Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazida banklararo hisobkitoblarda elektron pochta usuli yaratish ustida ishlandi. Shuningdek bank amaliy ish kunini kompyuterlar vositasida bajarish amaliy dasturini yaratish va ularni banklarda tadbiq etish bo‘yicha ish olib borildi.
1993 yil
Shu yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish yuzasidan Markaziy bankda va uning hududiy Bosh boshqarmalarida axborotlashtirish boshqarmasi va bo‘limlari tashkil etildi. Banklararo maxsus ajratilgan aloqa kanallari vazifasida elektron to‘lov tizimini ishga tushirish borasida ish olib borildi. Respublika bank tizimini axborotlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.