Yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirish zarurati va uning falsafiy jihatlari
Reja:
- Yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash dolzarb muammolardan biri sifatida.
- Yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashning maqsad va vazifalari.
- O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yusak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga doir fikrlarning ilgari surilishi.
Bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb vazifa sanaladi. Ma’lumki yuksak ma’naviyatli shaxs deganda, ham aqliy, ham ahloqiy, ham jismoniy kamol topgan moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligini o’zida mujassam etgan mustahkam milliy g’urur va iftixor tuyg’ulariga ega ma’naviy jasorat egasi tushuniladi. Bunday insonning ulg’ayishi va kuch qudratini ma’naviyat tashkil etadi.
Yer yuzida qancha inson, qancha taqdir bo’lsa, har birining o’z ma’naviy olami bor.
I.A. Karimov
Ma’naviyat
Ona suti
Oila tarbiyasi
Ajdodlar o’giti
Vatan tuyg’usi
Hayot saboqlari
Orqali singadi
Ma’naviyat inson ahloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining uzviy bog’langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |