Рекомендательное письмо
Investitsiyaviy loyihalar samaradorligini baholash ko`rsatkichlari
Download 0.6 Mb.
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI
4. Investitsiyaviy loyihalar samaradorligini baholash ko`rsatkichlari.
Ishlab chiqarish investisiyalarini optimal variantini tanlash asosan iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlarini hisoblash asosida malga oshiriladi. Mavjud imkoniy loyihalar asosida quyidagi shartlarni qanoatlantiradigan loyihalar tanlab olinadi: davlat (shuningdek, halqaro) standartlar va normativlarga rioya qilish; mahsulot sotishning bozor ulushini holatini saqlab qolish (imkon qadar ko`paytirishga erishish); ijtimoiy barqarorlik va korxona personalini jipsligini saqlab qolish. Yuqorida ko`rsatilgan shartlarni bajarilishi korxonani quyidagi holatlardan saqlab qoladi. Birinchidan, standart va normativlarni buzilishi oqibatida loyihalarni o`zgartirish bilan bog`liq xarajatlarni oldini oladi. Ikkinchidan, korxona tomonidan mahsulot miqdori kamayishi oqibatida raqobatchilarning bozor segmentiga bostirib kirishlarining oldi olinadi. Uchinchidan, ijtimioy ixtiloflar va u bilan bog’liq yo’qotishlarning oldi olinadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish loyihalarini moliyalashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisob-kitoblari loyihalar qachonki ishlab chiqarish uchun qilingan mablag`lar rentabelli va amalga oshirilayotgan investision loyiha qo`shimcha foyda keltirgan taqdirda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Investision loyihalar rentabelliligi quyidagicha aniqlanadi: , bu yerda, - bir yil davomida loyihani amalgam oshirishdan olinadigan foyda miqdori, - ishlab chiqarish mablag`lari uchun qilingan investisiyalar summasi. Olingan foyda miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi: , bu yerda, - ishlab chiqarish investisiyalari qiymati, - ishlab chiqarish vositalari fond qaytimi, - ishlab chiqarishga mo`ljallangan korxona mahsulotlari rentabelliligi. Investision loyihalar samaradorligini baholashda, shuningdek, korxona faoliyat doirasi va ishlab chiqaradigan mahsulotlarining xususiyatlariga ko`ra foydadan markazlashgan va mahalliy byudjetga to`lanadigan soliqlar miqdorini ham hisobga olishga to`g`ri keladi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan investisiyalar ijtimoiy masalalarni echishga yordam beradigan bo`lsa, bunday loyihalarga davlat organlari ham ishtirok etishi lozim. Bu asosan yangi ish joylarini barpo qilish, invalidlar uchun zaruriy ashyolarni ishlab chiqarish, umumiy foydalanishdagi yo`l qurilishi va aloqa va shu kabilarga o`xshash bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda davlat organlari loyihalarni moliyalash yoki loyihani amalga oshirishdan olinadigan foyda va daromadga solinadigan soliq miqdorini kamaytirish orqali ishtirok etishlari mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling