Yarim o’tkazgichning o’tkazuvchanligi - Jism o’z agregat holatini o’zgartirganda atomlarning energetik holatlari tashqi ta’sir orqali bir-biriga nisbatan siljiydi va ko’p miqdordagi energetik zonalar vujudga keladi.
- Dielektrik, yarim o’tkazgich va o’tkazgichlarning energetik diagrammalari bir-biridan keskin farq qiladi. Bu farq ulardagi ta’qiq zonalarining o’lchami bilan belgilanadi. Har bir jismning atomi o’zining aniq spektr chizig’iga ega. Turli atomlar o’zining aniq energetik holatiga ega bo’lib, ular bir energetic holatdan ikkinchisiga o’tganda kvant chiqaradi yoki yutadi.
- Agar atom katta energetik holatdan kichikrog’iga o’tsa, u o’zidan energiya ajratib chiqaradi va nurlanish sodir bo’ladi, aksincha bo’laganida esa, atom energiyani yutadi. Shunday qilib, atom tashqi energetik ta’sir orqali o’z holatini o’zgartiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |