Reja Yuza va uning o‘lchov birliklari Uzunlik o’lchov birliklari Yuza va uning o‘lchov b irliklari


Download 42.79 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi42.79 Kb.
#1433905
  1   2
Bog'liq
UZUNLIK VA YUZA O’LCHOV BIRLIKLARI


Mavzu: UZUNLIK VA YUZA O’LCHOV BIRLIKLARI.
Reja

  1. Yuza va uning o‘lchov birliklari

  2. Uzunlik o’lchov birliklari



  1. Yuza va uning o‘lchov b irliklari

  1. 1 ar (a) = 1 sotix = 100 kvadrat metr (kv.m)

  2. 1 gektar (ga) =100 sotix = 100 ar = 10 000 kvadrat metr

  3. 1 kvadrat metr = 100 kvadrat detsimetr (kv.d) = 10 000 kvadrat santimetr (kv.sm)

  4. 1 kvadrat santimetr = 100 kvadrat millimeter (kv.mm)

  5. 1 kvadrat kilometr = 100 gektar = 1000 000 kvadrat metr


Mavzuni bayon qilishdan oldin og’irlik o’lchov birliklari va uzunlik o’lchov birliklari og’zaki bolalar yordamida sanaladi. Yuzaga ega bo’lgan geometrik shakllar, maydonlar, sinf xonasi, hovlilar, bug’doy, paxta ekiladigan yerlar, gulzorlar, bog’lar misol tariqasida keltiriladi. Yuza o’lchov birliklarini zina shaklida doskaga yozamiz va bolalar uni o’z daftar-lariga ko’chirib yozadilar. O’z qo’li bilan yozgan, chizgan, yasagan narsalari ularning yodida ko’proq qoladi. Zina chizmasi tushirilgan ko’rgazmadan foydalanib, qo’limiz bilan ko’rsatib turib bir nechta tengliklar tuzamiz, qanday tartibda chizmadan foydalanayotganimizni bolalarga aniq yetkazib beramiz.


100mm²=1 sm²
100m²=1 ar
10000m²=1 ga
3sm²=300 mm²
4500 ar=45 g
Har bir tenglikni chizmadan olayotganimizni ko’rgan o’quvchilar mustaqil ravishda tengliklar tuzishlari kerak. Birlik kvadrat haqida ma’lumot berayotganimizda son nuri, birlik kesmani o’quvchilar bilan eslab olamiz.
Istalgan yuza sathini o’lchash, to’g’ri to’rtburchak yuzini o’lchash kabi bajariladi.
Tomoni 10m bo’lgan kavadrat shaklida maydonning yuzi 1 ar ga teng ekan. Demak bo’yi va enining ko’paytmasi 100m² ga teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi maydonlar yuzasi ham 1 ar yoki 1 sotixga teng ekan. 1
ar=10 m·10 m=100m²
1 ga=100 m·100 m=10000m²
Shundan so’ng o’quvchilarga xuddi shu o’lchamdagi to’g’ri to’rtbur-chaklarni o’ylab topish vazifasini beramiz. Biz esa ular aytgan javoblarni doskaga yozib turamiz:
a= 20m; 25m; 50m; 100m; 10m; b= 5m; 4m; 2m; 1m ;10m.
Darslikdan 100 betdagi №1 dan №7 gacha bo’lgan misollarni yechamiz.
1-misolni avval sharti ko’chiriladi va tenglama kabi yechiladi.

  1. 1 sm² =x mm² keyin chizmadan ularning qo’shni zinalarda turganini ta’kidlab, x=100 javob yoziladi yoki x=100 mm² birligi bilan ham yozish mumkin.

b) 1 dm²=x mm² c) 1 ga= x sm²
x= 10000mm² x=100000000 sm²
Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash tushunchasini kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 4-sinfda o‘rganiladi. Yuza haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik ishi 1-2-sinflardayoq boshlanadi. Bosma aosdagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat darslarida qog‘ozdan figuralar qirqib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi sifatida qabul qilinishiga imkon beradi. Bolalar ko‘pincha yuzani o‘lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash bilan aralashtirib yuboradilar. “To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini o‘lchash nima?” olgan savolga ko‘pincha bolalar “ bu uning bo‘yini va enini o‘lchab ularni ko‘paytirish ” deb javob beradilar. Biroq to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuza birligi (sm2, m2) necha marta joylashgan ekanini aniqlash demakdir. O‘qituvchi bolalarni yuza tushunchasi va yuza atamasi bilan tanishtirishda amaliy ishdan foydalaniladi: stollar, partalar, kitob va daftarlar, turli figuralar sirti, yuzasi birligini, ularni matematikada “yuza” (yuz) deb atalishini suhbat mobaynida tushuntiradi
Umumlashtirish. Biz figuralar va narsalarning yangi hossasi-yuzasi bilan tanishdik. Yuza figura qanday joy egallaganini ko‘rsatadi. Yuza-bu miqdordir, chunki u bo‘yicha figuralarni taqqoslash mumkin. Yuza o‘lchov birligi kvadrat santimetr bilan tanishtiruvchi dars fragmenti (parchasi)ni keltiramiz. O‘qituvchi. Biz narsalarning bir necha hossalarini va ularni ifodalaydigan miqdorlarni bilamiz (uzunlik, massa, sig‘im). To‘g‘ri chiziq kesmasi uzunlikka ega to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doira, bayroqcha esa yuzaga ega. Yuzalarni o‘lchash uchun katakchalarga bo‘lingan paletkadan foydalanamiz. Agar paletkaning har bir katagi tomoni 1 sm dan bo‘lgan kvadrat bo‘lsa, yoki 4 ta daftar katakchasini o‘z ichiga olsa, uni 1 kvadrat santimetr deyiladi.


  1. Download 42.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling