Рекомендательное письмо


Investitsiyaviy loyihalar samaradorligini baholash ko`rsatkichlari


Download 0.6 Mb.
bet54/60
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138324
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

4. Investitsiyaviy loyihalar samaradorligini baholash ko`rsatkichlari.

Ishlab chiqarish investisiyalarini optimal variantini tanlash asosan iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlarini hisoblash asosida malga oshiriladi. Mavjud imkoniy loyihalar asosida quyidagi shartlarni qanoatlantiradigan loyihalar tanlab olinadi:



  • davlat (shuningdek, halqaro) standartlar va normativlarga rioya qilish;

  • mahsulot sotishning bozor ulushini holatini saqlab qolish (imkon qadar ko`paytirishga erishish);

  • ijtimoiy barqarorlik va korxona personalini jipsligini saqlab qolish.

Yuqorida ko`rsatilgan shartlarni bajarilishi korxonani quyidagi holatlardan saqlab qoladi. Birinchidan, standart va normativlarni buzilishi oqibatida loyihalarni o`zgartirish bilan bog`liq xarajatlarni oldini oladi. Ikkinchidan, korxona tomonidan mahsulot miqdori kamayishi oqibatida raqobatchilarning bozor segmentiga bostirib kirishlarining oldi olinadi. Uchinchidan, ijtimioy ixtiloflar va u bilan bog’liq yo’qotishlarning oldi olinadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish loyihalarini moliyalashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisob-kitoblari loyihalar qachonki ishlab chiqarish uchun qilingan mablag`lar rentabelli va amalga oshirilayotgan investision loyiha qo`shimcha foyda keltirgan taqdirda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Investision loyihalar rentabelliligi quyidagicha aniqlanadi:
,
bu yerda, - bir yil davomida loyihani amalgam oshirishdan olinadigan
foyda miqdori,
- ishlab chiqarish mablag`lari uchun qilingan investisiyalar
summasi.
Olingan foyda miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
,
bu yerda, - ishlab chiqarish investisiyalari qiymati,
- ishlab chiqarish vositalari fond qaytimi,
- ishlab chiqarishga mo`ljallangan korxona mahsulotlari rentabelliligi.
Investision loyihalar samaradorligini baholashda, shuningdek, korxona faoliyat doirasi va ishlab chiqaradigan mahsulotlarining xususiyatlariga ko`ra foydadan markazlashgan va mahalliy byudjetga to`lanadigan soliqlar miqdorini ham hisobga olishga to`g`ri keladi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan investisiyalar ijtimoiy masalalarni echishga yordam beradigan bo`lsa, bunday loyihalarga davlat organlari ham ishtirok etishi lozim. Bu asosan yangi ish joylarini barpo qilish, invalidlar uchun zaruriy ashyolarni ishlab chiqarish, umumiy foydalanishdagi yo`l qurilishi va aloqa va shu kabilarga o`xshash bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda davlat organlari loyihalarni moliyalash yoki loyihani amalga oshirishdan olinadigan foyda va daromadga solinadigan soliq miqdorini kamaytirish orqali ishtirok etishlari mumkin.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling