Demak, gen muhandisligida quyidagilar amalga oshiriladi: - Kerakli genga ega donor organizmlardan zarur genlar ketma-ketligiga ega bo‘lgan DNK molekulasi ajratib olinadi.
- Donor DNKsining zarur geni fermentlar ta’sirida boshqa qismlardan ajtatib olinadi.
- Retsipiyent hujayra (qabul qiladigan hujayra)ga biror genni kiritish uchun mazkur hujayraga kira oladigan uncha katta bo‘lmagan DNK molekulasidan foydalaniladi. Bunday molekula vektor deyiladi.
- DNK-vektorni donor genini kiritish mumkin bo‘lgan joyidan ferment yordamida kesiladi.
- Ajratib olingan gen vektor molekulaga «tikiladi». Rekombinant DNK hosil qilinadi va klonlanadi. Kiritilgan gen saqlovchi yangi DNK molekulasi xo‘jayin retsipiyent hujayrasiga kiritiladi.
- Xo‘jayin hujayrada DNK replikatsiyalanadi va hujayraning bo‘linishi orqali avlodlarga beriladi.
- Rekombinant DNKni xo‘jayin hujayraga kiritish transformatsiya deyiladi. Yot DNK bo‘lagiga ega bo‘lgan organizmlar transgen organizmlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |