Imtiyoz belgilari chorrahalardan, qatnov qismlari kesishmalaridan yoki yo‘lning tor uchastkalaridan o‘tish navbatini belgilashda ishlatiladi. «Asosiy yo‘l» 2.1 belgisi yo‘lning boshlanishida va aholi yashaydigan punktlarda har bir chorrahadan oldin o‘rnatiladi.
«Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv» 2.3.1 va «Ikkinchi darajali yo‘lni tutashuvi» 2.3.2, 2.3.3 belgisi aholi yashamaydigan punktlarda 2.1 belgisi bilan belgilangan yo‘llarda haydovchilarga imtiyoz berish uchun ishlatilib, ularni chorrahadan oldin 150300 m masofada o‘rnatiladi.
«Yo‘l bering» 2.4 belgisi asosiy yo‘lga chiqish joyida chorrahadagi ko‘rinish ta’minlangan bo‘lsa, o‘rnatiladi. Bu belgilar aholi yashamaydigan punktlarda oldindan, chorrahaga 150300 m masofa qolganda o‘rnatilishi kerak (qoplamasi bo‘lmagan yo‘llar bularga kirmaydi).
Ta’qiqlovchi belgilardan harakatga muayyan cheklovlar kiritishda yoki ularni bekor qilishda foydalaniladi.
«Maksimal tezlik cheklangan» 3.24 belgisi yo‘l sharoitiga bog‘liq holda quyidagi joylarda o‘rnatiladi:
1. Qarshidan kelayotgan avtomobillarni ko‘rish ta’minlanmagan yo‘l uchastkalaridan (rejadagi bo‘ylanma kesimdagi egriliklarda) oldin 31-jadvalga asosan o‘rnatilishi kerak;
20-jadval
Qarshidan kelayotgan avtomobillarni ko‘rish masofasi, m
|
Ruxsat etilgan tezlik,
km/soat
|
100 kam
|
40
|
100 - 120
|
50
|
120 - 150
|
60
|
150 - 200
|
70
|
200 - 250
|
80
|
Do'stlaringiz bilan baham: |