Rektifikatsion qurilmalarni avtomatlashtirish
Download 293.67 Kb.
|
Ректификацион қурилмаларни автоматлаштириш lotin
1-variant. Oddiy rostlash sistemasi olti bir konturli ARSni о‘z ichiga oladi . Umuman olganda bu sistema distillyat tarkibining barqarorligini va uskunadagi moddiy va issiqlik balansi ushlab turilishini ta’minlaydi. Distillyat tarkibini stabillashtiruvchi asosits rostlagich 1 kolonna yuqorisagi harorat rostlagichi hisoblanadi. Chunki bu kо‘rsatgich distillyat tarkibiga bevosita ta’sir qiladi. 2 rostlagich ta’minot haroratini rostlaydi. Sath rostlagichlari 3 va 4 sistemada suyuq faza bо‘yicha, 5-bosim rostlagichi esa bug‘ fazasi bо‘yicha balans ushlab turilishini ta’minlaydi. 6-sarf rostlagichi isitish parining qaynatgichga berilish sarfini rostlaydi.
Agar rostlashning vazifasi kub maxsulot tarkibini stabillashtirish bо‘lsa, u holda isituvchi bug‘ning sarfi kolonna pastidagi 6a harorat rostlagichi orqali belgilanadi, distillyatning sarfi esa 1a rostlagich orqali stabillashtiriladi. Bir vaqtning о‘zida kolonna past va yuqorisidagi maxsulotlar tarkibini (haroratini) rostlash odatta qо‘llanilmaydi. Chunki bu koordinatalar о‘zaro bog‘liq va ularni bir vaqtda rostlash teskari bog‘lanish orqali sistema turg‘unlik zaxirasining kamayishiga olib kelishi mumkin. Совуқ агент Иссиқлик ташувчи Бошланғич аралашма Буғ Куб маҳсулоти . Rektifikatsion uskunaning alohida texnologik parametrlarning bir konturli ARS yordamida tuzilgan avtomatlashtirish sistemasi. 1- kolonna yoqorisidagi harorat rostlagichi, 2- ta’minot harorati rostlagichi, 3- kalonna kubidagi sath rostlagichi, 4- flegma sig‘imidagi sath rostlagichi, 5- kolonnadagi bosim rostlagichi, 6- isitish bug‘i sarfi rostlagichi, 1a- distillyat sarfi rostlagichi, 6a – pastdagi harorat rostlagichi. Soddaligiga qaramay avtomatlashtirish sistemasi qator kamchiliklarga ega. Masalan bug‘ sarfini sistemadagi real sharoitni hisobga olmay stabillashtirish bug‘ning ortiqcha sarf bо‘lishiga olib keladi. Chunki sarf rostlagichiga bug‘ entolpiyasi о‘zgarishini, flegmaning sovib ketishi va boshqa g‘alayonlarni yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan hollarini hisobga olgan xolda oshirilgan vazifa qо‘yiladi. G‘alayon bо‘yicha kompensatsiyalovchi ta’sirlarning yо‘qligi maxsulot tarkibini rostlashda katta dinamik xatoliklarga olib keladi. 2-variant. Birinchi variantdagidan mahsulot bо‘linishiga ketadigan energiya xarjatlarini kamaytirishni ta’minlovchi bug‘ va ta’minot sarflari (yoki flegma va ta’minot sarflari) nisbati rostlagichi 6 dan foydalanishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari maxsulot haroratini rostlashda nazorat tarelkasidan olingan yordamchi oraliq impuls qо‘llanilgan kaskad ARSdan foydalaniladi. Совуқ агент Иссиқлик ташувчи Бошланғич маҳсулот Буғ Куб суюқлиги Download 293.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling