Reja: Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar
-jadval Rangli tsementlar uchun pigmentlar
Download 0.59 Mb.
|
Mavzu-2 maxsus (2)
3.1-jadval
Rangli tsementlar uchun pigmentlar
Kerakli rang oralig'iga qarab, klinkerni maydalashda qo'shilgan pigmentlar miqdori 1 dan 15% gacha bo'lishi mumkin. Qora rangdagi tsementlar, ko'p miqdordagi pirolyuzitni o'z ichiga olgan rudalar asosida olinadi. Qorakuya va qora rangdagi pigmentlarga, gazlar yonishidan olingan, shuningdek qattiq va suyuq organik moddalar kiradi. U yuqori rang berish qobilyatiga, ishqor va kislotalarning ta'siriga chidamliligi, bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, qorakuyaning muhim kamchiliklari ham bor: suv bilan yomon namlanadi, zichligi past, shuningdek zararli aralashmalarni o'z ichiga olishi va notekis rang berishi mumkin. Shuning uchun, qorakuyani ishlatganda, suspenziyaga sirt faol qo'shimchalarini qo'shish yoki suspenziyani ishlab chiqarishda maxsus jihozlardan foydalanish kerak. Sement ilmiy-tadqiqot institutining ma'lumotlariga ko'ra, dekorativ sementlarni ishlab chiqarish uchun bo'yoq rudalaridan foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir, chunki ularning narxi tabiiy pigmentlar narxidan 3 ... 4 baravar past. Organik pigmentlar yuqori rang berish qobiliyatiga ega, shuning uchun ularni sement tarkibiga 0,1 ... 0,3% miqdorida qo'shish kifoya, ammo ularning narxi ancha yuqori. Bundan tashqari, zavod sharoitida har doim ham turli ranglar мutanosibligidagi va бир рангнинг turli tusga tuyingan ranglar bilan sementlarni olish mumkin emas. Shu sababli, qurilish sanoatining industriyasidaida dekorativ beton ishlab chiqarishda quyidagi usullar ko'pincha qo'llaniladi: -xom ashyo rudalar va ishlab chiqarish mahsulotlarini maydalab va ularni oq yoki oddiy portlend tsement bilan aralashtiriladi; - tayyor pigmentlarini oq va oddiy portlend tsement bilan aralashtiriladi. Oq va kulrang klinker asosida rangli tsementlarni ishlab chiqarish uchun pigmentlarning turlari 3.2 -jadvalda keltirilgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling