Reja: Yozma ish haqida ma'lumot
Download 33.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqYOZMA ISH,DIKTANT
Mavzu: Yozma ish haqida ma'lumot, diktantni baholash Reja: 1.Yozma ish haqida ma'lumot 2.O‘quvchining yozma savodxonligi oshirish 3.Diktantni baholash mezonlari Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish borasida o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: imlo qoidalarini ongli o‘zlashtirish, ijodiylik, fikrni aniq, lo‘nda, qisqa va tushunarli bayon etish. O‘quvchi yozma savodxonligini oshirish maqsadida taqvim-mavzu ish rejasida ko‘rsatilgan muddatlarda insho, bayon hamda diktant kabi yozma ish turlarini muntazam o‘tkazib borish belgilangan. Yozma ish turi o‘quvchi bosqichma-bosqich o‘zlashtirgan imlo qoidalariga mos ravishda tanlanishi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchi o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilmog‘i, o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini qay darajada amalda qo‘llay olishini aniqlashga yo‘naltirilmog‘i kerak.Taqvim-mavzu ish rejasiga asosan yozma ish turlarini o‘z vaqtida o‘tkazish mumkin, ammo uning natijasi qanday bo‘lishiga ko‘ra tadbirlar ishlab chiqilmog‘i — bosh masala. Aslida, o‘quvchining savodxonlik darajasi saboq berayotgan o‘qituvchiga hali nazorat ishlari boshlanmasdan avval aniq bo‘ladi. Chunki ko‘pi bilan uch dars oralig‘ida o‘quvchi aylanma daftarlarini tekshirish sinchkov murabbiyga bu imkoniyatni beradi. Shu o‘rinda nafaqat til sohasidagi, balki uyga yozma vazifa beriladigan matematika darslarida ham aylanma daftarlarning muntazam tekshirilishi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashning debochasi va bajarmaslik mumkin bo‘lmagan zaruriy tashxis ekanini aytib o‘tmoq joiz. Agar ushbu ishni nimagadir qiyoslash joiz bo‘lsa, o‘qituvchilik faoliyatining asosi, yuklamasining teng yarmi sifatida baholash o‘rinlidir. Aylanma daftarlarni tekshirish kundalik odatiy mashg‘ulot sifatida bir stavka dars egasidan har kunda kamida ikki, nazorat o‘tkazilgan kundan keyin nazorat turiga qarab uch-to‘rt, ba’zan besh-olti soat vaqt talab etadi. Aylanma daftarlar tekshuruvi o‘quvchi savodxonligini aniqlashdan tashqari, savod o‘rgatish borasida ham bemisl ahamiyatga ega. To‘g‘ri tekshirilgan so‘z, jumla yoki gap imlo me’yorlari borasidagi amaliy muloqot tarzida o‘quvchi esida oson qoladi va keyingi amaliyotda mayoq vazifasini o‘taydi. Sinfda va uyda bajarilgan matn yaratishga oid topshiriqlarni har bir o‘quvchi kesimida nuqta, verguligacha e’tibor bilan tekshirish o‘qituvchiga muayyan o‘quvchining yutuqlari va bo‘shliqlarini aniqlash, keyingi darslarda ularga munosabat bildirish imkonini yaratadi. O‘quvchilarning yozma savodxonligi DTS talablaridan past darajada bo‘lsa, o‘qituvchi taqvim-mavzu ish rejasiga qo‘shimchalar kiritishi yoki o‘quvchilar yozma savodxonligini oshirish maqsadida qo‘shimcha darslar tashkil qilishi samara beradi. Faqat bu darslar internetda “To‘garak ish rejasi” deya taqdim etilayotgan ona tilidan taqvim-mavzu ish rejasining chala nusxasi shaklida emas, balki o‘quvchilar real bilim, malaka, ko‘nikmalarining tashxisiga asoslangan, maqsadli belgilangan mavzularga oid saboqlar bo‘lmog‘i kerak. Aytaylik, savodxonlik asosida qisqa lug‘at, noto‘g‘ri diktant(“Ma’rifat” gazetasi, 2013-yil 12-oktabr)lar, o‘quvchilar uchun matn yaratishga oid uyga berilgan vazifalar yoki ijodiy yozma ishlarida yo‘l qo‘ygan uslubiy xatoliklarni bartaraf etish, punktuatsion va imlo qoidalarini bandlar bo‘yicha mavzulashtirib o‘rgatish (albatta, mashg‘ulotni ko‘p bilim yuklamasi bilan “boyitmaslik”, shundog‘am o‘z tengqurlaridan ortda qolayotgan o‘quvchini kompleks bilimlar bilan zada qilmasdan, unga zaruriy, esda qoladigan, ortda qolayotgan o‘quvchi ko‘taradigan bilimlarni singdirish va saboqdan keyinoq amaliyotda qo‘llashi mumkin bo‘lgan ko‘nikma va malakani shakllantirish)ga qaratilmog‘i lozim. O‘quvchi dasturda belgilangan DTS talablarini hamma vaqt ham risoladagiday uddalay olmasligi mumkin. Buning bosh sababi, o‘quvchilarning quyi sinflarda yoki oldingi mavzularda o‘rganishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarida bo‘shliq yuzaga kelganidir. Bu bo‘shliq barcha uchun bir xil — standart bo‘lmaganidan bu masalaga har bir o‘qituvchi individual — ijodiy yondashishiga to‘g‘ri keladi. Odatda, yuqori sinf o‘qituvchilarining boshlang‘ichdan qabul qilib olgan o‘quvchilari karra jadvalini bilmasligi yoki o‘qish tezligi minimum talabga javob bermasligi haqidagi shikoyatlarini ko‘p eshitamiz. Bu sifatsiz saboq “meva”larini tengqurlari darajasiga yetkazish deyarli imkonsiz, chunki yuqori sinf o‘qituvchisining bunday o‘quvchi bilan karra jadvali yoki o‘qish tezligi borasida shug‘ullanishdan ham ko‘ra muhimroq muammolari yetarli bo‘ladi. Shu bois ham bugungi maktab bitiruvchilarining anchaginasi savodi “g‘ovlaganlar” safida bosh egib turadi. Bejiz qozoq xalqining ulug‘ oqini Abay: “Ishning omadi — o‘z vaqti”, demagan. O‘qituvchi real vaziyatdan kelib chiqqan holda nafaqat yozma ishlarni, balki sinf va uy ishlarini ham e’tibor bilan o‘rganib chiqmog‘i, har bir o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatolarni belgilab olmog‘i va ular asosida guruhlangan xatolar ro‘yxatini tuzmog‘i, umumiy xato va kamchiliklarni frontal ko‘rinishda, xususiy xato va nuqsonlarni individual ishlab chiqishi talab etiladi.Aytaylik, undalma va kirish so‘zlar mavzusi o‘tilgan darsdan keyin undalma va kirish so‘zlar ishtirok etgan matn tanlanishi va ushbu matn bo‘yicha diktant olinishi mumkin. Avvalambor, dars o‘tish jarayonida undalma va kirish so‘zlar mavzusi puxta o‘rgatilishi, undalmalarda undash faqat shaxslarga emas, balki narsa-hodisalarga nisbatan ham qaratilishi mumkinligini; kirish so‘zlarning barcha ifodalagan modal ma’nolari, ularning sof va vazifadoshligini darslik hamda qo‘shimcha misollar orqali fahmlashga — ongli idrok etishga rag‘batlantirish zarur. Bugun, shubhasiz, yomg‘ir yog‘adi. Bugun yomg‘ir yog‘ishi shubhasiz gaplarida kirish so‘zning vazifadosh va mustaqil so‘z sifatidagi ko‘rinishlari keltirilgan. Ushbu gaplar tarkibidagi qaysi bir shubhasiz so‘zi kirish so‘z, qaysi biri mustaqil so‘z ekanligiga o‘quvchining fahmi yetmas ekan, u bu so‘zlarning imlosida xatoliklarga yo‘l qo‘yishi muqarrar. Demak, o‘quvchining yozma savodxonligiga tamal toshi yozma ishlar yozish jarayonida emas, balki imlo qoidalariga oid mavzularni o‘rgatish jarayonida qo‘yiladi. Yozma ish bir necha bosqichni qamrab oladi. Shunga ko‘ra diktant, bayon, insho kabi yozma ishlardan har birining bir qancha turi mavjudki, ulardan maqsadli foydalanishgina ko‘zlangan samarani beradi. Diktant nisbatan mo‘tadil yozma ish turi sanaladi. Uni a’lo bahoga yozish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yozma ishning bu turida o‘quvchining erkin fikrlashiga zarurat sezilmaydi, chunki tayyor matn aytib turiladi va o‘quvchi yozaveradi. Shu o‘rinda hatto diktovka (o‘qib yozdirish) talablarini barcha o‘qituvchilar ham bilmasligi haqida aytmoqchimiz. Diktovka jarayonida yuqori sinf o‘quvchilariga bo‘g‘inlab, quyi sinf o‘quvchilariga so‘z yoki jumla ta’kidlab o‘qilayotgan, noto‘g‘ri talaffuz qilinayotgan, noto‘g‘ri to‘xtam holatlariga duch kelyapmiz. Ba’zan o‘quvchining faqat o‘z o‘qituvchisi diktovkasiga ko‘nikma hosil qilganini ko‘ramiz. Bilimlar bellashuvlarida notanish o‘qituvchining diktovkasi o‘quvchilarni esankiratib qo‘ygan holatlar kuzatilmoqda. Diktantning o‘ziga xos sharti o‘z lug‘aviy ma’nosidagi diktovka — aytib turib yozdirish degan tushunchadan ko‘ra muhimroqdir. Diktant — bu eshitganinigina yozish emas, balki aytilayotgan so‘zning ongda, shuurda muhrlangan suratini nusxalash. Shuning uchun ham aytib turish — diktovka qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘quvchining to‘g‘ri yoza olishiga erishish bosh masaladir. O‘quvchi aql, fahm kabi bir bo‘g‘inli so‘zlarda qator kelgan undoshlar orasida qisqa i unlisi eshitilsa-da, yozilmasligini; zidlov, sabab va aniqlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yilishini ongli idrok etmasa, bahosi “yaxshi” yoki “a’lo” bo‘lishidan umidvor bo‘lmaslik kerak. Demak, diktant uchun ham faqat diktant yozayotgan paytni muhim deb belgilamaslik zarur. Shu o‘rinda o‘quvchi savodxonligini oshirishda eng muhim manba sanalgan diktant va bayonlar to‘plamlari, yuqori tashkilotlardan nazorat yo‘rig‘ida kelayotgan yo‘riqnomalar savodxonligi xususida ikki og‘iz gapirish o‘rinlidir. Amaldagi diktant va bayonlar to‘plamlaridan ehtiyot bo‘lib foydalanish lozim, chunki biror matn yo‘qki, uni imloviy, punktuatsion yoki uslubiy tuzatishlardan birisiz foydalanib bo‘lsa. Bu xulosalarimizga atayin misollar keltirmaymiz, chunki bu xatoliklarni na mualliflar, na nashriyot bo‘yniga oladi. Bundan tashqari, ulardan foydalanayotgan salgina savodi bor mutaxassis, bu iddaoga isbot qidirish zaruratini sezmaydi. Ta’lim tizimida diktantlarni xizmati benohoya kattadir. Diktantlarni maktablarda o’quvchilarga imlo va punktuatsiya o’qitishdagi katta xizmati shundaki, diktant yozish jarayonida yozuv orqali o’quvchilarni aqliy faoliyati rivojlanadi. O’quvchi o’qituvchi aytib turgan jumlalarni yoki so’zlarni yozadimi, yoki fikrini erkin yozadimi, baribir u ongli ravishda og’zaki nutqni yozma shaklga ko’chiradi. Dastlab, so’zlovchini nutqini tinglovchi mazmun jihatdan idrok qiladi. So’zlovchidan nutqini yozuvga ko’chirish jarayoni boshlanganda esa, o’quvchi gapdagi so’zlarni tovush tarkibi va gaplarni ohangiga e’tibor beradi, tovush va harflarni o’zaro qiyoslaydim ohangni ma’lum tinish belgilari bilan ko’rsatishga harakat qiladi. O’quvchi diktant yozishda doimo o’zini ichki nutqiga asoslanadi. Yozish jarayonida o’quvchini nutq organlari so’z uzvlarini bilinear-bilinmas talaffuz qilgan holda harflarga ko’chira boshlaydi.Ma’lum harflar tushirib qoldirilgan so’zlarni to’g’ri yozish talab qilingan mashqlarda ham o’quvchi so’zni avval to’lig;icha ichida talaffuz qiladi va tushirib qoldirilgan tovushga muvofiq keladigan harfni topadi. Shuni uchun ham o’quvchi tovush va harf munosabatini yaxshi bilishi kerak. Tovush o’ziga muvofiq keladigan harfiy ifodasiga ega bo’lganda, o’quvchi bunday tovushlarni harflarga aylantirishda qiyinchilik sezmaydi. Lekin ayrim hollarda, xususan, kuchsiz holatga kelganda, tovushlar o’zlarini to’liq talaffuziga ega bo’lmaydi. Ana shunday paytlarda o’quvchi orfogrammani yozishda qiynalib qoladi. Masalan, obot talaffuz qilinsa ham, obod yoziladi. Bunday holatlarni sababini o’quvchiga tushuntirish kerak. Shunday qilib, o’quvchi diktant yozishda so’zlarni tovushlarga ajratish va tovushni harflarga solishtirish ko’nikmasiga ega bo’ladi. Eng muhimi, tovush va harflarni bir-biriga muvofiq keladigan va muvofiq kelmaydigan holatlat borligini ajratib oladi. Muvofiq kelmaydigan holatlarni sababini bilib oladi. O’quvchilarni to’g’ri yozish ko’nikmalarini shakllantirishda xilma-xil diktant turlaridan foydalaniladi. Garchi diktantlarni barchasi ta’limiy xususiyatga ega bo’lsa ham lekin ma’lum bir mavzu o’tilgandan so’ng, shu mavzuni o’quvchi qanchalik o’zlashtirganini sinamoq uchun alohida diktant turi o’tkaziladi, bunday diktant ta’limiy diktant nomi bilan yuritiladi. Ba’zi adabiyotlarda diktantlar dastlab ikki guruhga bo’linadi: ta’limiy va nazorat diktantlar. Ta’limiy va nazorat diktant esa, o’z navbatida ijodiy diktant, lug’at diktant, saylanma diktant, ta’kidiy diktant kabi turlarga ajratiladi.Anglashiladiki, nazorat diktantdan boshqa barcha diktant turlari ta’limiy diktant hisoblanadi. DIKTANTNI BAHOLASH MEZONLARI Download 33.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling