Reja: Yozma nutq texnikasi va og’zaki nut texnikasi
Download 180.19 Kb. Pdf ko'rish
|
1 seminar
1 seminar mavzusi- Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi
Reja: 1. Yozma nutq texnikasi va og’zaki nut texnikasi 2. Notiq ovozidagi o’ziga xos holatlar 3. Notiq ovozining xususiyatlari Tushunchalar va tayanch iboralar: nutq, til, til madaniyati va nutq madaniyati, notiqlik, pedagogik faolayt va notiqlik, nutq va nutq madaniyati Talabalarga qo`yiladigan talablar: Adabiyotlarni tahlil qilish, ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok, bahs- munozaralarda ishtirok etish. Olgan bilimlarni maktabgacha ta‟lim muassasalarida kuzatish va tahlil qilish. O`qituvchiga qo`yiladigan talablar: a) talabalar diqqatini jalb etish; b) didaktik maqsadni tushuntirish; v) faollashtiradigan bilim va ko‟nikmalarni rag‟batlantirish. Amaliy mashg’ulot bayoni:
Yoqimli va jarangdor ovozga ega bo’lgan o’qituvchi o’z talabalarini ovozining shiradorligi bilan asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o’qituvchi o’z ovozini kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo’lganda undan foydalani bilish malakasiga ega bo’lishi kerak. O’z ovozida kamchilik sezgan o’qituvchi uni yo’qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim bo’ladi. CHunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo’lmaydi. O’qituvchining ovozida quyidagi holatlarni bo’lishi uniyanada yoqimliroq va jozibaliroq bo’lishida xizmat qiladi: - jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); - keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo’lgan darajasi); - havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi); - ixchamlik, harakatchanlik; - chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi); - moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshtilish sharoitiga moslasha olishi); - qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (halaqit beruvchi shovqinga
tembr va tessituraning o’zgarib turishi); - suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash va bu orqali, qanday so’z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati). Nutq texnikasi deyilganda, nutqning tinglovchi yoki talabaga yetkazishda qo’llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko’rinishda bo’lganidan, uning texnikasini ham ikki xil ko’rsatish mumkin: 1. Og’zaki nutq texnikasi; 2. Yozma nutq texnikasi. Og’zaki nutq texnikasi tovush, bo’g’in, so’zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, fiktsiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib turishi, unli va undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi. O’zbek adabiy tili og’zaki nutq texnikasining rivojiga o’zbek madaniyatining atoqli namoyondalari, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, aktyorlar katta hissa qo’shdilar. Bu borada H.Olimjon, G’.G’ulom, H.G’ulom, aktyorlardan: A.Hidoyatov, SH.Burxonov, O.Xo’jaev, S.Eshonto’raeva, R.Hamroev, H.Umarov, suxandonlardan: U.Burxon, T.Yunusxo’jaeva, Q.Maxsumov, N.Qambarova, O’.Jobirov so’z ustasi: M.Hamidovlarning xizmatlarini ko’rsatib o’tish joizdir. Ular o’zlarining shirali ovozlari bilan tinglovchilarni maftun qilib kelganlar. Hozirgi she’r o’qish texnikasida ikki xil yo’nalish mavjud. Bu she’rxonlikda yaqqol sezilib turadi. Biri an’anaviy she’r o’qish bo’lib, unda asosan she’r turoqlarga, she’r birikmalariga bo’lib o’qiladi. Bu usul keska shoirlarning she’r o’qiganida eshitamiz. Ikkinchi xil she’r o’qishni esa, shoir A.Oripov va H.Xudayberdievalar boshlab berdi. Bu usulda, asosan misradagi har bir so’zga alohida urg’u beriladi, so’zlar bir-biridan kichik pauza bilan ajratib o’qiladi. Yoshlar orasida keyingi yo’nalishga, usulga ergashish kuchlidir. Bunday yangicha she’r o’qish usullariga mutaxassislar tomonidan hali baho va nom berilgan emas. Yozma nutq texnikasi o’z mohiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi. Har qanday yozma nutq uchun zarur bo’lgan texnik xususiyatdir. Ish qog’ozlariga xos bo’lgan texnik xususiyatdir. Yozma nutq ham xuddi og’zaki nutq kabi tinglovchi (talaba) uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, talabaga tez va butun mohiyatibilan yetib borishidan yozuvchi ham, talaba ham manfaatdor. SHuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: a) har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo’lishi, yorqin fikr anglatilishi kerak. Gap tugagandan keyin mazmunga ko’ra tegishli tinish belgilari qo’yilgan bo’lishi kerak; b) ma’lum bir fikr bayon etilgandan so’ng, nutqning tarkibiy qismi bo’lgan boshqa fikr ham boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi lozim; v) dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsning gapi tire orqali yoziladi; g) ko’chirma gaplar, ko’chirmalar, o’z ma’nosida ishlatilmagan so’zlar, birikmalar qo’shtirnoq ichiga olinadi; d) nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy qismi hisoblanmaydigan narsalar tire yoki qavs bilan ajratiladi; ye) ot, kesim (bog’lamasiz bo’lganda), izohlovchi, undalma, ajratilgan bo’laklar tegishli tinish belgilar bilan ajratiladi; j) nutqning xat boshidan yirik qismlari boblarga bo’lib ko’rsatiladi. Ish qog’ozlari ham yozma nutq hisoblanadi. Ularning yozilishi ham nutqqa xos umumiy talablardan chetga chiqmaydi. Ish qog’ozlari ham talabaga mo’ljallab yoziladi. Ish qog’ozlari mazmun va shakl jihatidan turlitumandir. Masalan, ariza, ma’lumotnoma, tilxat, qaror, buyruq (farmon), annotatsiya, taqriz, ishonch qog’ozi, tavsifnoma, tavsiyanoma, hisobot, rahmatnoma, munosabatnoma, telegramma, axt, salomxat va h.k. Ish qog’ozlarining katta qismi o’zining qat’iy texnik shakliga ega. Bunday qat’iy shakl ularni tayyorlashni yengillashtirishdan tashqari talaba uchun o’zida bayon etilgan fikrni tezroq va yorqinroq anglashga ham yordam beradi. Hamma texnik qoidalarga amal qilib yozilgan ish qog’ozlarga o’z tashqi ko’rinishi bilan chiroyli, mazmunan ravshan bo’ladi va talabada qandaydir darajada zavq uyg’otadi. Har bir ish qog’ozi lug’aviy tarkibi bilan boshqasidan va o’zga nutq ko’rinishlaridan ajralib turadi. Masalan, ma’lumotnoma uchun xos bo’lgan so’zlar, tavsifnomaga yoki qarorga muvofiq bo’lmaydi. Ish qog’ozlarida gaplar kam so’zli, har bir so’z esa, aniq maqsadni ko’zlagan bo’ladi. Ish qog’ozlarida badiiy adabiyotga xos qochirimlar, o’xshatishlar, so’z o’yinlari deyarli ishlatilmaydi. Har bir ish qog’ozining boshqasidan ajratib turadigan o’z shakli (tashqi ko’rinishi) bo’ladi. Masalan, ma’lumotnomaga chap tomondan shtampga joy qoldiriladi, sarlavha sifatida birinchi bo’lib, ma’lumotnoma so’zi yoziladi. Arizada esa, avval ariza beriladigan tashkilot, rahbarning nomi, so’ngra satrning yarmidan arizachining manzilgohi, tashkiloti, familiyasi yozilib, «Ariza» so’zi o’rtadan bosh xarf bilan boshlanadi va h.k. Nafas olish ikki xil bo’ladi oddiy nafas olish va fonatsion nafas olish. Fonatsion nafas olishning oddiy nafas olishdn farqi nima? Oddiy nafas olishining vaqtida ьurun orqali olayotgan va chiqarayotgan nafasning olinishi va chiqarilish vaqtida burun orqali olayotgan va chiqarayotgan nafasning olinishi va chiqarilish vaqti teng va qisqa bo’ladi. Oddiy fiziologik nafas ilishda izchillik bu nafas olish, nafas chiqarish,to’xtashdan iborat. Ovoz nafas chiqarishdan xosil bo’ladi. SHuning uchun doimiy so’zlaydiganlar uchun nafas olishdagi izchillik – nafas olish, to’xtash va uzoqroq davom etgan nafas chiqarishdan iborat bo’lishi kerak. O’qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko’plab mashqlar belgilangan. SHulardan biri, yerga chalqancha yotgan holda burun orqali uzoq vaqt davom etadigan chuqur nafas olish yoki shu holatni tik turgan holda qaytarish naqas olish organlarini to’g’ri ishlashiga yordam beradi. Ko’pchilik o’qituvchilar o’rtasida tabiiy ovozga, ya’niham jaragdor, yoqimli ovozga ega bo’lganlarini uchratish mumkin. Lekin tabiiy ovoz ham vaqti bilan o’zkuchini yo’qotadi, o’zgaradi. Ya’ni shuni aytib o’tish kerakki, har bir inson ovozi kuchli, o’zgaruvchan va jarangdor bo’lishi mumkin. O’qituvchi ovozining xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Ovozning kuchi. Ovoz kuchi tovush organlarini ishiga, ularning faoliyatiga hamda nafas chiqarishga bog’liqdir. 2. Tovushning qancha masofaga yetkazilishi. Bu bilan mutaxassislar o’qituvchi ovozini qay masofaga yetkaza olishi va uni qay yo’l bilan sozlashini aniqlab oladi. 3. O’qituvchi nutqida ovozning harakati va o’zgaruvchanligi muhim ahamiyatga ega. Tovush harakati uning baland-astligiga bog’liq. Odam ovozi osongina 2 oktava balandligida o’zgarib turishi mumkin, ammo kundalik nutqimizda 3-5 nota kuchida ovoz ishlatilishi mumkin. 4. Diapazon – ovoz ko’lami, kengligi. Uning chegarasi tovushning qanchalik past yoki balandligiga bog’liq. Ovoz chegarasining kichrayishi bir xil ohangdagi nutqga aylanadi. 5. Tovushning o’ziga xos sifatlari bevosita ovoz tembriga bog’liq, ya’ni mayin, aniq, jarangdor ovoz bo’lishiga bog’liq. Yuqorida aytib o’tilganlar yillar davomida tajriba asosida amalga oshiriladi. Ovozni tarbiyalash – bu uzoq davom etuvchi hamda yakka holda amalga oshiruvchi jarayondir. 6. O’qituvchi ovozining gigienasi. Mutaxassislarning o’tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki, doimo nutq bilan bog’liq bo’lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko’pdir. O’qituvchilar orasida bunday kasallanganlar 40,2% tashkil etadi. Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to’rttasi juda ko’p uchraydi: - har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka; -ovozdan to’g’ri foydalanmaslik; - ovoz gigienasiga amal qilmaslik; -ovoz organlari kuchining tug’ma pastligi. Professional kaalliknioldin tovush gigienasi bilan shug’ullanish va shu joyida maktabda ba’zi sharoitlarga rioya qilish kerak. O’qituvchi har kungi ishdan so’ng 2 – 3 soat uzoq gapirishdan o’zini tiyishi kerak. SHuning uchun bir qatorda o’qituvchilar nafas olish yo’li, nerv sistemasi, ovqatlanish tartibiga ham e’tibor berishi kerak. Juda ham sovuq yoki issiq, achchiq, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish: chekish og’iz bo’shlig’i va tovush organlariga salbiy ta’sir etadi. Og’iz bo’shlig’i va tovush organlarini ko’rib kasallanishini oldini olish uchun osh sodasi va yodni aralashtirib hosil bo’lgan suyuqlik bilan og’izni vaqti-vaqti bilan chayqab turish kerak. SHu borada yana bir maslahat: - bir ohangdagi nutq ovoz berish apparatlarini tez charchatadi, chunki bu vaqtda tovush organlaridan faqat bir guruh muskullar ishlaydi. Nutq qancha ifodali bo’lsa, ovoz shuncha sog’lom bo’ladi; - darsdan so’ng o’qituvchi sovuq havoda tez yurib bo’lmaydi, chunki sovuq havo nafas olish va tovush organlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Diktsiya – talaffuz tarzi, talaffuzning aniq ravshanligi darajasi bo’lib, o’qituvchi uchun to’g’ri talaffuz eng kerakli qurol hisoblanadi, chunki o’quvchilar o’qituvchi tushunishi uchun nutqi, talaffuzi ravon, har bir bo’g’in, so’z va tovushlarni aniq aytishi kerak. Ritmika – ovoz maromi yoki vazn. Ba’zi bir so’zlarning, bo’g’inlarning talaffuzi, ularning tezligi – nutqning sur’atini tashkil etadi. Ovoz tezligi har bir o’qituvchining fazilati nutq mazmuni va muomala vaziyatiga bog’liq. Pauza temp va nutqning yoqimli bo’lishi nutq ohangini tashkil etadi. Bir ohangda nutq zerikarli bo’lib, qiziqish va diqqatni pasaytiradi. Demak, nutq texnikasi haqidagi tushunchaga ega bo’lgach endi doimiy mashq qilishga o’tish kerak. Nafas olishni bir maromga keltirish, talaffuzning aniq ravshanligi darajasini mashq qilish, tovush organlarini mustahkamlash kerak. O’qituvchi ovozi ravon, jarangdor, aniq va o’ziga jalb etadigan bo’lishi kerak. O’quv materialini qiyin joylarini o’qituvchi ovozini sekinlashtirgan holda tushuntirib, qolgan vaqtda tezroq gapirishi mumkin. Ayniqsa mavzu asosida xulosa vaqtida, ya’ni qoida, qonun, aqidalarini ifodalashda ovoz tezligini kamaytirish kerak. Xulosa qilib aytganda, har bir o’qituvchida nutq madaniyati bo’lishi zarur, chunki har bir pedagog o’z nutqi, chiroyli va ravon o’qishi, muomala madaniyati bilan o’quvchilarga namuna bo’ladi. O’qituvchi doimo o’zining nutq madaniyati ustida ishlashi va takomillashtirib borishi lozim. Download 180.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling