Reja: XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma`daniy hayot. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi va uning Turkistondagi namoyandalari XX asr
Download 47.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
XX asr o`zbek adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari Reja: 1. XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma`daniy hayot. 2. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi va uning Turkistondagi namoyandalari. 3. XX asr adabiyotining taraqqiyot bosqichlari va mavzu rang barangligi. XX asrning boshlari tarixga Turkistonda jadidchilikning paydo bo`lishi, chorizmning agMarilishi, muxtoriyatning tiklanishi va sho`rolar jamiyatini qurish uchun kurash yillari sifatida kiradi. XXasr faqat o`zbek xalqi xayotida emas, balki butun dunyo hayotida alg`ov-dalg`ovlarga boyligi bilan ajralib turadigan davr bo`ldi. Bu asrga kelib, hayot jarayonlari tezligi haddan ziyod ortdi. Ijtimoiy hodisalarning almashinish surati aqlga sig`mas darajada tezlashdi. Turkiston xalqlarining necha asrlar mobayrida davom etib kelayotgan bir maromdagi mudroq hayoti shu asr boshida ag`dar-tuntar bulib ketdi. Fikrdagi yangilanish, texnika yutuqlarining kirib kelishi, axborot almashishning tezlashgani turkistonliklarning hayot tarzlarini o`zgartirib yubordi. Shu vaqtga qadar milliy adabiyotimiz milliy hayotimiz bilan yelkama-yelka bormas edi. Garchi, adabiyotimiz hayotdan tamomila ajralib qolmagan bo`lsada, ijtimoiy turmushning muammolari uni to`la cho`lg`ab olmasdi. XX asrga kelib, adabiyot hayotga yaqinlashdi. XIX asrning adog`i XX asrning boshlarida birgina Turkistonda emas, balki dunyodagi juda ko`p mustamlakalarda milliy uyg`onish xarakati boshlangan edi. Turkistonda XlXasrning ikkinchi yarmidan e`tiboran shakllana boshlagan ma`rifatchilik qarashlari XX asr boshlariga kelib jadidchilik xarakatining yuzaga kelishiga asos bo`ldi. "Jadid" so`zi arabcha ""yangi" ma`nosini berib, taraqqiyotga intilgan kishini anglatadi. Jadidlar badiiy adabiyotni xalqni g`aflat va mustamlaka zulmidan kutkarish kuroliga aylantirdilar. XX asr boshiga kelib, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, xalqaro aloqalarning takomillashuvi millatning ma`rifatli vakillariga o`z xalqi xayotini dunyodagi mutafakkir xalqlar turmushi bilan solishtirish imkonini berdi.Kundalik matbuot o`zbek adabiyotidagi yangilanishlar ko`lamining kengayishiga sabab bo`ldi. Kitobning sanoat yo`li bilan chop etilishi xam millat ijtimoiy estetik tafakkuri rivojlanishining kuchli omili bo`ldi. 2. Jadid adabiyoti to`lig`icha millatni uyg`otishga qaratilgan edi. Bu adabiyotning qaxramoni avvalgi davrdagiday yuqori tabaqa vakillari yoki iloxiy qudrat bilan nurlantirilgan siymolar emas, balki ommaning ichidan chiqqan, unga qaytib boradigan va shu bois xalqqa ta`sir ko`rsatish imkoniyati kattaroq bo`lgan oddiy kishilar edi. Jadid adiblari yangi mavzularni yangi janrlarda va yangi obrazlar orqali ifodalashga urindilar.Yana bir muxim jixati shundaki, jadid yozuvchilari shunchaki ijodkor emas,balki ijtimoiy-siyosiy, ma`rifiy amali bilan xam millatni uyg`otishga jaxd qildilar. M. Behbudiyning "Padarkush", A. Avloniyning "Advokatlik osonmi", "Pinak", Fitratning "Munozara", "Hind sayyohi", "Abulfayzxon", Hamzaning "Yig1 la, Turkiston", "Dardiga darmon istamas", "Zaharli Hayot", Qodiriyning "O`tgan kunlar", "Mehrobdan chayon", Cho`lponning "Buzilgan o`lkaga", "Xalq", "Yorqinoy", "Kecha va kunduz" va boshqa yuzlab asarlar jadid adabiyotining yetuk namunalaridandir. Jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar, qismat fojialari, millat ozodligi, inson erki, Vatan buyukligi muammolari fonida aks ettirildi. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik, shaxs va millat erki, xalqni g"aflatdan uyg`otish singari o`tkir ijtimoiy muammolar juda ko`p tasvirlandi. Jadid adabiyoti faqat mavzu jihatidan emas, balki ifodasiga ko`ra xalqni ommaga yaqinlashtirildi. Badiiy asarlarda tasvir injaligi, ifodaning yangiligidan ko`ra, zalvorli va keskin fikr aytishga e`tibor kuchaydi. She`riyat aruzga xos ohangdorlikdan chekinib, barmoqqa xos ochiqlikka erishdi. 3. XX asr o`zbek adabiyotining g`oyaviy mazmuni va tematik doirasi Yangi bo`lgani singari, uning asosiy qahramonlari ham yangidir. Bu adabiyotning asosiy qahramonlari faol ishchilar, dehqonlar, ziyolilar. aniqrog`i s mehnat ahlidir. Demak. Yangi adabiyotimiz o`z qahramonlarini hayotning o`zidan. yangi voqelikdan oladi. XX asr o`zbek adabiyotida turli yillarda yaratilgan bu ijobiy qahramonlar o`z davrining farzandlari sifatida jamiyat tarixining turli davrlaridagi hayot va kurashni aks ettiradi. Shunisi muhimki, bu adabiyot taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham yangi turdagi qahramon-zamondoshlarimiz obrazini yaratish ijodkorlarimizning diqqat markazida turadi. XX asr o`zbek adabiyotining taraqqiyot yo`li-rivojlanish bosqichlari ham o`ziga xosdir. Darhaqiqat, bu adabiyot tarixi XX asrning boshidan to hozirgi kungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr ichida Yangi o`zbek adabiyoti paydo bo`ldi. shakllandi, yangi` hayot bilan chambarchas holda o`sdi.Yillar o`tishi bilan yangi adabiyotimizda xilma-xil sirli o`zgarishlari yuz berdi. Bu o`zgarishlar hayotdagi tarixiy voqealar ta`sirida sodir bo`ldi. Muayyan jamiyatimiz o`z tarixining hozirgi davriga yetib kelguncha murakkab va sermashaqqat yo`lini bosib o`tdi. Jamiyat tarixining bosqichlari o`zaro bir - biridan farq qilganidek, hozirgi zamon o`zbek adabiyoti taraqqiyotining davrlari ham o`ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib, farqlanib turadi. Masalaga shu nuqtai nazardan qaralsa, XX asr o`zbek adabiyoti tarixini quyidagicha davrlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir: 1. Milliy uyg`onish davri adabiyoti (1905-1916). 2. Inqilobiy o`zgarishlar davri adabiyoti (1917-1929 yillar). 3. 30-40 yillar adabiyoti. 4. 50-80 yillarning oxirlari o`zbek adabiyoti. 5. Mustaqillik davri adabiyoti. Adabiyotlar: 1. Karimov.LA. Istiqlol vama`naviyat,-T.: O`zbekiston, 1994. 2. Karimov N va boshq. XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. (darslik),-T.: O`qituvchi,1999. 3. Mirzayev S. XX asr o`zbek adabiyoti. - T.: Yangi asr avlodi, 2005. 4. www.ziyonet.uz Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling