Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari. Norqulova Maftuna mmr-81
Download 90.36 Kb.
|
Norqulova MaftunaMMR 81Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari
Reklamaning asosiy maqsadlari – xabardorlikni tashkillashtirish, axborot taqdim etish, ishontirish, eslatish, xarid haqida qaror qabul qilishga ko’ndirishdir.
Reklamaning yakuniy maqsadlari iste’molchilar xulq-atvorida kutilayotgan reaksiyaga erishishdan iborat: bilishga oid (taniqlilik, mashhurlik, marka nufuzliligi va h.k.); emosional (tan berish, moyillik, estetik qoniqish va h.k.); xulq-atvor (sinov tariqasida xarid qilishga undash, iste’mol qizg’inligini oshirish, savdo markasiga sodiqlikni kuchaytirish va b.). Reklamaning bosh maqsadi – mijozga shunday ta’sir ko’rsatish kerakki, u xarid paytida aynan reklama qilinayotgan mahsulotni xarid qilsin. Reklama maqsadlari aniq belgilangan va bajarish mumkin bo’lgan marketing rejalariga bog’liq yud, agarda ular reklama samaradorligini oshirishni nazarda tutadigan bo’lsa – miqdoriy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan, reklama kommunikativligini oshirish uchun markaning 80% maqsadli doirada taniqliligini ta’minlash yoki 55% iste’molchilarda markaga munosabatni o’zgartirish maqsadi qo’yiladi. Iqtisodiy samaradorlik kattaroq bo’lishi uchun reklama qilinayotgan 138ovar sotuvini 30%, tovarning hayotiylik davri 1,5 yilga teng bo’lgan muddatda sotuv suratining 15% o’sishi maqsad qilib qo’yiladi. Reklamaning iqtisodiy maqsadi quyidagi yechimlarni ko’zda tutadi: ➢ tovar sotuvini qo’llab-quvvatlash va kengaytirish yoki savdo aylanmasini oshirish; ➢ ushbu tovar yoki xizmat turiga ehtiyoj shakllantirish; ➢ aynan ushbu tovarni aynan ushbu firmadan xarid qilishga undash; ➢ muayyan markali tovarga talabni rag’batlantirish va sotuvni rag’batlantirish; ➢ imtiyozli bitimlar, sotib yuborish, narxlarni arzonlashtirish haqida e’lonlar berish; ➢ yangi tovar yoki xizmatni bozorga chiqarish muddatini qisqartirish; ➢ potensial xaridorlarni tovar va ko’rgazmalarga tashrif buyurishga undash; ➢ tovarni yangi o’rovda taqdim etish. Reklamaning vazifalari tovarlar va xizmatlar haqida, ularning xususiyatlari va sotish shartlari, ishlab chiqaruvchi firmalar haqida xabardor qilishdan iborat. Ular muayyan reklama maqsadlarini bajarish davomida bosqichma-bosqich hal etiladi. Reklamaning asosiy vazifalari uch guruhga ajratiladi: ➢ tijorat vazifalari – sotuvni rag’batlantirish, savdoning o’sishi, foydaning ortishi, tovar aylanmasining tezlashuvi, foyda keltiradigan hamkorlar izlab topish; ➢ notijorat vazifalari – siyosiy maqsadlarni amalga oshirish, ma’naviy negizlarni mustahkamlash, tabiatni asrash, kasallanishlarni pasaytirish, diniy tadbirlarni qo’llab-quvvatlash va b.; ➢ imidj bilan bog’liq vazifalar – tovar va firma obrazini, firma va uning mahsulotlari nufuzliligini shakllantirish. Download 90.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling