Реклама и дизайн
Siz mahsulot emas, mahsulotning foydasini sotmoqdasiz
Download 391.5 Kb.
|
reklama dizayni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siz mahsulot emas, mahsulotning foydasini sotmoqdasiz.
Siz mahsulot emas, mahsulotning foydasini sotmoqdasiz. Reklama beruvchilar qabul qiluvchilarni ham reklamaga nisbatan xuddi o`zlari kabi munosabatda ekaniga ko`r-ko`rona ishongan holda reklama yaratadilar,. Aslida esa unda emas. Reklamani qabul qiluvchilar reklama qilinayotgan mahsulotga emas, mahsulotning ularga keltiradigan foydasiga ko`proq e`tibor qaratadilar. Agar reklama o`quvchining “Bu menga nima beradi?” degan savoliga javob bera olmasa u haridorda haqiqiy qiziqish uyg`otmaydi hisobi. Reklama asosan tushunarli bo`lishi ya`ni mahsulotning yoki xizmat turining aslida nima ekani va maqsadi haqida aniq ma`lumot berishi kerak. Eng yomon reklama sizni kompaniyaning ming yillik tarixiga qadar olib boradi, ular qanday bunyod etilgani qanday qilib cho`qqiga chiqqani haqidagi keraksiz axborotlar bilan boshingizni qotiradi. Bu esa juda kamchilik uchun qiziq bo`lishi yoki umuman qiziq bo`lmasligi mumkin. Yaxshi reklama esa to`g`ridan to`g`ri mahsulot hal etishi mumkin bo`lgan muammoni ko`rsatadi, uni qanday hal etish haqida to`liq ma`lumot beradi va undan haridorning hayoti qay tarzda yaxshilanishini ham ta`kidlab o`tadi.
Download 391.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling