Reklama–korxona marketingining asosiy vositalaridan biri sifatida Reja: Kirish i-bob


Ishlab chiqarish vositalari marketingning asosiy turi, omili va elementlari


Download 126.73 Kb.
bet4/8
Sana05.04.2023
Hajmi126.73 Kb.
#1275393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ilxom

2.1.Ishlab chiqarish vositalari marketingning asosiy turi, omili va elementlari
Marketing mohiyati, vazifasi va maqsadlaridan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bu o`ziga xos fandir. Unda iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv muomalalari uyg`unlashib ketadi. Bir tomondan u sotuvni qulay va maqbul tarzda chaqqonligini va tovarni saqlash hamda transportda tashish sarflari bo`yicha kam chiqimli bo`lishi ta`minlagan holda ishlab chiqaruvchidan iste`molchiga tomon tovarning samarali harakatlanishini ta`minlashga qaratilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan xaridor talabini to`liq o`z vaqtida qondirishga qaratiladi.
Sobiq ittifoq respublikalarida bozor munosabatlariga o`tish borasida shu kungacha to`plangan tajriba shundan guvohlik beradiki, har bir mamlakatning o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bozor mexanizmining barcha usullari o`zlashtirib olingan taqdirdagina bozorni rivojlantirish mumkin bo`ladi. Shubhasiz bu, avvalo, marketingga taalluqlidir, chunki u bozor faoliyatini faollashtirish bilan bog`liq xo`jalik muammolarini hal qilishga atroflicha yondashishni ta`minlash imkonini beradi. Marketing tovarni iste`molchiga yetkazib berishdan tortib, to sotuvdan keyingi xaridorga ko`rsatiladigan xizmatlarni tashkil etishgacha bo`lgan tovar harakatlanishining barcha bosqichlarini ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishni ham o`z ichiga oladi.
O`zbekiston, garchi rivojlanishni, iqtisodiyotni isloh qilishni o`ziga xos yo`lini tanlagan bo`lsa-da, lekin xali tom ma`nodagi bozor munosabatlariga to`liq o`tgani yo`q. Shuning uchun, tabiiyki, bozor iqtisodiyotiga o`tgan mamlakatlar ulkan tajribasidan samarali foydalanish darkor. Undagi barcha ijobiy jixatlarni, o`ziga mos tomonlarini milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda o`zlashtirishi lozim. Tadbirkorlarning ko`pgina avlodlari uchun ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan va ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlar bilan kurashish bozordagi raqobatga, ayniqsa, ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida, qarshi bo`lib qolmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning narxlar xususidagi raqobati raqobat kurashida asosiy bellashuv shakli bo`lib qolmoqda.
Biroq, zamonaviy bozor va uning amal qilish qonunlari muntazam ravishda o`zgarilib turmoqda. Bozor raqobati tobora ayovsiz tus olmoqda, bu ayniqsa narxlar borasida emas, balki bozor ishtirokchilari raqobatining yanada ustomonlik bilan turli usullarni qo`llashlarida namoyon bo`lmoqda. To`g`ridan-to`g`ri va muomila xarajatlaridagi tejash hamma vaqt ham muvoffaqiyatga erishish uchun, ba`zan, xatto “tirikchilik” yuritish uchun kifoya qilmayapti. Mahsulotni sotish, daromadni oshirish va moliyaviy holatni yaxshilash muommolari tobora sof ishlab chiqarish muammolarini bir chekkaga surib qo`ymoqda, ayniqsa, sof xarajatlarni qisqartirish imkoni cheksiz emasligi nazarda tutilsa.
Zamonaviy bozorning eng muhim talabi bo`lib, yuqori darajada ishlab chiqarish samaradorligiga ega mahsulot tayyorlash emas, balki xaridorlar talabini yuqori bo`lganini ishlab chiqarishdan iborat bo`lmoqda.
Haqiqatan ham sarf-xarajatlarni tejashga imkon beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish ma`nosiz bo`lib qolmoqda, qachonki xaridor uni sotib olishni xohlamaydigan bo`lsa. Bular barchasi o`z ishlab chiqarish xo`jalik faoliyatida jiddiy pand yeb qolishdan saqlanishga imkon beruvchi marketing bo`yicha chuqur tadqiqotlarni dolzarb masala qilib qo`yadi.
Bunday sharoitda marketing uslublarini to`g`ri tanlash o`ta muhim ahamiyatga ega. Marketing vazifasi va tarkibiy elementlarining rang-barangligiga qaramay uning bir necha asosiy turi farqlanadi. Avvalo, bu tovar va ko`rsatiladigan xizmatlarning o`zi bilan bog`liq marketing tadqiqotlaridir. Marketingning bu turi korxonani ishlab chiqarish jarayonlarini texnikaviy jihatdan takomillashtirish, bozor to`ldiriladigan yangi sifatli va arzon tovarlar chiqarishni ko`paytirishga yo`naltiradi.
Shu bilan birga, yana hisobga olish lozimki, keyingi o`n yilliklar tajribasi muvoffaqiyatga ko`pincha bozorni yangi-yangi tovarlar bilan to`latish evaziga emas, balki ishlab chiqarish faoliyatini sarf-xarajat darajasini eng samarali holatiga erishishi va bozor konyunkturasi ko`tarilib – pasayib turishida yo`qotishlar ehtimolini qisqartirishga qaratilgan ishlab chiqarish faoliyatini (diversifikatsiyasi) bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish evaziga erishilishidan guvohlik bermoqda.
Zamonaviy bozorda sezilarli ahamiyat kasb etayotgan marketingning yana bir turi bo`lib, xaridor (iste`molchi)ga yo`naltirilgan marketingdir. Bu turdan uncha katta bo`lmagan ishlab chiqaruvchilar foydalanganlari ma`qul, chunki bu sohadagi tadqiqotlar, odatda, xaridorlarning qiziqtirishlari va xohishlarini o`rganishga yo`naltirilgan bo`ladi. Bunda shu muhimki, iloji boricha iste`molchi o`zi nima xohlaydi va nimaga pul to`lashga tayyorligini aniqroq belgilashdan iborat. Biroq marketingning bu turga mo`ljalni olish muayyan tavakkalchilik bilan bog`liq, chunki iste`molchini topish, hali korxonada kerakli tovar mavjud degani emas.
O`zbekistonning shakllanayotgan bozori uchun bozorga ta`sir ko`rsatuvchi eng muhim omillarni tadqiqotlarni olib borish ma`quldir. U “marketing-miks” deb ataladi. Bu tur marketing bozoriga ta`sir o`tkazuvchi to`rt omilning ahamiyatini aniqlashga qaratilgan, bu to`rt omil – tovar, narx, uning bozordagi ahamiyati va uning harakatlanishi bo`yicha tadbirlar tizimi. Bunday yo`l tutish inglizcha to`rt termin – “prodakt”, “prays”, “pleys” va “promoulin” birinchi xaftalari bilan “4p” deb ataladi. Marketing – miks, amalda, moliyaviy, xom-ashyo, mutaxassis xodim va ishlab chiqaruvchilar boshqa imkoniyatlarini xaridorlar ixtiyoji hamda talablari bilan o`zaro aloqasini ta`minlashni anglatadi.
Marketing – miks barcha ichki va tashqi faktorlarni bozorga mujassama ta`sirini to`la ravishda ta`minlaydi va bunda marketing asosiy elementlarini qamrab oladi:

  • tovar siyosati (tovar pul (assortiment)) qismi sifatida qaraladi, uning barcha tavsiflari esa har tomonlama baholanadi;

  • narx siyosati (muayyan tovarga nisbatan mavjud sotuv omillari va sharoitlari);

  • taqsimlash siyosati (tovarni bozorga yetkazib berish vositasi va shakllari, tovarni omborlarga joylashtirish hamda harakatlanish yo`llari tahlil etiladi);

  • kommunikativ siyosat (reklama, tovar harakatlanish vositasi shakli, korxonalar ijobiy imidjini yuzaga keltirish bo`yicha mujassama tadbirlar).

Marketing – miksni amalda tadbiq etish marketing boshqa turlariga qaraganda ancha murakkab ish. Biroq, O`zbekiston marketolog (bozorshunos)lari, menejmentlari va tadbirkorlari uchun bozor munosabatlari bo`yicha jahon tajribasini, boshqaruvning eng zamonaviy usul va xillarini qunt bilan o`rganishga to`g`ri keladi, chunki shundagina o`tish davri bir qadar qisqaradi, sanoati rivojlangan mamlakatlar erishgan xo`jalik yuritish darajasiga juda yaqinlashtirib keladi.


Download 126.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling