Reklama–korxona marketingining asosiy vositalaridan biri sifatida Reja: Kirish i-bob
Tijorat-vositachi tashkilotlarining hajmiy ko`rsatkichlarining tasnifi
Download 126.73 Kb.
|
ilxom
Tijorat-vositachi tashkilotlarining hajmiy ko`rsatkichlarining tasnifi
Tijorat-vositachi tashkilotlar tovarlar ishlab chiqarish jarayonini davom ettiruvchi mujassama vazifalarini bajaradilar, lekin bunda muomala sohasida faoliyat ko`rsatadilar ya`ni ishlab chiqaruvchilar mahsulotini ularni iste`mol etuvchilarga davriy harakatlantiradilar. TVT xo`jalik faoliyatining asosiy natijalari ishlab chiqarilgan mahsulot (garchi ko`pchilik TVTlar qo`shimcha shunday qiladilar ham) sifatida namoyon bo`lmaydi, balki qo`shimcha operatsiya va turlicha xizmat ko`rsatish tarzida aks etadi hamda bu sotish uchun mo`ljallangan mahsulot narxini oshiradi. Yetkazib berish umumiy hajmi va bu borada bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlar amalda TVT mahsuloti hisoblanadi va u iqtisodiyot amaliyotida TVT tovar aylanishi hajmi deb ataladi. TVT tovar aylanishi iste`molchilarga TVT omborlaridan yoki tranzit shaklda tijorat-vositachi tashkilotlar ishtirokida yetkazib berilgan, mahsulot hajmini anglatadi. Torvar harakatlanishining omborlar shakli bevosita TVTlar ishtirokini nazarda tutadi, ya`ni mahsulot uning_ omboriga keltiriladi, saqlanadi, qadoqlanadi, aralashtiriladi va x.k. Tovarlarning xarakatlanishi tranzit shakli TVT ishtirokini fakat vositachilik vazifasi tashkil etishlik va nazorat tavsifidan iborat qilib cheklaydi, ishlab chiqaruvchilar bilan iste`molchilar o`rtasida bog`lanishi va o`zaro aloqasini eng samarali yo`llarini ta`minlaydi. Qator hollarda TVT tovarining xarakatlanishi tranzit shaklidagi hisob-kitob ishlarida ishtirok etadi, bu ular bajaradigan faoliyat ko`lamini oshiradi va muayyan moliyaviy manfaatdorlikni yuzaga keltiradi. TVT tovar aylanishi ulgurji (ko`tara) deb ataladi va bu asosli, chunki chakana tovar aylanishi ulushi juda oz, ya`ni alohida ishlab chiqarish-texnikaviy mahsulotlar sotish TVTlar bajaradigan ish umumiy hajmda qiyoslab bo`lmas daraja oz. Iste`molchilarni magazinlar orqali hamda kichik-kichik partiyalar bilan TVT omborlaridan ta`minlashda kuzatiladigan mayda ulgurji tovar aylanishini ajratib ko`rsatish qonuniyatiga mos keladi. TVT tovar aylanishi muomala sohasi orqali o`tadigan ishlab chiqarish-texnikaviy mahsulotlardan tashkil topadi, shuningdek korxonalar va tashkilotlar ishlab chiqarishga taalluqsiz sohada foydalanadigan mahsulotlardan iborat bo`ladi. Tovar aylanishi ko`rsatkichi TVT faoliyatining muhim xajmiy tavsnifi hisoblanadi. Bundan tashqari mazkur tashkilotlarning boshqa ko`plab ko`rsatkichlarini hisoblashda muhim o`rin tutadi. Shular orasidan muomala sarfi, daromadlar, aylanma mablag`ga bo`lgan ehtiyojini ishlab chiqarish va tovar zahiralarini ham qo`shganda alohida ko`rsatish mumkin. Tovar aylanishining natura ko`rsatkichlari TVT asosiy vazifasi bajarilishining darajasi haqida muloxaza yuritish imkonini beradi. Bu iste`molchilar tayin yetkazib berilgan turli tovarlarda ifodalanadi. Bundan tashqari, ular yetkazib berilgan turli tovarlarda ifodalanadi. Bundan tashqari, ular yetkazib berishidan ko`zda tutilgan hajmni, transport tushuvini tashkil etishni, saqlashni, ombordagi ishlarni bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda muhimdir. Chunki, faoliyatning bu barcha turlari ishlarning fizik hajmi haqidagi ma`lumotlar asosida rejalashtiriladi va hisobga olinadi. Biroq tovar aylanishi, odatda o`ziga xos o`lchov birligiga ega turli tovarlar majmuini anglatish hisobga olinsa, shuni tan olish lozimki, natura ko`rsatkichlardan foydalanish TVT ishi haqida umumlashgan ma`lumotlar olish mumkin emasligiga ko`ra cheklanib qoladi. Natura ko`rsatkichlardan foydalanish TVTning tovarlarga ixtisoslashuvni yetarlicha yuqori darajada bo`lganda maqbuldir. Tovar aylanishining natura ko`rsatkichi kamchiligini TVT vositachiligida tovarlar yetkazib berish umumiy hajmini baholash imkonini beruvchi uning tannarx talqini bartaraf etadi. Ammo bu ko`rsatkichni ham kamchiliksiz, deb bo`lmaydi, chunki tovar aylanishi darajasi shakllanishining muhim omili bo`lib pul bilan ifodalangan narx hisoblanadi. TVT bajargan ish jismoniy hajmi shuningdek ularning sermehnatligi bu ko`rsatkichda o`z aksini topmaydi. Xaqiqatdan ham, tovar aylanishi miqdori, yetkazib berilgan tovarni ularning ulchovi birligi-qiymatiga aylantiriladi-ganidir. YA`ni qiymat qancha yuqori bo`lsa, tovar aylanishi shuncha ko`p bo`ladi, garchi tovar aylanishiga mehnat va TVT mablag`i sarfi kattaligi asosan yetkazib berilayotgan mahsulot hamda ko`rsatiladigan xizmat fizik hajmiga bog`liq bo`ladi. Shuni ta`kidlash lozimki, TVT bajarayotgan ish va xizmatlarining mehnat talabligi, tovarlar harakati shakli (ombordan yoki tranzit ekanliga TVT manzili va faoliyati joyidan (Toshkent viloyati yoki Xorazm viloyati) bog`liqligidan taqqoslab bo`lmaydi. Ko`pchilik iqtisodchilarning fikricha, TVT faoliyati xajmiy ko`rsatkichlari bo`yicha ta`kidlangan kamchiliklarini bartaraf qilish uchun shartli tovar aylanishi ko`rsatkichidan foydalanish lozim. Bunda o`ziga xos etalon qilib, faoliyatining mo`tadil sharoitlaridagi omborlardan tovar aylanishi olinadi. Unda, misol uchun, hisob-kitoblardagi tranzit aylanishini ham mahsus koeffitsent yordamida, masalan – 0,2, shartlicha aylantirish mumkin. Vaholanki, omborlardan tovar aylanishi tranzit shaklidagidan beqiyos katta, To`g`irlovchi koeffitsentlar hisobi, chuqur o`ylangan va puhta bo`lishi kerak, chunki bu tovar aylanishi ko`rsatkichlari ishonchililigini oshiradi. Shunday to`g`irlovchi koeffitsentlar TVT bajarayotgan turli xizmatlar va omborlardan tovar aylanishi o`rtasidagi mehnattalablik farqini tekislash uchun maqsadga muvofik, hisoblanadi. Bunda so`z TVT xizmatlari hajmi ko`rsatkichlarini shartli tovar aylanishi o`lchamlari hisoblash maqsadiga muvofiqligi ustida bormokda. Amaliyotda tavsiya etilayotgan ko`rsatkichlarni hisoblashda muayyan takliflar bor, ya`ni TVT turli xizmatlarni bajarishda to`g`irlovchi koeffitsentlar mavjud: ochish – 1,2; joylash – o`rash – 1.0, markazlashtirilgan tashish – 0,1; prokat – 1.1; ahborot – vositachilik xizmati – 0,3 va h.k. Mazkur ko`rsatkichlar va koeffitsentlar barchasi bozor munosabatlari shartida TVT faoliyatiga so`ngi bahoni berishda o`z ahamiyatini sezilarli darajada yo`qotadi, lekin taxliliy maqsadlarida ularni qo`llash, shubhasiz, muhimdir. Bozor sharoitlarida asosiy baholash ko`rsatkichi bo`lib foyda hisoblanadi. Bu qonuniy ahvol, albatta, lekin TVT iqtisod xizmatlari o`z tashkiloti faoliyatining samarodirligini ko`p tomonlama tadqiq etishda davom etmoqda. Bu ohir oqibatda strategik maqsadlarga erishish uchun muvofaqiyatni ta`minlaydi. Bundan tashkari yana shuni nazarda tutish kerakki, TVT faoliyatini baholash uchun faqat hajmiy ko`rsatkichlardan foydalanish kamlik qiladi. Bu ko`rsatkichlarning umulashtirish xususiyati, ularning afzalliklari bo`lib hisoblansa-da, lekin ba`zi usullardan ham xoli emas. Ular TVT bajarayotgan ishlarning sifat tomonini ochib bermaydi, ya`ni har bir, alohida mijozga xizmat ko`rsatish sifati, tovar yetkazib berish, xizmat ko`rsatish bo`yicha har bir buyurtma (bay) bajarilishining sifati ko`rsatmaydi. Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, korxona iqtisodiyoti tahliliy xizmatlari qandaydir umulashtiruvchi ko`rsatkichlarga, garchi, xatto juda ham universal ko`rsatkichlar bo`lsa-da, bog`lanib qola olmaydi. Korxona iqtisodiyoti murakkab va o`zaro bog`liq mehanizm, unda barcha bo`g`inlash va qismlar juda muhimdir. Bu murakkab tizimning bir unsuriga yetarlicha baho bermaslik yoki boshqa bir unsuriga ortiqcha baho berishlik, odatda, noxush oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun iqtisodiy va analitik tadqiqotlar zamonaviy hisoblash texnikasidan keng foydalanilgan holda mujassama va har tomonlama olib borilshi lozim. Ishlab chiqarishvositalarining zahira turlari va ularning me`yoriy samaradorlashtirish. Har qanday jamiyat me`yorida xayot kechirish uchun, tabiiyki, moddiy boyliklardan uzluksiz iste`mol etish jarayonini talab etadi, ular ham tegishli sur`atda muntazam qayta ishlab chiqarilib turishi lozim. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayonida, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalari ham, ularni zahirasi paydo bo`ladi. Bu, tabiiy tarzda moddiy boyliklar aylanib turishini ta`minlash uchun zarurdir. Iste`mol buyurtmalaridan (ular bir aylanish xosil qiladi) insonlarning shaxsiy talablarini qondirgandan so`ng o`z harakatlanishini tamomlaydi, farkli o`laroq, ishlab chiqarish vositalari takror ishlab chiqarishda ko`p marotaba ishtirok etadi, uning uzliksizligini ta`minlash uchun zahiralar talab etiladi. Ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish jarayonining surunkaligi zahiralar miqdori mutloq hajmda bo`lsa, muvaffaqiyatli ta`minlanadi deb hisoblanadi. Lekin shuni unutmaslik lozimki zahiralar miqdori oshishi bilan amalda, ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan ularning qismlari ortadi, bu esa o`z navbatida ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha sarflar o`sishga sabab bo`ladi. Shunga ko`ra zahiralar boshqaruvining muhim vazifasi bo`lib, ularning samarali miqdorini belgilashdir. Zahiralar faqat bir maromda, to`xtovsiz ishlashni ta`minlabgina qolmay, balki ular ko`pgina iqtisodiy ko`rsatkichlariga ham ta`sir etadi. Masalan, ma`lum nav va o`lchamdagi zahiraning korxonada yo`qligi uni boshqa nav o`lchamdagisi bilan almashtirishga majbur etadi. Bu shubhasiz, chiqindilar ko`payishi, oddiy va pul mablag`larini ortiqcha sarflanishiga olib keladi va oqibat natijada, tannarx ko`tarilib, foyda kamayishiga sabab bo`ladi. Shu bilan birga, ortiqcha zahiralar aylanma mablag`lar aylanishini sekinlatadi, korxonaning sezilarli darajadagi vositalarini boshqa narsaga jalb etadi, xatto ularni "o`lik" molga aylantiradi. Shunday qilib, tovar mahsulotlar zahirasini optimallashtirish iste`molchilarga mahsulot yetkazib berishni o`z vaqtida va bir maromda tashkil qilish, transport vositalaridan oqilona foydalanish, zahiralar qismi bo`yicha aylanma mablag`larining aylanishini tezdashtirish imkonini beradi. Ishlab chiqarish vositalarining mutloq va nisbiy zahiralari, bir-biridan farqlanadi. Mutloq zahiralar moddiy va pul ko`rsatkichlaridan foydalanishi mumkin. Ular omborxonalar sig`imini to`g`ri hisobga olish, zahiralar darajasi ustidan hisob-kitob nazoratini tashkil etish, aylanma mablag`ini hisoblash va b. uchun zarurdir. Nisbiy zahiralar iste`mol yoki tovar – moddiy boyliklarini jo`natish, kecha-kunduzi, xaftasi, oylari bilan o`lchanadi, korxona yoki bazaning uzluksiz ishlashi uchun muayyan zahira bilan ta`minlanganlik muddatini tasniflaydi. Ma`lum vaqt birligi davrida ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilinadigan hom-ashyo va materiallar hajmi oshishi natijasida mutloq zahiralar ko`payib borishiga moyil bo`ldi, shu bilan bir vaqtda nisbiy zahiralar sezilarli darajada kamayadi, chunki materiallarni tez-tez yetkazib berish imkoniga ko`ra unga talab oshib boradi. Ishlab chiqarish zahiralari paydo bo`lishi sabablariga ko`ra sotuv yoki tovar zahirasiga, ishlab chiqarish zahirasiga, tugallanmagan ishlab chiqarish zahirasiga va davlat ehtiyoj zahirasiga ajraladi. Sotuv yoki tovar zahirasiga tayyor mahsulot zahirasi, transportdagi zahira yoki yo`ldagi zahira, tijorat vositasi tashkilotlar ombor va bazalaridagi zahiralar kiradi. Shu bilan birga sotuv zahirasi va TVT ombor bazalaridagi zahiralar joriy, tayyorlov va sug`urta zahiralariga bo`linadi va ular atamalariga muvofik foydalaniladi. Ishlab chiqarish zahirasiga iste`molchilar omboridagi va ishlab chiqarish ehtiyoji uchun zarur ishlab chiqarish vositalari zahirasi kiradi. Ularning shakllanishi resurslarning kelish muddati va foydalanilish bir maromda emasligi hamda ishlab chiqaruvchilarning kerakli damlarda ishlab chiqarish jarayonida zarur vositalar va mehnat kreditlari yo`qligi tufayli uzilishlarga yo`l qo`ymaslikka intilishlari bilan bog`liqdir. Tugallanmagan ishlab chiqarish zahiralari ishlab chiqarish turkumi oraliq bosqichida bo`lgan zahiralarga aytiladi: detallar, qismlar va boshqa tovarlar, aniqrog`i, nim polufabrikat tovarlar. Ular ustida ish xali tugamagan, tovar ko`rinishiga kelishi uchun hali ishlov talab etiladi. Ishlab chiqarish vositalari zahirasining bir turi davlat ehtiyoj zahirasidir. Ular favqulotda hodisalar (tabiiy ofat, qurg`oqchilik va h.k.). Yuz berganda va hozirgi zamon tili bilan aytganda - "Fors-major" xodisasi sodir bo`lganda iqtisod uzluksiz faoliyatda bo`lishini ta`minlash maqsadida hosil qilinadi. Shunday qilib qayta ishlash jarayoni uzluksiz va bir maromda borishi uchun turli xil zahiralarni bunyod etish tabiiy zaruriyatini ochiq-oydin qilib turibdi. Biroq, bu zahiralarning eng samarali miqdorini yaxshi bilish kerak, sababi ular xaddan ziyod oshib ham ketmasligi, yetmay qoladigan vaqt ham bo`lmasin, chunki bunday hol jiddiy noxush oqibatlarga olib keladi. Turli zahiralar xilini samaradorlashtirish muammosini zahiralar hajmiga bog`liq bo`lgan teng ko`lamli olimlarning taxlilini ko`rib chiqib, so`ng hal qilishga o`tish tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish zahiralarini samaradorlashtirishning bevosita yo`nalishlar bo`lib quyidagilar hisoblanadi: Jamuljam zahira miqdorini samarodorlashtirish, uning tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari kiradi; Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilardan iste`molchilarga tomon xarakatlanishining texnikaviy-iqtisodiy jihatidan eng oqilona shaklini tanlash; Ishlab chiqarish vositalarining asosiy va ortiqcha zahirasini bunyodga kelishini bartaraf etish va ulardan eng samarali tarzda foydalanish; Ishlab chiqarish zahiralari darajasini nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish. Ishlab chiqarish vositalari zahiralarini samaradorlashtirish masalasini ijobiy xal etishga iqtisodiy-matematik usullardan va zamonaviy hisoblash texnikasidan keng foydalangan xolda amalga oshiriladi. Xulosa Reklama - tovar va xizmatlar turlariga talabni yaratish maqsadida ularning iste‘mol qiymatlari to’g’risida ma‘lumot o’zatish, ularni ommaviylashtirish. Reklama maqsadi - turistik korxonada qabul qilingan marketingning umumiy strategiyasi va uning kommunikatsion strategiyasi bilan belgilanadi. Maqsadlarning xilma-xilligini ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin: Turistik firmalar reklama jarayonini tashkil etilishiga har xil yondashadi. Kichik firmalarda reklama agentligi bilan aloqada bo’ladigan marketing bo’limi xodimlaridan birontasi Shug’ullanadi. Yirik turistik firmalar, odatda reklama chora-tadbirlarni amalga oshiradigan reklama xizmatlarni tashkil etadi. Keng ko’lamli reklama aksiyalar uchun ko’p hollarda reklama agentliklarning mutaxassislari jalb qilinadiMehnat resurslar – o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan aholining mehnatga layoqatli qismidir. Korxonada mehnat resurslaridan unumli foydalanish bozor iqtisodiyoti sharoitida muxim axamiyatga ega. Bu mavzuni o’rganishda mehnat resurslari bilan ta`minlanishi, ish vaqtidan foydalanish, mahsulot hajmiga mehnat omillarining ta`siri xamda mehnat unumdorligi ko`rsatkichlari tahlil qilinadi. Download 126.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling