Reja Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari


Download 258.5 Kb.
bet1/10
Sana20.12.2022
Hajmi258.5 Kb.
#1040753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-ma\'ruza


3- ma’ruza: Operatsion tizimlar, ularning turlari. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari. OPERASION TIZIMLAR, ULARNING TURLARI. AXBOROT JARAYONLARINING DASTURIY TA’MINOTI, DASTURIY TA’MINOT TURLARI.


Reja

1.Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari.


2.Operatsion tizimlar. Platformalar.

Tayanch so’zlar va tushunchalar: tizimli, uskunaviy va amaliy dasturlar; utilita - xizmatchi dastur; operatsion tizimlar; dasturiy qobiq; translyator; kompilyator; interpretator; dasturlash tillari.


Kompyuter texnologiyalarining dasturiy ta’minoti to’g’risida umumiy tushinchalar
Ma’lumki, komp’yuter texnologiyalari faqat chegaralangan amallarnigina bajarishga mo’ljallangan boshqa elektron qurilmalar (telefon, magnitofon, televizor va h.k.) dan farq qilib, kiritilgan ma’lumotlar ustida xilma-xil amallarni bajarishi mumkin. Buning uchun shu texnologiyalarning asosi bo’lmish komp’yuter tushinadigan tilda kerakli ko’rsatmalar (dasturlar) tuzib, uning xotirasiga kiritish kerak. SHunday dasturlarning majmui komp’yuter texnologiyalarining dasturiy ta’minotini tashkil qiladi va ularning imkoniyatlarini, quvvatlarini aks ettiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumotlar va dasturlar.Sonli, matnli, tasvirli (grafik) va tovushli axborotlarni kompyuter yordamida qayta ishlash uchun ularni kompyuter xotirasida ma’lumotlar shaklida saqlash zarur. Ma’lumotlar kompyuterda ikkilik sanoq sistemasida saqlanadilar. Ularni qayta ishlovchi dasturlar ham ikkilik sanoq sistemasida saqlanadilar.
Kompyuterning protsessor qurilmasi ma’lumotlar ustida qanday amal bajarilishi kerakligini «bilishi» uchun u ma’lum buyruqni (ko’rsatmani) olib bajarishi kerak. Bunday buyruq, masalan, «ikki sonni qo’sh!» yoki «bir belgini boshqa bir belgi bilan almashtir!» kabi ko’rsatmalarning bajarilishi haqida bo’lishi mumkin.
Odatda qandaydir masalani yechishda protsessorga bir emas, bir necha buyruqlar ketma- ketligi zarur bo’ladi. Bunday ketma-ketlik dastur deb aytiladi.
Shunday qilib:

  • Kompyuterda raqamli shaklda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborot malumotlar deyiladi.

  • Qayta ishlash jarayonida kompyuter tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi dastur deyiladi.

  1. Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti


Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling