Tema: Reje: - Radioaktivlik deb turg‘un boim agan yadrolarning o‘zidan boshqa yadrolar yoki elementar zarralar chiqarib yemirilishiga aytiladi. Buning xaraktcrli tomonlaridan biri reaksiyaning okz- o'zidan boiishidir. Radioaktivlik ikki turga boiinadi: tabiiy va sun’iy. Tabiiy radioaktivlikni 1896-yilda fransuz fizigi Bekkerel uranda aniqlagan, keyinchalik bu xususiyat boshqa ogir yadro I i elementlar aktiniy, toriy, poloniy, radiyga ham xos ekanligi aniqlandi. Poloniy va radiy nurlanishini 1898-yili Pyer va Mariya Kyurilar ochgan. Sun’iy radioaktivlik esa yadro reaksiyalari paytidagi nurlanishlardir.
- Ona yadro massasi bola yadro va a zarralar massasidan katta bo‘ladi (demak, energiyalari ham katta). Bu energiyalar farqi alfa- zarra va bola yadro kinctik energiyasiga teng bo‘ladi. Reaksiyadan so‘ng bola yadro normal va uyg‘ongan holda ham boMishi mumkin. a -zarralar elcktr va magnit maydonlarida og‘adi. a-zarra zaryadi +2e ga, massa soni 4 ga teng. Alfa-zarralar radioaktiv moddalardan 10000 - 20000 km/s tezlik bilan uchib chiqadi. Bu esa 4-9 MeV kinetik energiyaga tengdir. Alfa-zarralar moddadan o'tganda ularga o‘z maydoni bilan ta’sir qilib ionlashtiradi va ikkita elektron qo'shib olib neytral geliy atomiga aylanadi.
- Alfa-zarraning havoda o‘tish yo‘li 3-9 sm va ionlashtirish qobiliyati 250000 juft ionga teng. Alfa zarralar qalinligi 0,06 mm bo'lgan aluminiy qatlamida yoki 0,12 mm bo'lgan biologik to‘qima qatlamida to‘la yutiladi
- Betta yemirilish deb yadro ichida neytron va protonlarning o‘zaro aylanishiga aytiladi. Buning uch xil tnri mavjud. Elektron yoki betta yemirilishda yadrodan betta-zarra (elektron) uchib chiqadi va spektri tutash bo‘ladi. Bu esa yadroning diskret energetik holatlardan tashkil topganligi to‘g‘risida tasawur- larga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun 1932-yilda Pauli bu holda betta-zarralar bilan kichik massali boshqa zarralar ham chiqadi, degan gipotezani aytdi. Bu zarrani Fermi neytrino deb atadi. Keyinchalik aniqlanishicha, neytrino betta plus yemirilishida hosil boiar ekan. Betta minus yemirilishda esa antineytrino hosil bo'lar ekan.
- Radioaktiv fon yildan yilga ortib borishining sabablari juda ko‘p bo'lib, radioaktiv uranni qazib olish, qayta ishlash, boyitish jarayonlari radioaktiv moddalardan energetik nuqtayi nazaridan fan va qishloq xo’jaligida, tibbiyotda qoMlanilishi radioaktiv fonning ortib borishiga olib kelmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov o‘zining «XXI asr bo‘sagkasida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997) asarida eng dolzarb ekologik muammolardan bin deb, radioaktiv fonning oshib borayotganligini ta’kidlab 0‘tganlar.
- Chunki respublikamiz hududlarida radioaktivligi yuqori bo‘lgan joylar ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, Uchquduq, Yangiobod, Chotqol tog‘ tizmalarida, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida radioaktiv uranli tuproqlarda yem-xashak o‘tlari o'sadi va hayvonlar boqiladi. Natijada bevosita hayvonlarning go'shtida, sutida radioaktivlik paydo boNadi. Bu esa nafaqat hayvonlarda, balki odamlarda ham «nur kasalligi»ning elementlari paydo bo‘lishiga olib keladi
- Shuning uchun ham hozirgi avlod atom nurlarining tirik organizmga, jumladan, hayvon- larga zararli ta’siri oqibatlarini astoydil o‘rganish kerak. Bitta misol keltiraylik: gamma-kvant radiatsiyaning suvga ta’sirini ko‘rib o‘taylik, chunki tirik organizmning 50—80% ini suv tashkil etadi:
- γ - - - H(2)0 => H(2)0^(+) + e^(-) : e^(-) => H(2)0 => H(2)0
- Hayvonlar organizmining hujayralari ionlovchi nurlar ta’siriga rivojlanish bosqichiga qarab har xil chidamlilikda bo‘ladi. Qonning buzilishi hatto 30 soatdan kcyin sodir bo'ladi. Hujayraning organoidlari orasida yadro juda ham radiatsiyaning zararli ta’siriga sezgirdir. 1000 R nur olgan hujayrada morfologik o‘zgarishlar ro'y beradi, ya’ni sitoplazmaning yopishqoqligi o'zgaradi, oqsillarda nur sindirish koeffitsiyenti o‘zgaradi, nurlantirilgan hujayrada yadroning o‘lchami kattalashadi, mitoz o‘zgaradi, hujayra aylana shakliga kelib qoladi. Nurlantirilgan hujayrada DNK molekulasida zanjirlar uzilib, xromosom aberratsiyasi ichki membranasi o'zgarib, modda almashinishi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |