Reja: XVI – XIX asrning birinchi yarimida Markaziy Osiyoning ijtimoiy – madaniy holati
Bu davrda maktablarning qanday turlari mavjud edi?
Download 29.24 Kb.
|
Rossiya mustamlakasi davrida Turkistonda madaniyat va sanat
^ Bu davrda maktablarning qanday turlari mavjud edi?
Bu davrda Markaziy Osiyoda ikki turdagi maktab mavjud edi: quyisi- maktab va oliy- madrasa. Boshlang`ich maktabda savod o`rgatilar va diniy matnlar yodlanar edi. Madrasada ham ilohiyat o`qitilar, shuningdek arab tili sarfu nahvi (grammatikasi), notiqlik san`ati, aljabr va handasa asoslari o`rgatilgan. Bundan tashqari Xofiz, Bedil, Navoiy asarlari o`qitilgan. O`sha davr shoirlari, fan arboblari musiqani chuqur tushunganlar. Musiqa san`atining rivojiga ulkan hissa qo`shgan Mavlono Muhammadin Mug`anniy, Mavlono Kavkabiy, Xo`ja Muhammad, Rizo Samarqandiyning nomlari bizgacha etib kelgan. Bu davrdagi me`morchilik yodgorliklar hajmi va pardozining jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Samarqanddagi Registon maydoni shu davrda shakllandi. Sherdor madrasasining old peshtoqida rangin koshinlar bilan chekilgan bir juft sher tasvirlangan. Tillakori madrasasining nomi «tilla bilan pardozlangan» degan ma`noni beradi. Devorlardagi ajoyib naqshu nigorlar va ichki devorlardagi to`kis tilla bezaklar juda nafis ishlangan. XVIII asr oxirlaridan Xiva xonligida ta`mirlash va shaharsozlik ishlari avj oladi. Ollaqulixon madrasasi, Rahmonquli inoq saroyi hajm jihatidan ancha mahobatli qurilgan. Qo`qon xonligi me`morchiligida rang-baranglik va yorqinlik, pardozdagi koshinlarning yorqin tovlanishi kabi xususiyatlar ayniqsa Xudoyorxon saroyida yaqqol namoyon bo`ladi. XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida me`morchilik hajm jihatdan ixcham binolar, goho bezak- pardozlardan butunlay holiligi bilan ko`zga tashlanadi. Xonliklar va amirlikda me`morchilik qurilishida va bezakda o`ziga xoslik ham seziladi. Farg`ona uylari kengkovul va ayvonli, guldor tokchali, o`yma ganchli, shiftlari naqshu nigorli qilib qurilsa, Samarqand va Buxoro uylari uchun chiroyli ko`rinishdagi ustunli ayvon, girih va islimiy naqshlar tushirilgan devor va ganch o`ymakorligi xosdir. Xiva o`ylari tashqi va ichki shaklda qurilib, ayvoni ichkariga qaragan, ustunlariga o`yma naqshlar chekilgan, murakkab shakldagi gullar bilan bezalgan. Download 29.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling