Reja: Zamonaviy matn muharrirrlari


Download 244.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi244.65 Kb.
#1769960
  1   2
Bog'liq
Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish i



Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari. 
 
Reja: 
1. Zamonaviy matn muharrirrlari.
2. Matn muharrirlari funksiyalari.
3. Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari 
 
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga 
misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video 
ma`lumotlarni qayta ishlash, audio ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob 
ishlari kabi amallar misol bo`la oladi. 
Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil qilishda va amaliy 
dasturiy ta'minot bilan ishlashda, ishni odatda matn redaktorlaridan boshlanadi 
Matn kiritish dasturlar.
Matn kirituvchi dasturlar qisqa hajmdagi matnlarni va ko`p sahifali matnli ma`lumotlarni kiritish 
uchun mo`ljallangan. Bu dasturlarning mavjudligi shu yo`nalishda ishlaydigan mutaxassislar 
uchun qulay va ularning ish samaradorligini, hamda uning sifatini oshiradi. Aniqrog`i bir 
marotaba kiritilgan ma`lumotni kompyuterning xotirasida uzoq muddatda saqlashi, o`zgartirish 
kiritishi, nusxa olishi va istalgan nusxada chop etib olishi mumkin.
Matnli muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 
matnni faylga yozish; qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, qatorlar, matn parchalarini 
almashtirish; orfografiyani tekshirish; matnni turli shriftlarda bezash; matnni tekislash; boblarni 
tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo’lib tashlash; so’z va jumlalarni izlash va almashtirish; 
matnga sodda bezaklar kiritish; matnni terib tayyorlash. 
Komp’yuterda turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini tayyorlash, tahrir qilish va 
ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib, imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 
- oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va bosmaga chiqarishga 
imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2, Chiwriter, WD, Multi-Edit kabi dasturlar 
misol bo’laoladi; 


- yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama varaqalari, blankalar, 
vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. 
Bularga WinWord, Word Perfect, Word Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’laoladi; 
- murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash imkonini beruvchi 
vositalar. Bularga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark Xpress kabi dasturlar 
misol bo’laoladi.
Grafik dasturlar.
Bunday dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va yaratishga muljallangan. Grafikaga misol 
qilib rasm chizish, tasvirlarni qayta ishlash, fotosuratlarni qayta ishlash, 3D yoki uch tomonlama 
ko`rinadigan ob`yektlarni yaratish, badiiy grafika, illyustrasiya yaratish kabi amallarni olish 
mumkin. Undan tashqari bunday dasturlarda tasvirlardan nusxa olish, tayyor ob`yektlarga 
o`zgartirish kiritish, uzatish, qabul qilish, kengaytmalarini o`zgartirish, grafo-montajlar qilish 
hatto matn kiritish kabi amallarni bajarish mumkin.
Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta`minotidir, ya`ni 
kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Kompyuter 
grafikasidan reklamada, multiplikasion filmlarni yaratishda va Web sahifalarni yaratishda 
foydalaniladi. 
Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X, Corel Draw turli 
versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D MAX, Diskreet 3DS Max, Softimage 
3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation Master, Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi. 
Video – audio dasturlar.
Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar asosan multimediyali 
ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar, reklamalar, taqdimotlar, kino industriya 
mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda, ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video 
montajlar va audio ma`lumotlarni qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish 
mumkin. Bularga misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini 
taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat videomontaj ishlarida, 
hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli asbobdir. Adobe Premier Effects 
6.0 DVD va Web sahifalardagi video maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda 
foydalanadigan paketdir. Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda 
MPEG1/2, AVI, VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni 


ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida ko`plab 
dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO, Media Pleyer, COOL 
EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar 
Buxgalteriya tizimlari. 
Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval dasturlarini, elektron
jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya 
hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib
borishga mo’ljallangan. Bundan tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob
tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. 
Bu hisobotlar korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks
ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida ham bajarish
mumkin.Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini bitta tizimda 
mujassamlanganligi bilan qulaydir. 

Download 244.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling