Reklama va uning biznesni rivojlantirishdagi o’rni


Download 98.85 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi98.85 Kb.
#1261056
  1   2   3   4
Bog'liq
Reklama va uning biznesni

Reklama va uning biznesni rivojlantirishdagi o’rni

Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon savdo inson taraqqiyoti bilan hamohang ravishda shakllanib kelgani sir emas. Savdo rivojlanib, savdogarlar o‘rtasida bozor va xaridorlar jihatidan ustunlik va yetakchilikka harakat qilish ular o‘rtasidagi narx va sifat vositasida raqobatni keltirib chiqardi. Endi ular o‘z mahsulotlarini maqtab xaridorda nisbiy afzallik va moyillikni kuchaytirishga o‘tdilar. Bu raqobat o‘z navbatida reklamaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixiy manbalar shundan darak beradiki, dastlab misrliklar tijorat maqsadlari uchun papirusga bitilgan savdo narxlari yozilgan mayda xabarlar va devoriy xabar matnlarini qo‘llaganlar

  • Pompeya xarobalari va qadimgi arabistonda tijoriy xabarlar va siyosiy namoyishlar lavhalari ham topilgan. Devorlarga o‘yib yoki chizib ishlangan tasvirla reklamaning qadimgi turlaridan hisoblangan va kelib chiqishi hindistonga borib taqalib, miloddan avvalgi 4000-yilda paydo bo‘lgan.Yana tarixdan shu narsa ma’lumki, reklamaning ilk ko‘rinishlari uy tashqarisidagi reklamalar (qadimgi davrlarda xizmat ko‘rsatish joylari xizmat ko‘rsatuvchilar uylarining bir qismida qurilgan) va devorga ilingan e’lonlar bo‘lgan.

Ilm-fan taraqqiyoti asta–sekinlik bilan o‘sgan sari o‘qish ommalashdi va bu o‘z navbatida bosmaxonalar kashfiyotiga olib keldi. Endi odamlar tarqatmalar orqali reklama qila boshladilar. XVIII asrga kelib ingliz gazetalari reklamalarni bosib chiqara boshladi. Lekin bu reklamalar asosan turli yangi kitoblar va gazetaning o‘zini maqtashdan nariga o‘tmasdi.

Keyinchalik dori vositalari reklamasini tarqata boshladilar va bu gazetalarning foyda olish yo‘nalishining o‘zgarib ketishiga olib keldi, ya’ni ular gazeta tirajlari bilan bir qatorda reklama orqali ham foyda ola boshladilar. Tahririyatlar reklama orqali daromad olishga shunchalik kirishib ketdilarki, buyuk yevropa o‘latida ular ancha insonning uyi kuyishiga sabab bo‘ldilar. Chunki o‘sha davrda alkimyogarlar o‘latga davo qidirib,nimani topsalarshuni davo, deb e’lon qilar va u orqali mo‘may daromad qilardilar. Buorqali ingliz matbuoti sezilarli darajada obro‘sini yo‘qotdi. Shundan keyin ingliz hukumati reklamani tartibga solishga urinishlarniboshladi va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan buyurtmachini ham, tahririyatni ham qattiq jarimaga tortajagini bildirdi.


Download 98.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling