Rektifikatsiya lotincha: rectus


Download 96.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.02.2023
Hajmi96.76 Kb.
#1166924
Bog'liq
Rektifikatsiya - Vikipediya



Rektifikatsiya
Rektifikatsiya (lotincha: rectus —
„oddiy“) — suyuq aralashma
komponentlarini rektifikatsion
kolonnalarda haydash usulida ajratish.
Rektifikatsiya muvozanatda boʻlmagan
(suyuq va bugʻ) fazalar orasida issiklik va
moddalarning diffuzion almashinishiga
asoslangan. Rektifikatsiya qaynash
tralari yaqin boʻlgan suyukliklar
aralashmalarini ajratish zaruriyati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


boʻlganda qoʻllanadi. Rektifikatsion
kolonnada koʻp toʻsikdar boʻlib, unda
suyuq aralashma bugʻlari
kondensatlanadi va pastdan chiqayotgan
bugʻning yangi qismi koʻp marta
uchrashadi. Kolonna qarshi oqim
prinsipida ishlaydi. Yuqoriga
koʻtarilayotgan bugʻ uchuvchi komponent
bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bugʻ
qaynash temperaturasi past boʻlgan
komponent bilan boyib, uning qaynash
temperaturasi pasayib boradi. Suyuqlik
esa qaynash temperaturasi yuqori
boʻlgan komponentlar bilan boyib, uning
kaynash temperaturasi
yuqorilashaveradi. Bu jarayon to
muvozanat holat bunyod boʻlguncha


davom etadi, lekin kolonnadan
sovitkichlar sistemasi orqali bugʻ fazasi
kondensatlab ajratib olinishi bilan
muvozanat yana buziladi va bu jarayon to
toza komponentlar yoki kerakli
komponentlar fraksiyasi toʻliq ajratib
olingunicha uzluksiz davom etaveradi.
Rektifikatsiya suyuq hamda suyultirilgan
gaz aralashmalarini ajratish uchun
qoʻllanadi. Rektifikatsiya jarayonining
temperatura oraligʻi (diapazoni)
nihoyatda keng: 1000° (toza Zn, Pb, Cd
kabi metallarni ajratishda) va 0° (havo,
vodorod izotoplari kabi gazlarni
ajratishda). Rektifikatsiya jarayonining
ishchi bosimi oʻnlab atmosferadan
(etanpropilen aralashmasi uchun), to bir


necha mm simob ustuni (yuqori yogʻ
kislotalari rektifikatsiyasi) atrofida
boʻladi. Davriy va uzluksiz rektifikatsiya
mavjud. Davriy rektifikatsiyada barcha
suyuqlik kolonna kubiga bir vaqtda
solinadi. Rektifikatsiya jarayonida distillat
ajratib turilsa, suyuklik tarkibida past
trada qaynaydigan komponent kamayib
boradi. Uzluksiz rektifikatsiyada
sistemaga doimiy tarzda haydaluvchi
suyuqlik qoʻshib boriladi. Rektifikatsiya
kolonnalarining samaraligi, ularning
uzunligi, diametri, suyuklik bilan bugʻ
orasidagi kontakt vaqti bilan aniqlanadi.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Rektifikatsiya&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?


Bu sahifa oxirgi marta 15-Dekabr 2022, 19:04 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Rektifikatsiya&oldid=34818
46" dan olindi

Download 96.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling