Reklama yoqishdan oldin tekshirish uchun chek-list


 Login va parolingizni xavfsiz joyda saqlang


Download 498.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi498.47 Kb.
#1632464
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Target-check-list

21. Login va parolingizni xavfsiz joyda saqlang
Facebook har bir foydalanuvchi unikal (yagona) akkauntga ega bo'lishini
xohlaydi.
Agar shaxsiy profilingiz bilan muammo bo'lsa, xohlagan vaqtingiz yangi profil
ochib reklamani yurgazib keta olmaysiz.
Facebook algoritmi qisqa fursat ichida yangi akkauntingizni topadi va chora
ko'radi.
Shuning uchun yagona akkuntingizga extiyot bo'ling.
22. Sayohat qilganingizda lokatsiyani o'zgartiring
Sizni akkauntingizga boshqa davlatdan kimdir-kirsa facebook algoritmi buni
sezadi va darhol akkauntni vaqtinchalik bloklaydi. (bu sizni xavfsizligingiz
uchun)
Facebook shunday shubhaga bormasligi uchun boshqa davlatga borgan
o'zingiz ekanligingizni yangi postingizdagi lokatsiyani ham belgilash orqali
tushuntirasiz.
KO'PROQ O'RGANING: MAKSIMALMARKETING.UZ
SHAXSIY FACEBOOK PROFIL UCHUN CHEK-LIST
8
23. Reklama uchun shaxsiy akkauntingizdan foydalanmang
Reklamalarni hech qachon shaxsiy reklama akkauntdan yurg'izmang.
Facebook xodimlari reklama uchun hamisha business manageringizda
ochilgan reklama akkauntlardan foydalanishni tavsiya qilishadi.
24. Ikki pog'onali autentifikatsiyani yoqing (2FA)
Bu sizga shaxsiy profilingizni himoya qilishda qo'l keladi


25. Saytingiz 2 soniyadan tez ochilsin
Reklama orqali traffik (odamlar oqimi) jo'natayotgan saytingiz 2 soniyadan tez
ochilishi zarur.
Aks holda odamlar tugmachani bosadi va saytingiz ochilishini uzoq kutib
o'tirmasdan ortga qaytishadi.
Bu orqali siz avvalambor potensial mijozlarni yo'qotasiz, undan tashqari
ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yomon kayfiyat ulashasiz.
26. Saytingizda berilgan kontent reklamaga to'g'ri kelsin
Odamlar reklamangizda ko'ylakni ko'radi, qiziqib tugmachani bosadi va saytga
kirib reklamadagi ko'ylakka emas, oyoq kiyimga ko'zi tushadi.
Bu odamlarni chalg'itadi.
Hamisha trafikni olib kelayotgan saytingizda reklamada va'da qilgan
ma'lumotlaringiz yoki mahsulotingiz bo'lishi lozim.
Masalan ko'plab internet magazinlar bir mahsulotni reklama qilishadi.
Tugmachani bosganingizdan so'ng xuddi reklamada ko'rgan mahsulotingiz
sahifasiga emas, saytning bosh sahifasiga tushib qolasiz.
Endi siz saytni ichida asabingiz buzulib reklamadagi mahsulotni izlaysiz yoki
darhol saytni tark etasiz.

Download 498.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling