Рекомендательное письмо
Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida korxonani ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish yo`llari
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
4. Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida korxonani ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish yo`llari.
Yangi asr fan va texnikaning rivojlanishi bilan juda xususiystlidir. Butun dunyoda fan yangiliklarini ishlab chiqarish jarayonida ishlatish hamda shu bilan birgalikdadoimiy ravishda yangiliklarni tadbiq qilib borish bugungi kunda iqtisodiy muvaffaqiyatlarning garovi ham bo`lib qolmoqda. Yangi texnika va texnologiyalarni tadbiq qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar ishlab chiqarish mexanizmi va boshqarishning barcha bo`g`inlarini qamrab oladi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida boshqarishni amalga oshirish o`zida quyidagilarni qamrab oladi: ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tizimini ilmiy asosda takomillashtirish; kadrlar tayyorlash va mehnatni tashkil qilishni o`zgartirish va yaxshilash; ishlab chiqarish samaradorligini baholash tizimi ba boho belgilash tizimlarini takomillashtirish va boshqalar. ITT ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarini har tomonlama takomillashtirish usuli sifatida o`zida quyidagilarni qamrab oladi: jamiyat va tabiat rivojlanishi muammolarini fundamental va amaliy tadqiq qilish; ilmiy-texnikaviy ishlanmalar, injenerlik qarorlari va amaliy qo`llanmalarni tadqiqot natijalarigacha etkazish; har bir korxona oldida turgan ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni echishga imkon beradigan ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va yangi texnika ishlab chiqarishga qaratilgan baza tashkil qilish; boshqarish, ishlab chiqarish, mehnayni tashkil qilish usul va shakllri va texnik vositalarni takomillashtirish; iqtisodyotning barcha tarmoqlarini qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishda yangi texnika va texnologiyalarni qo`llashni kengaytirish; fan-texnika taraqqiyotini amalga oshirish orqali ilmiy asosda moddiy ishlab chiqarishni takomillashtirish, qo`yilgan maqsadga to`la erishish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; noishlab chiqarish va maishiy xizmat ko`rsatish sohalarini texnik qayta qurollantirish. Korxona boshqaruvida ilmiy-texnika tarqqiyotini shartli ravishda uchta bosqichga bo`lish mumkin: Nazariy ilmiy izlanishlar va ishlanmalar; Amaliy ilmiy tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik va tajriba-eksperimental ishlari; Fan va texnika yutuqlari bazasida ishlab chiqarishni texnik rivojlantirish. Korxonani boshqarishda fan va texnika yutuqlarini hisobga olgan holda faoliyat olib borish korxonani bozorning tez o`zgarayotgan shart-sharoitlariga moslashishi va samarali ish olib borishini ta`minlaydi. FTT nafaqat ishlab chiqarish, balki boshqarishning ham takomillashishiga ham olib keladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling