Reja: Yer sharining koinotda tutgan o’rni


Download 24.37 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi24.37 Kb.
#1123561
  1   2

2-Mavzu: Yer sharining koinotda tutgan o’rni. Osmon yoritgichlari haqida tushuncha. Quyosh tizimi.
Reja:
1. Yer sharining koinotda tutgan o’rni.
2. Osmon yoritgichlari haqida tushuncha.
3.Quyosh tizimi haqida tushuncha berish.

Yer sharining koinotda tutgan o’rni.
Koinotda muallaq turishi to'g'risidagi oddiy afsona bilan ilmiy kuzatishlarga, inkor qilib bo'lmaydigan dalillarga asoslangan aniq hisoblar o'rtasida birgina haqiqat mavjud. Bu ham bo'lsa, Yerning doimiy va uzluksiz harakatda ekanligidir.
Agar biz ko'p yillik kuzatishlarga asoslangan ilmiy nazariyalarni tahlil qilsakYerning harakati, uni ko'tarib turgan «baliq» yoki «ho'kiz» bilan bog'liq emas, balki ma'lum rivojlanish qonuniyatiga asoslangan murakkab tabiiy fizik- kimyoviy jarayonning mahsuli ekanligiga amin bo'lamiz.
Rus geofizik olimi O.Yu.Shmidt (1943) sayyoralar tizimi sovuq holatdagi changlar oralig'idagi Quyosh harakatidan paydo bo'lib, Yer va boshqa sayyoralar dastlab sovuq holatda bo'lgan, keyinchalik esa radioaktiv unsurlarning parchalanishi natijasida asta- sekin qizib borgan, degan fikrni bildirgan. Mazkur gipoteza Quyosh tizimining ko'pgina xususiyatlarini ishonchli darajada isbotlab bergan bo'lsada, lekin Quyosh va yulduzlar rivojlanish bosqichlarining ayrim muammolarini tushuntirib berolmadi.
Astronom olimlardan V.G.Fesenkovning fikricha (1950), Quyosh va sayyoralar dastlabki gaz - changli materiyaning keyinchalik jipslashuvi natijasida paydo bo'lgan. Bunda markaziy qismda Quyosh, uning atrofida esa sayyoralar paydo bo'lganligi tushuntiriladi.
Quyosh tizimidagi sayyoralar
Quyosh tizimi, Koinotning tuzilishidagi ayrim ma'lumotlarga to'xtalib o'taylik. Zero, Yerni Koinot jismlaridan ajratilgan holda tasavvur qilish mumkin emas.
Bizni o’rab turgan moddiy olam, bir so'z bilan aytganda, Koinot (yunoncha dunyo, olam) deyiladi. Koinotning fazo va makonda o'lchami yo'q cheksizdir. Koinotda materiyalar bir xildagi taqsimotga ega bo'lmasdan, yulduzlar, sayyoralar, meteoritlar, kometalar va turli gazlar majmuasidan iborat bo'lib, bir butun Galaktikani tashkil etadi.
Quyosh tizimiga 9 ta sayyora, 42 ta yo’ldosh, 50 mingdan ortiq kichik asteroidlar, sanog'i yo’q meteorit va kometalar kiradi.
Ularning markazida Quyosh joylashgan bo'lib, u barcha Koinot jismlarini o'ziga tortib turadi. Bu tizimdagi hamma jismlar o'zaro gravitatsiya (butun olam tortishish qonuni) kuchi bilan bog'langan.
Quyosh diametri Yernikiga nisbatan 109 marta katta, o'rtacha zichligi 1,41 g/sm3, tashqi qobiqlarining o'rtacha harorati 5600°S, yoshi 6 - 6,5 mlrd. yil.
Quyosh tizimidagi sayyoralardan faqat Yergina o'zining mukammal rivojlangan atmosferasi va gidrosferasiga ega. Yerning fazodan turib olingan sur’atida tog' tizmalari, okeanlar, yirik tekisliklar aniq ko'zga tashlanadi. Oy Yerning yuldoshi bo'lib, ular orasidagi masofa 384000 km, orbita bo'ylab aylanish davri 27 sutka, zichligi 3,3gFsm3. Oyning Yer va o'z o'qi atrofida aylanishi bir xilda bo'lgani uchun Yerdan uning doimo bir tomonigina ko'rinadi.
Quyosh tizimi va Yerning paydo bo'lishiga oid ayrim gipotezalar bilan tanishib chiqamiz. Yer va Quyosh tizimiga kiruvchi sayyoralarning paydo bo'lish muammosi butun tarixiy davr mobaynida olimlarning diqqat markazida bo'lgan. Taraqqiyotning turli davrlarida har xil gipotezalar yuzaga kelgan va ma'lum vaqt hukmronlik qilgan.
1755- yili nemis faylasufi I.Kant bildirgan fikrga ko'ra olamning paydo bo'lishidagi birlamchi materiya mayda zarrachalardan iborat bo'lib, Quyosh, yulduzlar va boshqa Koinot jismlari itarilish va tortilish kuchlari ta'siridan shu tarqoq zarrachalarning to'planishi natijasida paydo bo'lgan. Fransuz matematigi P.Laplas esa (1796) Quyosh tizimini tarqoq va cho’g'dek qizigan gazsimon tumanlikning aylanma harakati natijasida paydo bo'lgan, deb tushuntiradi. Keyinchalik bu ikki olimning gipotezasi Kant-Laplas gipotezasi deb nomlangan va olimlar tomonidan qabul qilindi. O'z zamonasida bu gipoteza ilg'or hisoblanib, keyinchalik astronomik tadqiqotlar chuqurlashuvi tufayli ayrim talablarga javob berolmagani uchun e'tibordan chetda qolgan.
Quyosh - Quyosh sistemasining markaziy va eng massiv jismi bo'lib, massasi Yer massasidan 333 000 marta katta va hamma planetalarning umumiy massasidan 750 marta ortiq. Quyosh yuzasining temperaturasi 6000°S. Quyosh diametri bo'yicha Yerdan 109 marta, hajmi bo'yicha 1,3 mln. marta katta. Quyosh kuchli manba bo'lib, u elektromagnit to'lqinlari spektrining hamma diapazonida nurlanadi. Bundan tashqari nurlanish quyosh sistemasidagi hamma jismlarni yoritib ularni qizdiradi, planeta (sayyora)lar atmosferasining fizik holatiga ta'sir ko'rsatadi. Quyosh Yerdagi hayot uchun zarur bo'lgan yorug'lik manbai va bizga eng yaqin yulduz bo'lib, boshqa yulduzlardan farqli o’laroq, uning diskini ko'rishimiz mumkin. Quyosh moddasining o'rtacha zichligi 1400 kg/m3 ga teng.
Yer atmosferasidan tashqarida quyosh nurlariga o'ralgan 1 m 2 sirtga Quyoshning 1,36 kv yorug'lik energiyasi to'g'ri keladi. Yer Quyosh tarqatayotgan energiyaning taxminan 1/2 000 000 000 qisminigina oladi.
Quyosh sistemasiga kiruvchi asosiy planetalar (Yer guruhidagi va gigantlar) dan tashqari bu tizimda kichik planetalar (asteroidlar), bolidlar va kometalar mavjud.
steroidlar asosan Mars va Yupiter orbitasi oralig'ida aylanadi va bevosita qaraganda ko'rinmaydi. Birinchi kichik asteroid 1801 yilda kashf etilgan va Serera, Pallada, Vestava, Yunona nomlari bilan atalgan. Hozirgi vaqtda 3000 dan ortiq asteroidlar ma'lum. Milliardlab yillar davomida asteroidlar bir-birlari bilan to'qnashib kelganlar. Asteroidlarning umumiy massasi Yer masasining 0,1 qismiga teng keladi.
Eng yorug' asteroid –Vesta bo'lib eng katta asteroid esa –Serera hisoblanadi. Uning diametri 770 km har yili yangi asteroidlar kashf etilmoqda
Quyosh sistemasi tarkibiga kiruvchi hisobsiz ko'p meteoritlar - toshli va metall parchalaridan, shuningdek juda maydalari qum va chang o'lchamigacha bo'lganlari ham mavjud. Meteoritlar Yerga tez-tez - 10 dan 200 km/s gacha tezlik bilai tushib turadi. Yer atmosferasidagi meteorit yorug' izi meteor (tushadigan «yulduz») deyiladi.
Tabiatda juda kam uchraydigan va osmonda uchib o'tadigan olov shar shaklidagi yirik meteoritlar bolidlar deyiladi, Bolidlar ko'piicha sezilarli darajadagi diametrga ega bo'lib, ba'zida hatto kunduzi ham ko'rinadi.
Meteoritlar asosan 3 sinfga bo'linadi:
1) temirli-siderit, asosan nikelli temirdan tashkil topgan;
2) temir-toshli - siderolitlar, taxminan temir va silikat mineral miqdori bir xil;
3) toshli - aerolitlar, tarkibida nikelli temir bo'lgan silikatli minerallar.
Aniqlangan meteoritlarning 80% ga yaqini toshdan iborat.

Download 24.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling