Rejalashtirishning asosiy tamoyillari


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1709763
1   2   3
Bog'liq
Audit leksiya ppt

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar
kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;

-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud xo’jalik
yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari
bayonnomalari
-
Buxgalteriya hisobotlari
;
- Statistika hisobotlari;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari;
- Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
- Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga
soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”;


XULOSA

Xulosa qilib aytganda, audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlashda auditorlik tashkiloti moliyaviy
hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan muhimlilik darajasi va auditorlik riskining uning
uchun maqbul darajasini belgilashi kerak. Auditorlik riskini rejalashtirishda,
auditorlik tashkiloti
, xo‘jalik
yurituvchi subyekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo‘lgan moliyaviy hisobotning ajralmas riski
va nazorat riskini belgilaydi. Belgilangan risklar va muhimlilik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti
audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik tartib-taomillarini rejalashtiradi. Audit
jarayonida rejalashtirishda belgilangan auditorlik riski va muhimlilik darajasining o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatadigan
holatlar
yuzaga
kelishi
mumkin.

Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi
subyektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi
riskini (nazorat riskini) baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi noto‘g‘ri axborot paydo
bo‘lgani to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto‘g‘ri axborotni aniqlasa, uni samarador deb
hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholanishida, auditorlik tashkiloti auditorlik
isbot-dalillarining yetarli miqdorini to‘plashi kerak. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning
ishonchliligi xususida yetarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga va buxgalteriya
hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u kelgusi audit hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak bo‘ladi.
Umumiy reja va dasturni tayyorlashda auditorlik tashkiloti bajarayotgan tartib-taomillarning natijalarini
batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va
butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling