yerlarida illiriylar ijtimoiy harakati yoyildi. 1848—49 yilgi 
Avstriya va Vengriyadagi inqilob natijasida Xorvatiya Gabsburglar imperiyasi 
tarkibida muxtoriyatga erishdi. Ammo inqilob bostirilgach, muxtoriyatdan mahrum 
boʻldi. 1868 yilgi Xorvatiya Vengriya bitimi natijasida cheklangan muxtoriyatga 
erishdi. AvstriyaVengriya davlati barbod boʻlgach (1918), Xorvatiya Serblar, 
xorvatlar va slovenlar (1929 yildan Yugoslaviya) qirolligi tarkibiga kirdi. 1939 yil 
avgustda Xorvatiya muxtoriyatga erishdi. 1941 yil aprelda fashistlar tomonidan 
okkupatsiya qilingan Xorvatiya hududida "Mustaqil Xorvatiya davlati" degan 
koʻgʻirchoq davlat eʼlon qilindi. 1945 yil Xorvatiya hududi butunlay ozod qilindi 
va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi (keyinchalik Yugoslaviya Sotsialistik 
Federativ Respublikasi) tarkibiga kiritildi. 


1963 yildan 1991 yilgacha Yugoslaviya tarkibida Xorvatiya Sotsialistik 
Respublikasi deb ataddi. 1991 yil iyunda Xorvatiya mustaqilligi toʻgʻrisidagi 
Deklaratsiya kabul kilinib, mamlakat Xorvatiya Respublikasi deb atala boshladi. 
Xorvatiya — 1992 yil 22 maydan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi 
suverenitetini 1991 yil 28 dekabrda tan olgan va 1995 yil 6 fevraldan diplomatiya 
munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 may — Davlatchilik kuni (1990). 
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Liberal partiya, 1998 yil tuzilgan; Sotsialdemokratik partiya, 1990 yil tashkil 
etilgan; Xorvatiya demokratik partiyasi, 1989 yil asos solingan; Xorvatiya 
dehqonlar partiyasi, 1990 yil tuzilgan; Xorvatiya HUQUQ partiyasi, 1861 yil 
millatchi partiya sifatida tashkil etilgan, 1990 yildan hozirgi nomda qayta 
tiklangan; Xorvatiya mustaqil demokratlari, 1994 yil asos solingan; Xorvatiya 
demokratik Hamdoʻstligi, 1990 yil tuzilgan. Xorvatiya mustaqil kasaba 
uyushmalari konfederatsiyasi, 1990 yil asos solingan; Xorvatiya muxtor kasaba 
uyushmalari birlashmasi, 1990 yil tashkil etilgan; Xorvatiya kasaba uyushmalari 
birlashmasi. 1990 yil tuzilgan. 
Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Xorvatiya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 
24%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%. 
Sanoatining asosiy tarmoklari: konchilik, kemasozlik, mashinasozlik, 
farmatsevtika, neftni qayta ishlash, elektron sanoati va hokazo Rashada 


toshkoʻmir, dengiz boʻylarida neft va gaz, boksit va sement xom ashyosi qazib 
chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajratib olinadi, stanok, elektr texnikasi asboblari, 
dengiz kemalari, sement, poyabzal ishlab chiqariladi. Mashinasozlik tarmoklaridan 
parovoz va vagonsozlik, elektr kuch jihozlari va boshqalar ishlab chiqarish 
rivojlangan. Neft kimyosi sanoati korxonalarida plastmassa, doridarmon va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yirik qora va rangli metallurgiya sanoati (choʻyan, 
poʻlat, alyuminiy eritish) barpo etilgan. Yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, 
toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 8,3 mlrd. kVtsoat elektr 
energiya (koʻp qismi GESlarda) hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Zagreb, 
SlavonskiBrod, Split. 
Qishloq xoʻjaligi ichki ehtiyojni toʻlatoʻkis taʼminlaydi, dehqonchilik yetakchi 
oʻrinda. Bugʻdoy, makkajoʻxori, kartoshka, qand lavlagi, kungaboqar, zigʻir, 
kanop, yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (koʻproq olma va olxoʻri), 
tokchilik rivojlangan. Dengiz soxilida subtropik mevalar yetishtiriladi. 
Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch 
tayyorlanadi, dengizdan baliq ovlanadi. 
Transport yoʻli uzunligi 2,7 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 26,9 ming km. Asosiy 
dengiz portlari: Riyeka, Koper, Kardelevo, Split, Shibenik. Xorijiy sayyoxlik 
rivojlangan. Adriatika sohilida (Dubrovnik, Riyeka, Split) yirik kurortlar bor. 
Chetga mashina va sanoat uskunalari, alyuminiy, isteʼmol va oziq-ovqat 
mahsulotlari chiqaradi, chetdan xom ashyo, jihozlar, butlash qismlari va turli 


apparatlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Sloveniya, Avstriya bilan 
hamkorlik qiladi. Pul birligi — Yevro. 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Asosiy 8 yillik maktab taʼlimning 1bosqichi boʻlib, 7 yoshdan 14 yoshgacha 
boʻlgan bolalarni qamrab oladi. Undan keyingi boskich 2 yillik umumiy oʻrta 
maktab; u umumiy oʻrta maʼlumot beradi. Umumiy oʻrta maktab negizida oʻrta 
maxsus va oliy taʼlim amalga oshiriladi. Xorvatiyada bir qancha oliy oʻquv yurtlari 
bor. Zagreb (1669), Riyeka (1973), Split (1974)da universitetlar va bir kancha 
institut mavjud. Zagrebla Nafis sanʼat akademiyasi (1907), amaliy sanʼat va 
hunarmandchilik, teatr, kino va televideniye akademiyalari, Riyekada dengiz 
maktabi tashkil etilgan. Zagrebdagi Fan va sanʼat akademiyasi (1867) tarkibida bir 
qancha ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek, meʼmorlik va shahar loyihalash 
(1952), folklorni oʻrganish (1948), tibbiyot tadqiqotlari (1947), tabiatni muhofaza 
qilish (1961), tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash (1910), 
gidrometeorologiya (1947) va boshqa ilmiy uyushmalar ishlaydi. Splitda 
okeanshunoslik va baliq ovlash (1930), Dalmatsiya tarixiy yodgorliklarini 
muhofaza qilish (1854) institutlari mavjud. 
Yirik kutubxonalari: Zagrebda Milliy va universitet (17-asr boshlarvda tashkil 
etilgan) kutubxonalari, Davlat arxivi kutubxonasi bilan (4643), Riyekada ilmiy 
kutubxona (1627), Zadar, Dubrovnikda kutubxonalar, Splitda shahar kutubxonasi 
bor. Muzeylarning kupi Zagrebda joylashgan. Yiriklari: Shahar galereyasi (1961), 


Arxeologiya (1846), Etn. (1919), Geol.paleontologiya (1846), Maktabped. (1901), 
Xorvatiya tarixi (1846), Zool. (1846). 
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Asosiy gaz. va jurnallari: "Vesnik" ("Xabar", ijtimoiysiyosiy gazeta, 1940 yildan); 
"Glas Slavoniye" ("Slavoniya ovozi", mustaqil gaz.); "Novi vesnik" ("Yangi 
xabarlar", gazeta, 1940 yildan); "Slobodna Dalmatsiya" ("Ozod Dalmatsiya", 
gazeta, 1943 yildan); "Sportske novosti" ("Sport yangiliklari", kundalik gaz.); 
"Arena" (bezakli haftanoma, 1957 yildan); "Globus" (siyosiy haftanoma, 1990 
yildan). Xorvatiya axborot agentligi (XINA), 1990 yil asos solingan. Xorvatiya 
radiosi 1926 yildan, televideniyesi 1956 yildan ishlaydi. 
Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash] 
taxminan 1100 yil yaratilgan "Bashchan plitasi" asari xorvat xalq tili unsurlari 
boʻlgan dastlabki til va huquq yodgorligidir. Xalq ogʻzaki ijodiyoti, jumladan, 
xorvat qahramonlik dostonlari badiiy adabiyot shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 
Gumanizm va italyan uygonish davri sheʼriyati taʼsirida rivojlangan Dubrovnik va 
Dalmatsiya adabiyoti — 15—18-asr xorvat adabiyotining tarkibiy kismidir. 15—
16-asrlargacha I. Chesmitskiy, Yu. Shijgorich, Ya. Bunich kabilar lotin tilida ijod 
qilgan boʻlsa, ulardan keyingi avlod yozuvchilari M. Marulich, Sh. Menchetich, J. 
Drjich, G. Lutsich, M. Drjich, I. Gektorovichlar ona tiliga murojaat etdilar. 17—
18-asrlarda I. Gundulich, J. Palmotich, Yu. Krijanich, N. va P. Zrinskiy kabi 
adiblar yetishib chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asr oʻrtalarida Xorvatiya milliy 


uygʻonish davrida maʼrifatparvarlik adabiyoti (M. Relkovich, T. Brezovachki) 
maydonga chikdi. Illirizm vatanparvarlik oqimining atoqli namoyandalari L. Gay, 
D. Demeter, Stanko Vraz romantizm adabiyotiga asos soddilar. 19-asr oxiri — 20-
asr boshlaridagi "xorvat moderni" badiiy oqimi adabiy jarayon rivojida sezilarli rol 
oʻynadi. Turli goyaviybadiiy okimlarga mansub boʻlgan M. Dejman, V. Vidrich, 
D. Shimunovich, M. Maryanovich, A.G. Matosh shu oqimni rivojlantirdilar. 1 va 
2-jahon urushlari oraligʻida shoir, yozuvchi va dramaturg M. Krleja adabiy 
muhitda yetakchilik qildi. 1941—45 yillardagi xalq ozodlik urushi yillarida V. 
Nazor, I.G. Kovachich, G. Vitez, Yu. Kashtelan, V. Popovich, J. Yelichichlarning 
joʻshqin sheʼrlari xalqni ruxlantirib turdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ham 
ozodlik kurashi adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi. 60— 80-yillarda O. 
Sholts, N. Milichevich, 3. Golob, S. Mixalich, M. Slavichek, T. Sablyak, N. 
Petrak, J. Sabol ijodida umumiy insonparvarlik ruhi ustunlik qildi. Drama sohasida 
P. Budak, I. Raos, F. Xajich, D. Roksandich asarlari shuhrat qozondi. 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Xorvatiya hududida istehkomli manzilgohlarning qoldiqlari, Adriatika sohilida 
koʻpgina antik, asosan, Rim shaharlarining xarobalari, qad. meʼmorlik 
yodgorliklari (mil. av. 1-asrga mansub Puladagi Avgust ibodatxonasi, mil. av. 
taxminan 300 yilga oid Splitdagi Diokletian saroyi) saqlanib qolgan. 9-asr boshi — 
12-asr oxirlarida barpo etilgan turli shakldagi tosh cherkovlar, knyaz saroylari 
(Split yaqinidagi Biyachi degan joyda)da Vizantiya va Markaziy Yevropa 
meʼmorligi uslubidan foydalanilgan. 12-asr oxirida roman uslubi (Zadardagi 1175 


yilga oid avliyo Krshevan cherkovi), 13-asrda gotika (Zagrebdagi diniy inshootlar) 
yoyidsi. 15—16-asrlarda shaharlar kengaydi, tosh istehkomlar barpo etildi. Shu 
davrda Uygʻonish davriga xos meʼmorlik rivoj topdi (1431—1505 yillarga mansub 
Shibenikdagi sobor, 15-asrning 2-yarmiga oid Dubrovnikdagi knyaz saroyi va 
boshqalar). 17— 18-asrlarda barokko uslubi urf boʻldi (Zagrebdagi 
OrshichRauxov, Varajdindagi Patatichi saroylari). 19-asrda klassitsizm uslubidagi 
inshootlar (Zagrebdagi meʼmor B. Felbinger saroylari), yangi uygʻonish va yangi 
barokko uslubidagi jamoat binolari (Zagrebdagi Fan va sanʼat akademiyasi, 
Zagreb, Split, Dubrovnikdagi teatrlar) kurildi. 20-asr boshlarida avval yangi 
klassitsizm, soʻng funksionalizm ruhidagi inshootlar (Zagrebdagi birja va boshqa 
binolar) qad koʻtardi. Asr oxirlarida sanoat korxonalari, turar joylar zamonaviy 
materiallardan kurila boshladi (Zagrebdagi "Rujer Boshkovich" ilmiy markazi, 
meʼmori K. Ostrogovich; aeroport, meʼmori I. Uxlik, Splitdagi "Maryan" 
mexmonxonasi, meʼmori L. Perkovich). Xorvatiya xududida neolit davriga oid 
sopol buyumlar, keyingi davrlarga mansub metalldan yasalgan badiiy buyumlar, 
antik haykaltaroshlik yodgorliklari (haykalchalar, relyeflar), qadama naqsh asarlari 
topilgan. 13-asrda haykaltaroshlikda roman uslubi (usta Andrey Buvina relyeflari) 
yoyildi, dastlabki devoriy rasmlar paydo boʻldi. 16-asrda cherkov ibodatxonalari 
rangtasviri, 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida barokko uslubidagi haykaltaroshlik va 
rangtasvir rayem boʻldi (F. Benkovich, B. Bobich asarlari, I. Ranger freskalari). 
15—18-asrlarda yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻquvchilik, metallsoelik va sh.k. 
hunarmandchiliklar rivojlandi. 19-asr boshlarida tasviriy sanʼatda dunyoviy janrlar 
(portret va tarixiy kompozitsiyalar) tarqaldi. F. Kikerez, V. Bukovats, S. Medovich 


asarlarida romantizm belgilari koʻzga tashlanadi. Ranggasvirchilardan M. 
Kralevich, Y. Rachich, grafikachi T. Krizman ijodida 20-asr xorvat rassomligi 
asoslari yaratildi. I. Meshtrovich, A. Avgustinchich va boshqa haykaltaroshlik 
sanʼatini rivojlantirdilar. V. Betsich, L. Babich, Y. Mishe kabi rassomlar mamlakat 
tabiat manzaralari va xalq turmushini tasvirladilar. 20-asrning 2-yarmida 
rangtasvirchilardan E. Murtich, I. Voyvodich, M. Stanchich abstrakt sanʼat va 
syurrealizm ruxida ijod qildilar. 
Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Xorvatiya musiqa madaniyatida xalq sanʼati katga oʻrin tutadi. Xorvatlarnint qad. 
marosim, epik, raqs, lirik va boshqa xalq qoʻshiklari hozirgacha davom etib 
kelayotir. Professional musiqa 16-asrda yuzaga kelgan. N. Styepan (Spadina), 
skripkachi va kompozitor I.M. Yarnovich va boshqa 18-asrning tanikli musiqa 
arboblaridir. 1827 yil Zagrebla Musiqa jamiyati va uning musiqa maktabi (1916 
yildan konservatoriya) va orkestri, shuningdek, Illirii xalk, xor jamiyati (1839) 
tashkil etildi. Xorvatiya musika madaniyatini rivojlantirishda musiqashunos F. 
Kuxach, dirijyor va kompozitor I. Zays, dirijyor N. Faller, kompozitorlardan B. 
Bersa va Y. Xatze faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. 1918 yil yagona davlat 
tuzilgach, xorvat milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 20-asr oxirlarida 
Zagrebda "Qardoshlik va birlik", Splitda "Birlik" xor jamiyatlari, Zagrebda "Lado" 
xalq ashula va rake ansambli va boshqa musika jamoalari ishladi. Taniqpi 
kompozitorlari: I. Brkanovich, M. Kelemen, B. Papandopulo, S. Xorvat, R. 
Radika, D. Detoni. 


Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash] 
16-asrda dunyoviy teatr (Dubrovnikda havaskorlik truppalari, Dalmatsiya 
shaharlarvda professional truppalar) paydo boʻldi. 17—18-asrlarda maktab teatri 
rivojlandi. 1797— 1834 yillar Zagrebda birinchi doimiy "Amadey teatri" faoliyat 
koʻrsatdi. 1834 yil "Eski teatr" (1861 yildan "Milliy teatr") ochildi. 1896—98 
yillarda dastlabki aktyorlar maktabi ishlab turdi. B. Gavella X. teatri rivojiga katta 
hissa qoʻshdi. U teatrlar repertuariga ilgʻor milliy dramaturglardan M. Krleja, I. 
Sankar, jahon mumtoz dramaturgiyasidan U. Shekspir, F. Dostoyevskiy, L. 
Tolstoy, B. Shou, K. Chapek, B. Nushich pyesalarini kiritdi. 1950 yildan Teatr, 
musiqa, kino, televideniye akademiyasi (Zagreb) ishlaydi. 
Oʻzbekiston — Xorvatiya munosabatlari endigina yoʻlga qoʻyilish bosqichida 
turibdi. 2003 yil ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 115 ming AQSH 
dollarini tashkil qiddi. Oʻzbekiston tomoni turli xizmatlar koʻrsatish bilan 
shugʻullanadi. Xorvatiya tomoni elektr jihozlar, farmatsevtika va konditer 
mahsulotlari yetkazib beradi. Xorvatiyaning muhandislik va qurilish ishlari bilan 
shugʻullanuvchi "Ingra. Injiniring end Konstrakshen K°" aksiyadorlik jamiyati 
firmasi Oʻzbekiston Respublikasida oʻz vakolatxonasini ochgan. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
https://www.gazeta.uz/oz/2022/08/01/climate-change/
 
https://www.meteorologiaenred.com/uz/
 
https://cyberleninka.ru/article/
 

Download 279.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling