Reja: Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar


Download 0.61 Mb.
bet6/7
Sana21.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1793049
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-ma\'ruza

Qo’shimchalar. Keyingi vaqtlarda qurilishda yangi kimyoviy qo‘shimchalar- superplatiklovchilar ishlab chiqilayapti va amalga oshirilmoqda. Bu qo‘shimchalar beton qorishmasining harakatchanligini va oquvchanligini keskin oshiradi va betonning texnologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Ko‘pincha, superplastiklovchilar-sintetik polimer moddalar, qaysiki, beton qorishmasiga sement massasidan 0,1–1,2% miqdorda qo‘shiladi. Superplastiklovchilar ta'siri, qoida bo‘yicha beton korishmasiga kiritilgandan keyin 2-3 soat bo‘ladi. Ishqor muhitning ta'sirida ular qisman tarkibini buzadi va boshqa moddaga, beton uchun zararsiz moddaga aylanadi va uning qotishiga monelik qilmaydi.
Superplastiklovchilarning kiritilishi asosan temir- beton ishlab chiqarishda samaralidir, qaysiki, beton qotishi tezligining oshishi katta ahamiyatga ega va oddiy plastiklovchi qo‘shimchalardan foydalanish beton qotishini sekinlatadi va natijada maxsus choralar ko‘rish zarurati yuzaga keladi: beton qorishmasiga bir vaqtning o‘zida qotishni tezlatuvchi moddani kiritilishi va issiqlik bilan ishlov berishning mo‘tadil tartibini qo‘llash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, superplastiklovchilar oddiy plastiklovchilarga nisbatan beton qorishmani yuqori darajada suyultiradi, masalan qorishmaning harakatchanligini konus cho‘kmasi bo‘yicha 2 sm dan 20 sm ga oshiradi.
Bular hammasi birga olinganda, past S/S li betonlarni samarali qo‘llash va yuqori mustahkamlikka (60-80 MPa) ega bo‘lish boshqa texnologik qo‘llanmalardan foydalanishdan ancha sodda; yig‘ma temir-beton tayyorlashni quyish usulini keng ko‘lamda foydalanish yoki beton qorishmasini qisqa titratish yerdamida kamaygan S/S bilan qoliplash, murakkab profilli konstruksiyalarni muvaffaqiyatli betonlash, mahsulotni qoliplash muddatini qisqartirish, yuza qismining sifatini yaxshilash, sement sarfini kamaytirish imkonini beradi.
2.2. Yuqori mustahkamli betonning tarkibini hisoblash.
Yuqori мустаҳкамли beton tarkibini loyixalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: konstruk-siyaning turi, qanday sharoitda ishlatilishi va tayyorlanish usulidan kelib chiqqan xolda betonga qo‘yiladigan talabni belgilash; beton uchun material tanlash va ularning xossalarini tavsiflaydigan kerakli ma'lumot olish; betonning birlamchi tarkibini aniqlash; namuna uchun qorilgan beton qorishma tarkibini tekshirish; beton tayyorlash jarayonini nazorat qilish; tayyorlash vaqti, to‘ldiruvchilar xossalari va boshqa omillar o‘zgarganda uning tarkibiga tuzatishlar kiritish.
Shu bilan birga, yuqori mustahkamli betonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak: suv-sement nisbatining kamligi S/S (< 0.4); sement sarfining yuqoriligi (400 dan ortiq)...450 kg / m3); qorishmaning suvtalabchanligi yuqori bo‘lishi; beton markasi ortib borishi bilan, to’ldiruvchilar aralashmasidagi qumning ulushi kamayib borish.
Beton tarkibini tanlashda plastiklashtiruvchi qo'shimchalarni kiritish orqali tsement sarfini kaytirish kerak, bu nafaqat betonning samaradorligini ta'minlaydi, balki uning cho‘kishi va kengayishi kamaytiradi, yoriqbardoshligini oshiradi va shuningdek betonning boshqa xususiyatlarini yaxshilaydi.
Quyidagi dastlabki ma'lumotlar belgilangandan so'ng betonning tarkibini hisoblash mumkin: betonning loyihaviyviy markasi; betonning loyihaviy sinfi (markasi) qorishmaning xarakatchanligi, xom ashyoning xususiyatlari (sementning faolligi yoki markasi, haqiqiy va uyma zichliklari me'yoriy quyuqligi, qum, shag‘al (chaqiq tosh) larning haqiqiy va uyma zichliklari, shuningdek, mayda va yirik to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi va suv talabchanligi kabilar).

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling