Рекомендательное письмо


Mehnatga haq to`lashning alohida muhim shartlari va korxonada ish xaqini tartibga solish


Download 0.6 Mb.
bet39/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

3. Mehnatga haq to`lashning alohida muhim shartlari va korxonada ish xaqini tartibga solish.

Ish (mehnat) haqi korxona ishlovchilarining mehnati uchun to`lov shakli bo`lib, u takror tiklanish va rag`batlantirish funksiyalarini bajaradi. Ish haqi odatda xodimlarni mehnatini tashkil qilish va uning unumdorligini oshirishga ta`sir qiluvchi asosiy omil ham hisoblanadi. Korxonada mehnatga haq to`lashning umumiy darajasi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi:



  • korxona xo`jalik faoliyati natijalari, uning foydalilik darajasi;

  • korxonaning kadrlar siyosati;

  • mos mutaxassislik bo`yicha hududda, viloyatda va mamlakatda mavjud ishsizlik darajasi;

  • davlat, raqobachilar va kasaba uyushlalarining ta`sirlari;

  • korxonaning jamoatchilik bilan aloqalardagi siyosatlari.

Korxonada mehnatni tashkil qilish quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:

  • ish haqi fondini shakllantirish;

  • mehnatni meyyorlashtirish;

  • tarif tizimini o`rnatish;

  • ish haqi to`lashning samarali shakl va tizimlarini tanlash.

Korxonada ish haqini tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  • ishlangan vaqt uchun to`lovlar;

  • ishlanmagan vaqt uchun to`lovlar;

  • bir martalik rag`batlantirish to`lovlari;

  • uy-joy, yoqilg`i va oziq-ovqatlar uchun to`lovlar.

Ishlangan vaqt uchun to`lovlar o`zida quyidagilarni qamrab oladi: 1) tarif stavkalari va okladlar bo`yicha va kelishiv asosidagi ish haqlari; 2) natural ish haqi sifatida berilgan mahsulot qiymati; 3) mukofotlar va rag`batlantirishlar; 4) professional sifatlilik uchun va kasb va mansabni hamkorlikda olib borganlik uchun tarifa stavkalariga qo`shimcha haq va rag`batlantirishlar miqdori; 5) ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog`liq kompensasiyalar miqdori.
Ishlanmagan vaqt uchun beriladigan to`lovlarga quyidagilar kiradi: 1) yillik va qo`shimcha ta`tillar; 2) o`smirlarning imtiyozli soatlari; 3) ishlovcilarni aybi bilan bo`lmagan ish faoliyatining to`xtab qolishlari; 4) majburiy progullar.
Bir martalik rag`batlantirish tol`ovlariga quyidagilar kiradi: 1) bir martalik mukofotlar; 2) ish yili yakuni bo`yicha va ish staji yakuni bo`yicha beriladigan rag`batlantirishlar; 3) hammaga va ko`pchilik ishlovchilarga beriladigan moddiy yordamlar; 4) ishlstilmagan ta`til uchun pul kompensasiyalari; 5) rag`batlantirish sifatida ishlovchilarga aksiyalarni berish yoki imtiyozli narxlarda sotish.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling